3. Hisob-kitob schyoti bo‘yicha muomalalar hisobi



Yüklə 184,79 Kb.
səhifə16/41
tarix19.05.2023
ölçüsü184,79 Kb.
#111312
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   41
3. Hisob-kitob schyoti bo‘yicha muomalalar hisobi

Ixtiyoriy ushlanmalar – bularga xayriya sifatidagi ushlanmalar, kasaba uyushma va boshqa uyushmalarga a’zolik to’lovlari, jamg’arma schyotlariga ushlanmalar, turli kommunal xizmatlar uchun ushlanmalar va boshqa xodimning o’z arizasiga ko’ra amalga oshiriladigan boshqa ushlanmalar kiradi.

Ish haqidan ushlanmalarning barcha turlari va ularning jami summasi hisob-to’lov qaydnomasida yoki ish haqi bo’yicha yuritilgan kitobda alohida ustunchalarda ko’rsatiladi. Mehnat Kodeksiga muvofiq (164-modda) xodimning ish haqidan ushlanmalarning jami miqdori hisoblangan ish haqining 50 foizidan oshib ketmasligi lozim.
Ish haqidan ushlanmalar schyotlarda quyidagicha aks ettiriladi:





Operasiyaning mazmuni

Debet

Kredit

Asos

1.

Ish haqidan ushlanmalar:
-Daromad solig’i
-5,5% lik pensiya fondiga ushlanma
-Alimentlar va jarimalar
-Olingan avans
-Kasaba va boshqa uyushmalarga to’lovlar
-Jamg’arma schyotlarga va boshqa xizmatlar uchun ushlanmalar
-Kreditga sotilgan tovarlar uchun ushlanmalar
-Olingan qarzlar uchun ushlanmalar
-Kursatilgan zararlar uchun ushlanmalar
-Sotilgan tovarlar uchun ushlanmalar
-Sotilgan tayyor mahsulotlar uchun ushlanmalar
-Sotilgan boshqa aktivlar uchun ushlanmalar
-Ko’rsatilgan xizmatlar, bajarilgan ishlar uchun ushlanmalar
-Xizmat safariga berilgan avanslarning ortiqcha summalari ushlanganda
-Boshqa turli maqsadlarda berilgan to’lovlar ushlanganda

6710




6410
6520


6890
4210
6890

6890

4710
4720

4730
9020


9010

9210-9220

9030
4420


4230-4290



Hisob-to’lov qaydnomalari,
buyruqlar, ijro hujjatlari
va boshqa hujjatlar


Xodimlarga ish haqini berishning ikkita tizimi mavjud:

  • Avansli tizim – ushbu tizim asosan vaqtbay ishlovchi xodimlar uchun qo’llaniladi. Unga muvofiq to’liq ishlagan xodimlarga hisobot oyning birinchi yarimi uchun belgilangan ish haqining 50 foizigacha avans beriladi. Avans kassadan to’lov qaydnomalariga asosan beriladi.

  • Avanssiz tizim –ushbu tizimda ish haqi bo’yicha korxonaning qarzi faqat hisobot oyi tugagandan so’ng to’lov qaydnomalariga asosan beriladi.

21- son BHMS ga muvofiq ish haqi bo’yicha majburiyatlarning sintetik hisobi 6710 “Xodimlar bilan mehnatga haq to’lash bo’yicha hisob-kitoblar” va 6720 “Deponentlangan ish haqi” schyotlarida yuritiladi. Ushbu passiv schyotlarning qoldiqi kredit tarafida bo’lib, u korxonaning o’z xodimlari oldidagi qarzini ko’rsatadi. Schyotning kredit tarafida ish haqining barcha turlarini hisoblanishi, debet tarafida esa ish haqidan ushlanmalarning barcha turlari, shunigdek ish haqi bo’yicha qarzning uzilishi quyidagi yozuvlar bilan aks ettiriladi:






Yüklə 184,79 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   41




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə