3. Hisob-kitob schyoti bo‘yicha muomalalar hisobi


Valyuta muomalalari hisobi



Yüklə 184,79 Kb.
səhifə7/41
tarix19.05.2023
ölçüsü184,79 Kb.
#111312
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   41
3. Hisob-kitob schyoti bo‘yicha muomalalar hisobi

5. Valyuta muomalalari hisobi
Bozor iqtisodiyoti sharoitida korxonalar faqat milliy valyuta - sumdan emas, balki har xil xorijiy valyutalardagi pul mablag‘laridan foydalanmokda va muomalalarni amalga oshirmokda. Shu munosabat bilan valyuta boyliklari va muomalalari buxgalteriya hisobi obyektiga aylanmokda.
Valyuta muomalalarining buxgalteriya hisobi:
Valyuta muomalalari korxona faoliyatining tashkil etuvchilari sifatida ettirilishini;
korxonaning haqikiy valyuta axvoli aniq aks ettirilishini;
valyuta bitimlarining qonuniyligi va maqsadga muvofiqligi, valyuta boyliklari-ning borligi, ularning bus-butun saklanishi va to‘g‘ri foydalanilishi ustidan nazoratni ta’minlashi lozim.
Korxona valyuta schyotini O‘zbekiston Respublikasining xududida istalgan vakolatli banklarda ochishi mumkin. Korxonaning chet eldagi xorijiy bankda schyot ochishi va u bo‘yicha muomalalarni amalga oshirishi uchun O‘zbekiston Respublikasi Markaziy Bankining ruxsati talab qilinadi. Buning uchun korxona ko‘rsatilgan schyotlardagi mablag‘lar qoldiklari to‘g‘risidagi hisobotni hamda boshqa ma’lumotlarni Markaziy Bank belgilagan shakl va muddatlarda taqdim etishi shart.
Valyuta schyotini ochish uchun korxona bankka quyidagi hujjatlarni taqdim qiladi: Valyuta schyotini ochish to‘g‘risidagi belgilangan shakldagi ariza;
ustav va ta’sis shartnomasining notarial tartibda tasdiklangan nusxasi;
korxona tuzilganligi yoki ruyxatga olinganligi haqidagi Qarorning notarial tartibda tasdiklangan nusxasi;
korxona ruyxatga olingan joydagi soliq inspektsiyasi va Pensiya fondida hisobga qo‘yilganligi to‘g‘risida ma’lumotnoma;
imzolar namunalari va muxr izi tushirilgan, notarial tartibda tasdiklangan (kartochka);
Korxoianing valyuta schyotlariga quyidagi manbalardan pul kelib tushadi:
eksport tovarlariga haq to‘lash uchun vakolatli banklar orqali chet eldan utkazilgan
hisobvaraqlar egasidan sotib olingan tovarlar (ishlar, xizmatlar) haqini to‘lash uchun boshqa soxiblar (norezidentlar, birinchi vositachilar, transport, sugurta va boshqa « tashkilotlar)ning valyuta schyotlaridan utkazilgan summalar; * O‘zbekiston Respublikasi Markaziy Banki tomonidan ruxsat etilgan boshqa manbalar
Valyuta schyotidan mablag‘lar uning egasi ko‘rsatmasi bo‘yicha quyidagi maksadlarga uchirilishi mumkin:

  • schyot egasining eksport-import muomalalari bo‘yicha qabul qilingan bank shaklida
    chet elga utkazilishi;

  • keyinchalik import qilinadigan tovarlar, ishlar, xizmatlar haqini to‘lash uchun chet
    o‘tkazish maqsadida vakolatli bank mijozlari hisoblangan tashqi iqtisodiy tashkilotlarning schyotlariga o‘tkazilishi;

- korxonalar ishlab chiqaradigan tovarlar xakini to‘lash uchun boshqa sohiblar (norenidnetlar birinchi vositachilar, transport, sugurta va boshqa tashkilotlar)ning valyuta schyotlaridan o‘tkazilishi;
• bankning vositachilik haqini to‘lash maqsadida bankdan xorijiy valyutada olingan
kre'ditdar bo‘yicha qarzni, pochta-telegraf, xizmat safari harajatlarini to‘lash, valyuta
bozorlarida sotish uchun foydalanilishi;
- qonun ruxsat etgan boshqa maksadlar uchun foydalanilishi mumkin.
Xorijiy valyuta mablag‘lari, qiymatliklari va muomalalari xo‘jalik muomalalari sodir bo‘lgan sanaga Markaziy bank kursi bo‘yicha sum ekvivalentida aks ettiriladi.
kassadagi valyuta mablag‘lari, bankdagi depozit va ssuda schyotlari, akkreditivlar,valyuta ssuda qarzlari;
xorijiy valyutadagi debitor va kreditor qarzlar;
tuzilgan shartnomalar bo‘yicha yuk boj deklaratsiyasini rasmiylashtirish sanasiga import qilingan tovar-moddiy qiymatliklar va boshqa aktivlarning kirimi; bojxona to‘lovlarining amalga oshirilishi; xorijiy valyuta ko‘rinishidagi pulli hujjatlar; xorijiy valyutadagi qimmatli qog‘ozlar.
Xorijiy valyutani sotish va sotib olish buxgalteriya hisobida muomala sodir gan sanaga bo‘lgan Markaziy bank kursi bo‘yicha aks ettiriladi.
Xorijiy valyutani sotish va sotib olishda sodir bo‘ladigan kursdagi fark ijobiy bo‘lsa 9540-«Kurs farklaridan olingan daromadlar» hisobvarag‘ida, salbiy bo‘lsa - 9620-K'urs farklaridan zararlar» hisobvarag‘ida hisobga olinadi. Xorijiy valyutaning sotilishi buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi: valyuta schyotidan xorijiy valyutani Markaziy bank kursi bo‘yicha utkazilishi: Banklardagi maxsus schyotlar» hisobvarag‘ining «Blokschyot» analitik hisobvarag‘i
D-t «Valyuta hisobvarag‘i».
- Markaziy bank kursi bo‘yicha xorijiy valyutani «Blokschot»dan chiqarilishi:
D-t «Boshqa aktivlarning sotilishi»
K-t «Banklardagi maxsus schyotlar» hisobvarag‘ining «Blokschyot» analitik hisobvarag‘i.

  • valyuta bozorida kelishilgan kurs bo‘yicha sotilgan xorijiy valyutaning so‘m ekvivalentining hisob-kitob hisobvarag‘iga utkazilishi:

  • D-t «Hisob-kitob schyoti»

  • K-t «Boshqa aktivlarning sotilishi».

xorijiy valyutani sotishda xosil bo‘lgan ijobiy kurs farqini Markaziy bank kursidan ortigining aks ettirilishi:
D-t «Boshqa aktivlarning sotilishi»
K-t «Kurs farklaridan olingan daromadlar».
xorijiy valyutani sotishda xosil bo‘lgan salbiy kurs farqining (Markaziy Bank kursidan past) aks ettirilishi:
D-t «Kurs farklaridan zararlar»
K-t «Boshqa aktivlarning sotilishi».
O‘zining mahsulot (ish, xizmat)lari narxi (tariflari)ni xorijiy valyuta ekvivalentidan belgilaydigan xo‘jalik yurituvchi subyektlar o‘zaro hisob-kitoblarni milliy valyuta - sumda olib boradilar. Xizmat ko‘rsatgan sanada tulanmalarni tushgan sanasigacha Markaziy bank kursining o‘zgarishi natijasida sodir bo‘ladigan fark moliyaviy faoliyatdan olingan boshqa daromad (harajat) sifatida xo‘jalik yurituvchi subyektning moliyaviy natijalariga olib boriladi.
Xorijiy valyutani sotib olish muomalalari buxgalteriya hisobida quyidagi yozuvlar bilan rasmiylashtiriladi:
Valyuta bozorida kelishilgan kurs bo‘yicha xorijiy valyutani sotib olish kuniga:
xorijiy valyutani sotib olish uchun hisob-kitob schyotidan sum ko‘rinishidagi mablag‘larni valyuta bozorida kelishilgan sotib olish kuniga bo‘lgan kurs bo‘yicha utkazib berilishi:
D-t «Banklardagi maxsus schyotlar» hisobvarag‘ining «Blokschyot» analitik hisobvarag‘i
K-t «Hisob-kitob schyoti».
Markaziy bank kursi bo‘yicha xorijiy valyutaning valyuta schyotiga utkazilishi:
D-t «Valyuta schyoti»
K-t «Banklardagi maxsus schyotlar» hisobvarag‘ining «Blokschyot» analitik hisobvarag‘i.
- xorijiy valyutani Markaziy bank kursidan past kursda sotib olish natijasida sodir
bo‘lgan ijobiy kurs farqining aks ettirilishi:
D-t «Banklardagi maxsus schyotlar» hisobvarag‘ining «Blokschyot» analitik hisobvarag‘i
K-t «Kurs farklaridan olingan daromadlar».
- xorijiy valyutani Markaziy bank kursidan yukori kursda sotib olish natijasida sodir
bo‘lgan salbiy kurs farqining aks ettirilishi:
D-t «Kurs farklaridan zararlar»
K-t «Banklardagi maxsus schyotlar» hisobvarag‘ining «Blokschyot» analitik hisobvarag‘i.
Mamlakat xududida va uning tashqarisida joylashgan bankdagi xorijiy valyuta schyotlaridagi pul mablag‘larining harakati va holati to‘g‘risida umumlashtirilgan ma’lumot quyidagi Hisobvaraqlarda amalga oshiriladi: 5210-«Mamlakat ichidagi xorijiy valyuta Hisobvaraqlari» 5220-«Xorijdagi valyuta hisobvaraqlari».
Korxonaning valyuta mablag‘lari hisobvaraqlari debetida korxona valyuta schyotlariga mablag‘larning tushumi, kredit tomonida esa ushbu mablag‘larning chiqimi aks ettiriladi.
buxgalteriya hisobida valyuta schyotlari bo‘yicha muomalalar bank ko‘chirmalari va ularga ilova qilingan pul-hisoblashishish hujjatlari asosida olib boriladi. Korxona valyuta mablag‘larining tahliliy hisobi xorijiy valyutada pul mablag‘larini saklash uchun bank muassasalarida ochilgan har bir hisobvaraq bo‘yicha ochiladi.





Xo‘jalik muomalalarining
mazmuni

Hisobvaraqlar korrespondentsiyasi

Yozuvlarni asdiqlovchi hujjatlar

Debet

Kredit

1

Qarzdor korxonalar tomonidan Uzoq muddatlr qarzlarning qaytarilishi

5210-5220

7820

Valyuta schyotidan ko‘chirma

2

Mahsulot (ish, xizmat)larni sotishdan tushgan valyuta kirimining aks ettirilishi

5210

4010

Valyuta schyotidan ko‘chirma

3

Asosiy valyutalar va boshqa aktiqvlarning sotilishidan bankka kelib tushgan valyuta kirimining aks ettirilishi

5210

4010

Valyuta schyotidan ko‘chirma

4

Valyuta mablag‘larining kassadan valyuta schyotiga berilishi

5210

5010

Pul topshirish e’loni valyuta Hisobvarag‘idan ko‘chirma

5

Bankdan kassaga valyuta mablag‘larning kelib tushishi

5010

5210

Valyuta schyotidan ko‘chirma

6

Kelib tushgan TMBlar uchun Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga bo‘lgan qarzning o‘tkazilishi

6010

5210

To‘lov topshriqnomasi va valyuta schyotidan ko‘chirma

7

Bankning Uzoq va qisqa muddatli qarzlarning o‘zilishi

7810-6810

5210

To‘lov topshriqnomasi va valyuta schyotidan ko‘chirma



Xorijiy valyuta harakati to‘g‘risidagi ma’lumotni bank muassasasi korxonaga valyuta schyotidan ko‘chirma berish yuli bilan xabar beradi. 5210-«Mamlakat ichidagi valyuta hisobvaraqlari”ning kredit oboroti 2/1-jurnal-orderda aks ettiriladi. Bu hisobvaraqlarning debet oboroti 2/1-qaydnomani yuritish bilan nazorat ko‘ilinadi. Valyuta hisobvarag‘i bo‘yicha tahliliy hisob kartochkalarda, valyutalarning nomlari bo‘yicha yuritiladi.

Yüklə 184,79 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   41




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə