3. Hisob-kitob schyoti bo‘yicha muomalalar hisobi


Mehnat va ish haqi hisobini tashkil qilish asoslari



Yüklə 184,79 Kb.
səhifə10/41
tarix19.05.2023
ölçüsü184,79 Kb.
#111312
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   41
3. Hisob-kitob schyoti bo‘yicha muomalalar hisobi

1.Mehnat va ish haqi hisobini tashkil qilish asoslari

Korxonalar tomonidan xo’jalik faoliyatini amalga oshirish ularda turli ixtisoslikka ega bo’lgan mutaxassislar jamosini shakllantirishni, shuningdek mos ravishda ular mehnati hamda mehnatiga haq to’lash tizimlarini tashkil qilishni taqozo etadi.


Korxonalarda ishlovchi xodimlar ikkita guruhga bo’linadi: (1) asosiy xodimlar; (2) asosiy bo’lmagan xodimlar.
Asosiy xodimlar deganda korxonalarning shtat jadvalida belgilangan lavozimlarni egallab turgan xodimlar kiradi.
Asosiy bo’lmagan xodimlar deganda individual mehnat shartnomasiga ko’ra alohida ishlarni bajarish uchun vaqtinchalik ishga olingan xodimlar tushuniladi.
Korxonalarda xodimlarni ishga olish va ishdan bo’shatish, ular bilan mehnat sharnomalarini tuzish hamda uni bekor qilish respublikamiz qonun hujjatlari asosida amalga oshiriladi.
Korxonalarning xodimlar bo’limi ishga qabul qilingan xodimlar hisobini belgilangan tartibda yuritadi. Ishlab chiqarish bo’limlarida xodimlarning ishga kelishi, ular tomonidan bajarilgan ishlarning dastlabki hisobi registrlari (ishga chiqish hisobi tabeli, naryadlar, hisobotlar, ma’lumotnomalar, dalolatnomalar)ni tuzish hamda yuritish sex yoki bo’lim boshliqlariga yuklatiladi.
Ish haqining ikkita shakli, ya’ni ishbay va vaqtbay shakllari, shuningdek uning ikkita turlari, ya’ni asosiy ish haqi va qo’shimcha ish haqi turlari, mavjud.
Ishbay ish haqi deganda xodimlarga haqiqatda bajargan ishlari uchun hisoblangan ish haqi tushuniladi. Ushbu ish haqi shaklida xodimga hisoblanadigan ish haqining miqdori bevosita u bajargan ishning hajmiga va bir birlik ish uchun belgilangan ish haqi summasiga bog’liq bo’ladi. Ish haqining ushbu shakli ishchilar, quruvchilar, sotuvchilar va boshqa bevosita ish bajaruvchilar uchun qo’llaniladi.
Vaqtbay ish haqi deganda xodimlarga haqiqatda ishlagan vaqtlari uchun hisoblangan ish haqi tushuniladi. Ushbu ish haqi shaklida xodimga hisoblanadigan ish haqining miqdori bevosita u ishlagan soatlar yoki kunlarning soniga, shuningdek shtat jadvaliga muvofiq belgilangan ish haqi summasiga bog’liq bo’ladi. Ish haqining ushbu shakli ishchilar, quruvchilar, sotuvchilar va boshqa bevosita ish bajaruvchilar uchun qo’llaniladi.

Yüklə 184,79 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   41




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə