3. Hisob-kitob schyoti bo‘yicha muomalalar hisobi



Yüklə 184,79 Kb.
səhifə11/41
tarix19.05.2023
ölçüsü184,79 Kb.
#111312
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   41
3. Hisob-kitob schyoti bo‘yicha muomalalar hisobi

Asosiy ish haqi deganda xodimning haqiqatda bajargan yoki ishlagan vaqti uchun hisoblangan ish haqi tushuniladi.
Qo’shimcha ish haqi deganda xodimga uni ijtimoiy himoya qilish maqsadida, shuningdek unga korxona faoliyatida erishilgan yutuqlar, atoqli sanalar, turli shart –sharoitlar uchun asosiy ish haqiga qo’shimcha tarzda hisoblangan to’lovlar tushuniladi. Qo’shimcha ish haqiga vaqtinchalik mehnat qobiliyatini yo’qotganlik uchun hisoblangan nafaqalar, mehnat ta’tili haqi, unvon, kategoriya va boshqa ajralib turadigan tavsiflari uchun beriladigan qo’shimchalar, mukofatlar, moddiy yordamlar va kompensasiyalar kiradi.
Mehnatga haq to’lashga asos bo’luvchi me’yoriy hujjatlar:

  1. O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi

  2. O’zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi

  3. O’zbekiston Respublikasining Aholini ish bilan ta’minlash to’g’risidagi Qonuni

  4. O’zbekiston Respublikasi Buxgalteriya hisobi to’g’risidagi Qonuni

  5. «Mahsulot (ish,xizmat) larni ishlab chiqarish va sotish xarajatlarining tarkibi hamda oxirgi moliyaviy natijalarni shakllantirish to’g’risida» Nizom

  6. O’zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi (2008 yil 1 yanvardan kuchga kirdi).

  7. O’zbekiston Respublikasi Buxgalteriya hisobi milliy standartlari

  8. Boshqa me’yoriy – huquqiy hujjatlar

Asosiy va qo’shimcha ish haqlarini hisoblashga quyidagi hujjatlar asos bo’ladi:

  • Ishbay ishlovchilar uchun – bajarilgan ishlarning hajmini tasdiqlovchi hujjatlar (naryadlar, ma’lumotnomalar, hisobotlar, dalolatnomalar va boshqalar), bir birlik ish uchun belgilangan ish haqi me’yori, ishga chiqish hisobi tabeli (ishni kollektiv tarzda bajaruvchilar uchun).

  • Vaqtbay ishlovchilar uchunshtat jadvali, ishga chiqish hisobi tabeli

  • Mehnat ta’tilini hisoblash uchun – buyruq, xodimning ish haqi bo’yicha buxgalteriyada yuritilgan shaxsiy schyoti varag’i.


  • Yüklə 184,79 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   41




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə