3-ma’ruza: shaxs rivojlanishining umumiy qonunlari, uning tashxisi to‘G‘risida g‘oyalar reja


Boshlang‘ich ta’limda shaxs rivojlanganligini tashxislash asoslari



Yüklə 76,56 Kb.
səhifə7/8
tarix29.11.2023
ölçüsü76,56 Kb.
#139960
1   2   3   4   5   6   7   8
3-ma\'ruza

Boshlang‘ich ta’limda shaxs rivojlanganligini tashxislash asoslari. Umumiy qonuniyatlar va ijtimoiy omillar asosida rivojlantirilgan shaxs har bir jamiyatning ehtiyoji hisoblanadi. Shu jihatdan o‘quvchilar shaxsini rivojlanganlik darajasini tashxislash muhim ahamiyatga ega.
Tashxislash – bu o‘quvchi shaxsining aqliy, jismoniy va ruhiy yetuklashganini aniqlashdir. Shu jihatdan shaxs rivojlanganligini tashxislashda quyidagilarga asoslaniladi:

  1. O‘quvchilarning yosh xususiyatlarini hisobga olish. Bunda quyidagilarga e’tibor qaratiladi:

  • o‘quvchining necha yoshdaligi;

  • o‘quvchi bo‘yining yoshiga mosligi;

  • o‘quvchi vaznining yoshiga mosligi;

  • o‘quvchi jismoniy rivojlanishining yoshiga mosligi.

  1. O‘quvchilarning aqliy rivojini hisobga olish. Bunda quyidagilarga ahamiyat beriladi:

  1. O‘quvchilarning ijtimoiy faolligini hisobga olish. Bunda quyidagilarga e’tibor qaratiladi:

  • o‘quvchining axloqiy fazilatga egaligi;

  • o‘quvchining o‘zgalarga munosabati rivojlanganligi;

  • o‘quvchining tashabbuskorligi;

  • o‘quvchining faolligi.

  1. O‘quvchilarning o‘zini shaxs sifatida namoyon qilishini hisobga olish. Bunda quyidagilarga ahamiyat beriladi:

  • o‘quvchining ijtimoiylashganligi;

  • o‘quvchining individual xususiyatlarga egaligi;

  • o‘quvchining o‘z imkoniyatlarini namoyon qila olishi;

  • o‘quvchining o‘zgalarda taassurot qoldirish darajasi.

Mazkur mezonlar asosida o‘quvchi shaxsining rivojlanganligi tashxislanadi. Ayni paytda, pedagogik olimlar ko‘p hollarda shaxsning rivojlanganligini tashxislashda quyidagi umumiy talablarga asoslanadi:

  1. shaxsning mas’uliyatligi;

  2. shaxsning sabr-toqatligi;

  3. shaxsning o‘zini rivojlantirib borishi;

  4. shaxsning ijobiy fikrlashi.3

Mazkur pedagogik talablarga ko‘ra shaxsning umumiy rivojlanganlik darajasi tashxis qilinadi (4-chizma) :



Shaxs rivojining umumiy qonuniyatlari





1.Shaxs rivojining umumiy qonuniyatlar ta’siri

2. Shaxs rivojiga ta’sir etuvchi omillar

3. Shaxs rivojlanishini tashxislash





Yetuk shaxs

Shunday qilib shaxs rivojida umumiy qonuniyatlar va omillar muhim o‘rin tutadi, mazkur asoslarga ko‘ra shaxs rivojlantiriladi hamda uning rivojlanganlik darajasi tashxislanadi.



Yüklə 76,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə