3-ma’ruza: shaxs rivojlanishining umumiy qonunlari, uning tashxisi to‘G‘risida g‘oyalar reja



Yüklə 76,56 Kb.
səhifə5/8
tarix29.11.2023
ölçüsü76,56 Kb.
#139960
1   2   3   4   5   6   7   8
3-ma\'ruza

Akseleratsiya (lot. accelaratio – tezlashish) (biologiyada) – embrion (pusht) rivojlanishining ma’lum bosqichlarida uning ayrim a’zolari shakllanishining tezlashuvi. Bolalar va oʻsmirlar oʻsishi hamda jismoniy rivoj-lanishining tezlashishi. Hozirgi bolalar va oʻsmirlar har bir yoshda ancha oldingi yillardagi tengqurlariga nisbatan boʻychan boʻlib, vazni ogʻirroqdir. Bolalar katta boʻlgan sari, bu farq shunchalik seziladi. Ularning sut tishlari oldin boʻrtadi, doimiy tishlar bilan tezroq almashinadi, skeletining suyaklanishi ham oldinroq yuz beradi. Ogʻir mehnatning kamayishi, umumiy hayot tarzi, maishiygigiyenik shart-sharoitlarning yaxshilanishi, shuningdek yaqin qarindoshlar oʻrtasidagi nikohga yoʻl qoʻymaslik va boshqa Akseliratsiyaga olib kelishi mumkin. Akseliratsiya faqat bolalar gavda oʻlchamlarining jadal kattalanishida emas, balki ularning dunyoqarashi hamda fikrlashlari ilgarilab ketishi, shuningdek erta balogʻatga yetishida ham namoyon boʻladi.
Akseleratsiya yosh avlodning ruhan va jismonan tezlashuvidir. Hozirgi davrda keyingi 100-150 yil ichida bolalar va o‘smirlar akseliratsiya jarayonlari kuzatilmoqda. Bunday akseleratsiya O‘zbekistonda ham ko‘zga tashlanmoqda. Yangi tug‘ilgan chaqaloqlarning bo‘yi 5-6 cmga, kichik va o‘rta maktab yoshidagi bolalarning bo‘yi 10-15 cmga, 8-10 kg ga ortdi. Akseleratsiya ruhiy va jismoniy rivojlanishda kuzatilmqda.
XIX asr oxiri ХХ asr boshlarida ko‘p mamlakatlarda bolalarning bo‘yiga o‘sishi tezlashganligi aniqlangan va bu haqida ma’lumot 1876-yilda matbuotda e’lon qilingan. 1935-yilga kelib nemis olimi E.Kox rivojlanishdagi bu tezlashuvni akseleratsiya deb atagan. Akseleratsiya - lotincha so‘z bo‘lib, acceles –tezlashuv degan ma’noni bildiradi. Akseleratsiya yosh avlodning oldingi tengdoshlariga nisbatan ruhan va jismonan rivojlanishidir, 100 yil ya’ni bir asr ichida yaqqol ko‘zga tashlanganligi uchun uni keng ma’noda “sekulyaoniy trend” ya’ni asriy tendensiya deyiladigan bo‘ldi. Keyingi 100-150 yil ichida yer yuzida akselerasiya jarayonlari kuzatilmoqda jumladan O‘zbekistonda ham.
Rivojlanishdagi akselerasiya muammosi va butun dunyo biologlar, tibbiyotchilari va sotsiologlari diqqatini jalb qilib kelmoqda. Akselerasiyaning ijtimoiy va biologik turlari o‘zaro farq qilinadi.
Biologik akselerasiya deganda, insonning biologik rivojlanishiga ta’luqli barcha o‘zgarishlarni tushunish kerak. Bunga odamning morfologik va fuhksional rivojlanishini tavsiflovchi bir qator ko‘rsatkichlar kiradi. Ushbu o‘zgarishlar ma’lum bir ijtimoiy muhitda sodir bo‘ladi va ko‘p jixatdan ijtimoiy sabablar bilan belgilanadi.
Ijtimoiy akselerasiya deganda, bolalar bilimlarining hajmini ulardan 50-100 yil ilgari yashagan tengdoshlarinikiga nisbatan ortganligini tushunish kerak.
ХХ asrning 20-yillaridan boshlab Shvetsiya, Angliya, Germaniya, AQSh, Yaponiya va boshqa mamlakatlardagi 6-14 yoshdagi bolalar o‘z rivojlanishida, ulardan yuz yil ilgari yashagan tengdoshlariga nisbatan ancha o‘zib ketganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar paydo bo‘la boshladi. Kichik va o‘rta yoshdagi bolalarning bo‘yi 10-15 cm, og‘irligi esa 8-10 kg ortgani aniqlandi. Ushbu hodisa- bo‘y va og‘irlikni asriy ortishi degan nom oldi. Keyingi yillarda akseleratsiya yanada yorqin namoyon bo‘lganligi kuzatilgan. Bundan 50 yil ilgari odamlar bo‘yining maksimal uzunligi 25-26 yoshga to‘g‘ri kelgan bo‘lsa, bizning zamonamizda o‘g‘il bolalar 18-19 yoshda, qiz bolalar esa 16-17 yoshda to‘liq jismoniy balog‘atga yetadilar. Yangi tug‘ilgan chaqaloqlar tanasining uzunligi 1930-1940-yillardagiga nisbatan o‘rtacha 1 cm ko‘p.
O‘zbekiston ta’lim tizimida shaxsni rivojlantirish asosiy vazifalardan biri hisoblanadi va u boshlang‘ich ta’limdan boshlanadi. SHu jihatdan shaxs rivojida umumiy qonuniyatlar deganda individni ta’lim va tarbiya vositasida ijtimoiy shaxsga aylantirish asoslari tushuniladi.
Boshlang‘ich ta’lim davridayoq o‘quvchilar shaxsi umumiy qonuniyatlar asosida rivojlantirila boshlaydi. Bu boradagi asosiy qonuniyatlar tizimini quyidagilar tashkil qiladi:

  1. aqlni rivojlantirish;

  2. estetik his-tuyg‘ularni rivojlantirish;

  3. jismoniy rivojlantirish;

  4. turli stesslarga bardoshlikni rivojlantirish;

  5. o‘z-o‘ziga ishonchni rivojlantirish;

  6. mustaqillik ko‘nikmasini rivojlantirish;

  7. shaxsiy faollikni rivojlantirish;

  8. o‘zgalarga va atrof-muhitga munosabatni rivojlantirish.

Mazkur qonuniyatlar asosida ta’lim va tarbiya jarayonida o‘quvchilar shaxsi izchil rivojlantirib boriladi. Buning uchun bo‘lajak o‘qituvchilar oliy pedagogik ta’lim jarayonida o‘quvchilar shaxsini rivojlantirishning qayd etilgan qonuniyatlarini chuqur o‘zlashtirishlari lozim. Unga ko‘ra, quyidagilarga ahamiyat berish maqsadga muvofiq bo‘ladi:

  • shaxs aqlini rivojlantirishda bilim va insoniy tajribalarga tayaniladi;

  • shaxs his-tuyg‘usini shakllantirishda uning ruhiy kechinmalari va tasavvurlari tartibga solinadi;

  • shaxsni jismoniy rivojlantirishda “Antropologiya” fani yutuqlariga tayanilib, insonning organizmi o‘stiriladi;

  • shaxsda turli stresslarga bardoshlik ko‘nikmasini rivojlantirishda uning guruhlarda ko‘proq bo‘lishiga va aqliy jihatdan o‘z imkoniyatlarini baholay olish ko‘nikmasini shakllantirishga asoslaniladi;

  • shaxsda o‘z-o‘ziga nisbatan ishonchni rivojlantirishda uning fikrlari va dunyoqarashi o‘stiriladi;

  • shaxsda o‘zgalarga va atrof-muhitga oqilona munosabatni rivojlantirishda “Etika” fani qonuniyatlariga asosan pedagogik tartibga solish, fikrlash va faoliyat ko‘rsatish ko‘nikmalarini shakllantirishga tayaniladi.

Shaxs rivojlanishida shu tariqa Pedagogika, Fiziologiya, Psixologiya, Sotsiologiya va Etika fanlarining umumiy asoslariga tayangan qonuniyatlar muhim o‘rin tutadi. Bunda asosiy e’tibor individni ijtimoiylashtirishga qaratiladi. Buning ma’nosi shuki, har bir individ umumiy qonuniyatlar asosida rivojlanishi natijasida o‘zi yashayotgan jamiyatning hayotiy talablari va ehtiyojlariga moslashadi. SHu jihatdan bu borada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini umumiy qonuniyatlar asosida rivojlantirish jarayonida quyidagilarga e’tibor berish kerak bo‘ladi:

  1. 7-11 yoshli o‘quvchilarni pedagogik va gumanitar fanlarning qonuniyatlariga asosan ijtimoiylashtirish;

  2. mazkur yoshdagi o‘quvchilar shaxsini jismoniy va ruhiy rivojlantirish;

  3. ushbu yoshdagi o‘quvchilarni ijtimoiy jihatdan keyingi ta’lim bosqichlariga va hayotga tayyorlash.

Bunday yondashuv boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini umumiy qonuniyatlar asosida ijtimoiylashtirish hisoblanadi. SHu jihatdan ijtimoiylashtirishning ahamiyati o‘quvchilar shaxsini umumiy qonuniyatlar asosida rivojlantirish bilan belgilanadi.
Ayni paytda, shaxsni umumiy rivojlantirish qonuniyatlariga asosan ijtimoiylashtirishning navbatdagi bosqichi ham mavjud. Unga ko‘ra, ijtimoiylashgan o‘quvchi shaxsi individual sifatlarga ham ega bo‘lishi kerak. Buning ma’nosi shuki, o‘quvchi shaxsi ijtimoiylashganda jamiyatning umumiy talablariga moslashadi va ijtimoiylikdan individuallikka o‘tganda esa o‘quvchi shaxsida mustaqil sifatlar paydo bo‘ladi. SHu sababli boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini umumiy rivojlanish qonuniyatlariga asosan o‘stirish ikki paradigmaga ega bo‘ladi:

  1. o‘quvchi shaxsini ijtimoiylashtirish;

  2. ijtimoiylashgan o‘quvchi shaxsida individual sifatlarni tarkib toptirish.

Bunday yondashuv asosida shaxs va bu o‘rinda o‘quvchi shaxsi umumiy qonuniyatlar asosida rivojlantiriladi.

Yüklə 76,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə