3-ma’ruza: shaxs rivojlanishining umumiy qonunlari, uning tashxisi to‘G‘risida g‘oyalar reja



Yüklə 76,56 Kb.
səhifə1/8
tarix29.11.2023
ölçüsü76,56 Kb.
#139960
  1   2   3   4   5   6   7   8
3-ma\'ruza


3-ma’ruza: SHAXS RIVOJLANISHINING UMUMIY QONUNLARI, UNING TASHXISI TO‘G‘RISIDA G‘OYALAR


REJA:
1. Shaxs rivojining umumiy qonuniyatlari.
2. Shaxs rivojida ta’sir etuvchi omillar.
3. Boshlang‘ich ta’lim shaxs rivojlanganligini tashxislash asoslari.

Maqsad: talabalarning shaxs rivojlanishining umumiy qonunlari va uning tashxisi haqidagi bilimlarini rivojlantirish, nazariy bilimlaridan amaliyotda qo‘llash kompetensiyasini shakllantirish.


Tayanch so‘zlar: pedagogik antropologiya, individ, shaxs, individuallik, o‘sish, rivojlanish, ijtimoiylashuv, irsiyat, muhit, tarbiya, yosh davrlari, akseleratsiya, atraksiya.
Shaxs rivojining umumiy qonuniyatlari.
Ma’lumki, tarbiya – bu milliy va umumbashariy qadriyatlar asosida o‘quvchilarda shaxsiy sifat va fazilatlarni shakllantirish jarayonidir. Bu jarayon ikki tomonlama faoliyatni talab etadi. Tarbiyaning maqsadi ijtimoiy jamiyat taraqqiyoti, rivojlanishi, yo‘nalishi, ijtimoiy munosabatlar mazmunidan kelib chiqib belgilanadi.
Bugungi kunda tarbiyaning asosiy maqsadi – barkamol shaxsni tarbiyalab, voyaga yetkazishdan iborat. Kadrlar tayyorlash milliy modelining bosh muddaosi – barkamol shaxs va intellectual salohiyatli mutaxassis tayyorlashdan iborat bo‘lib, O‘zbekistonning xalqaro andozalardagi zamonaviy taraqqiyotini ta’minlay oladigan, mustaqil fikr yuritadigan, tafakkurli, malakali, bilimli mutaxassis, ayni paytda insonning ichki sifatlari barq urib kamolotga yetgan kadrlar tayyorlashni ko‘zlaydi. Mazkur maqsadni amalga oshiruvchi asosiy omillardan biri tarbiya jarayonidir.
Tarbiyaning maqsadi – barkamol avlodni shakllantirishdir. Bu jarayon ikki tomonlama bo‘lib, uyushtirish va rahbarlikni, shuningdek, o‘quvchi shaxsining o‘zi tomonidan faollik ko‘rsatishni taqozo etadi. Bu jarayonda pedagog yetakchi vazifani bajaradi, chunki, u ijtimoiy tarbiyaning umumiy maqsadlari, mohiyatini tushunadi, maqsad yo‘lida amalgam oshirilayotgan vazifalar tizimidan xabardor, tarbiya shakllari, metodlari va vositalarni asosli, ilmiy tarzda tanlab oladi va tarbiyaga tadbiq etadi.
Bola shaxsi shakllanishiga faqat tarbiyaning o‘zi emas, boshqa bir necha omillar ham ta’sir etadi.
Shaxs tushunchasi insonga taalluqli bo‘lib, psixologik jihatdan taraqqiy etgan, shaxsiy xususiyatlari va xatti-harakatlari bilan boshqalardan ajralib turuvchi, muayyan xulq-atvor va dunyoqarashga ega bo‘lgan jamiyatning a’zosini ifodalashga xizmat qiladi.
Odam shaxs bo‘lishi uchun psixik jihatdan rivojlanishi, o‘zini yaxlit inson sifatida his etishi, o‘z xususiyatlari va sifatlari bilan boshqalardan farq qilmog‘i kerak.
Kadrlar tayyorlash sohasidagi davlat siyosati insonni intellektual va ma’naviy-axlohiy jihatdan tarbiyalash, uning har tomonlama rivojlangan shaxs sifatida namoyon bo‘lishiga erishishni nazarda tutadi. Mazkur ijtimoiy talabning amalga oshirilishi har bir fuqaroning bilim olish, ijodiy qobiliyatini namoyon etish, intellektual jihatdan rivojlanishi hamda muayyan kasb yo‘nalishi bo‘yicha mehnat qilish huquqni kafolatlaydi. Alohida ta’kidlash joiz, “2017–2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi”da ham bu masala alohida o‘z aksini topdi. Jumladan, yoshlarning huquqlarini himoya qilishga qaratilgan quyidagi ustuvor vazifalar belgilandi:
-birinchidan, jismonan sog‘lom, ruhan va aqlan rivojlangan, mustaqil fikrlaydigan, Vatanga sodiq, qat’iy hayotiy nuqtayi nazarga ega yoshlarni tarbiyalash, demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish jarayonida ularning ijtimoiy faolligini oshirish;

Yüklə 76,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə