3-ma’ruza: shaxs rivojlanishining umumiy qonunlari, uning tashxisi to‘G‘risida g‘oyalar reja



Yüklə 76,56 Kb.
səhifə3/8
tarix29.11.2023
ölçüsü76,56 Kb.
#139960
1   2   3   4   5   6   7   8
3-ma\'ruza

Birinchidan, tarbiya ta’sirida muhit bera olmagan bilim, ma’lumot egallanadi, mehnat va texnik faoliyat bilan bog‘liq ko‘nikma va malakalar hosil bo‘ladi.
Ikkinchidan, tarbiya tufayli tug‘ma kamchiliklar ham o‘zgartirilib, shaxs kamolga etadi.
Uchinchidan, tarbiya yordamida muhitning salbiy ta’ sirini ham yo‘qotish mumkin.
To‘rtinchidan, tarbiya kelajakka qaratilgan maqsadni belgilaydi.
Demak, tarbiya bilan rivojlanish bir-biriga ta’sir etadi, bu tarbiya doimiy va uzluksizdir.
Shunday qilib, bola shaxsining rivojlanishida tarbiya ham yetakchi o‘ringa ega bo‘lib, tarbiya tufayli nasl-nasabi, oila muhiti, ijtimoiy muhit ta’sirida har tomonlama rivojlanishga qodir, degan xulosani chiqarish mumkin.
Shaxs shakllanishiga oid turli yondashuvlar. Zamonaviy pedagogikada shaxs shakllanishiga doir to‘rt yondashuv qaror topgan:
Biologik yondashuv - inson tabiiy mavjudot bo‘lib, uning butun xatti-harakatlari tug‘ma instinkt va ehtiyojlar natijasidir. Inson jamiyat talablariga bo‘ysunishga majbur, shu bilan birga tabiiy ehtiyojlarini ham namoyon qilib boradi.
Ijtimoiy yondashuv - inson biologik mavjudot sifatida tug‘iladi, faqat hayotiy faoliyati davomida boshqalar bilan doimiy muloqot va ijtimoiy guruhlarning ta’siri ostida ijtimoiylashadi.
Psixologik yondashuv - insondagi psixik jarayonlar (sezgi, idrok, fikrlash kabilar) tabiiy tavsifga ega, insonning yo‘nalganligi - qiziqishlari, qobiliyatlari ijtimoiy hodisa sanaladi.
Yaxlit yondashuv - shaxs yaxlit tavsifga ega bo‘lib, uning rivojiga nafaqat uning faoliyatidagi o‘ziga xosliklar, balki turmush tarzi ham ta’sir ko‘rsatadi. Shu bilan birga ijtimoiy hayot natijalari - motiv, maqsad, qiziqish kabilar ham uning rivojlanishida muhim rol o‘ ynaydi.
Zamonaviy pedagogikada shaxs shakllanishiga doir to‘rt - biologik, ijtimoiy, psixologik va yaxlit yondashuv qaror topgan.
Muayyan bir yosh davriga xos bo‘lgan anatomik, fiziologik (jismoniy) va psixologik xususiyatlar yosh xususiyatlari deb ataladi. Ana shu yosh xususiyatlarni hisobga olgan holda ta’lim va tarbiya ishi tashkil etiladi. Shunda bola rivojlanishiga tarbiya ta’siri kuchli bo‘ladi.
Muayyan bir yosh davriga xos bo‘lgan anatomik, fiziologik (jismoniy) va psixologik xususiyatlar yosh xususiyatlari deb ataladi.
Bolalarning tarbiyasiga to‘g‘ri yondashish, uni muvaffaqiyatli o‘qitish uchun bola rivojlanishidagi turli yoshdagi davrlariga xos xususiyatlarni bilish va uni hisobga olish muhimdir. Chunki bola orginizmining o‘sishi ham, rivojlanishi ham, psixik taraqqiy etishi ham turli yosh davrlarida turlicha bo‘ladi. Abu Ali Ibn Sino, Yan Amos Komenskiy, Abdulla Avloniylar ham bolani tarbiyalash zarurligini uqtirib o‘tganlar.
Bolaning o‘ziga xos xususiyatini hisobga olish juda murakkab. Chunki bir xil yoshdagi bolalar ham psixik jihatdan turlicha bo‘lishi mumkin.
Masalan, ko‘rish va eshitish qobiliyati, faolligi, tez anglash, sust fikr yuritishi, hovliqma yoki vazminligi, sergap yoki kamgapligi, serg‘ayrat yoki g‘ayratsizligi, yalqov yoki tirishqoqligi, palapartish va chala ishlaydigan, yig‘inchoqligi yoki ishga tez kirishib ketishi kabilar nerv faoliyati tizimining ta’siri bo‘lib, o‘qituvchi yoki tarbiyachi ularni bilishi zarur.
Bolaning individual - o‘ziga xos xususiyatini bilish uchun temperamentning umumiy tiplari va bolaning o‘ziga xos xususiyatini o‘ rganish, metodikasini bilish muhim. Temperament (lot. “temperamentum” “qismlarning bir-biriga munosabati” ma’nosini anglatib, shaxsning individual psixologik xususiyatlari majmuidir.
Kichik maktab yoshida o‘yin faoliyatining o‘rnini endi o‘qish faoliyati egallaydi. Bu juda qiyin o‘tish davri bo‘lib, bolaning bo‘yi, og‘irligi jihatdan uning tashqi ko‘rinishi kam farq qiladi. Suyaklari qotmagani tufayli tez shikastlanadi. Muskullari tez o‘sishi tufayli serharakat bo‘ladi. Bosh miyasi tez rivojlanadi.
Jismoniy o‘sishiga xos bu xususiyatlar tarbiyachidan ehtiyotkorlikni talab etadi. Bu yoshda bola bilim olish va o‘rganishga qiziquvchan bo‘ladi.
Shaxs rivojlanishining gender xususiyatlari. “Gender” atamasi 1968-yilda amerikalik psixolog olim Stoller tomonidan ilmiy iste’molga kiritilgan bo‘lib, “jins” ma’nosini bildiradi. Jinsiy munosabatlar ilgari ham psixologiyada faol o‘rganilgan bo‘lsa-da, yangi atamaning paydo bo‘lishi ijtimoiy fanlarda yangi oqimlarni yuzaga keltirdi. “Gender tarixi”, “Gender psixologiyasi”, “Falsafaning gender tomonlari”, “Gender antropologiyasi”, “Gender sotsiologiyasi”, keyinchalik esa “Gender pedagogikasi” kabi fan tarmoqlari shakllandi. “Gender” tushunchasi, avvalo, erkak va ayol, o‘g‘il va qiz bolalar munosabatlarining ijtimoiy-psixologik hamda pedagogik tomonlarini qamrab oladi.
Adabiyotlarda gender tushunchasining bir necha xil talqini mavjud. Jumladan, faylasuflar uni quyidagicha tavsiflaydilar: «Gender» inglizcha so‘z bo‘lib, jinsga mansublikning ijtimoiy jihatlari ma’nosini anglatadi. Bu tushuncha erkaklar va ayollar o‘rtasida nafaqat biologik farqni, balki jamiyatning jinsiy taqsimotida ijtimoiy va madaniy tavsiflarning butun majmuini hisobga oladi. Erkaklar va ayollarga tegishli ijtimoiy bog‘liqlik, xulq-atvor va kutilgan natijalarni ifodalaydi. Psixologlar ham gender tushunchasiga o‘ziga xos tarzda yondashganlar: psixikaning gender asoslari jins va u bilan bog‘liq ijtimoiy stereotiplar, shaxsning psixologik ko‘rinishidir. Olimlar orasida bu xususiyatlarning qaysi biri tug‘ma, qaysi biri esa ta’lim va tarbiya jarayonida rivojlanganligi to‘g‘risida keskin munozaralar bormoqda. O‘g‘il va qiz bolalarning har bir xalq madaniyatida har xil tarbiyalanishi tufayli, ular maktabga kelgan davrdan boshlab jinslarning psixologik farqlari ma’lum bo‘ladi. Bu farqlar orasida psixologlar (A.E.Taras, 2002) qizlar o‘g‘il bolalardan matematik va vizual qobiliyatlari bilan ustunroq deb ta’kidlashadi. O‘g‘il bolalarda qizlarga qaraganda o‘ziga ishonch hissi kuchliroqdir. Qiz bolalar bir xillikka asoslangan qiziqarsiz faoliyatni engilroq qabul qilishadi. O‘zgaruvchan muhitga tez moslashishadi. O‘g‘il bolalar har bir holatni umumiy tarzda baholashsa, qizlar yaxshilab tekshirib, o‘ rganib, keyin unga baho berishadi.
Pedagogik ma’noda gender - o‘g‘il va qiz bolalarning murakkab ta’limiy sotsiomadaniy birligi bo‘lib, ularning xatti-harakati, mentaliteti va emotsional xususiyatlari, o‘quv faoliyatidagi o‘zaro teng va farqli jihatlarini o‘z ichiga oladi.
Bugungi kunda o‘g‘il va qiz bolalarning rivojlanishidagi fiziologik, axloqiy, emotsional, xulq-atvorga oid farqlar to‘liq o‘rganilgan. Ana shu asosdan kelib chiqib, o‘quvchilarning rivojlanishida hisobga olish lozim bo‘lgan quyidagi gender xususiyatlarni sanab o‘tish mumkin:

  • qiz bolalar o‘g‘il bolalarga qaraganda ikki marta ko‘proq savol berishadi;

qizlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘zining istaklari haqida gapirmaydi, lekin tezda kelishib ketadi; o‘g‘il bolalar esa, hal qiluvchi fikrni ayta olishadi va o‘z nuqtai nazarida qolishni afzal ko‘rishadi;

  • mustaqil hal etish bilan bog‘liq vazifalarni bajarishda o‘g‘il bolalar sifati, qiz bolalar esa hajmini hisobga olishadi;

  • o‘g‘il bolalar ko‘proq falsafiy fikr yuritadi, fikrning mantig‘iga e’tibor berishadi; qizlarga ko‘proq psixologiya, adabiyot yoqadi;

  • o‘g‘il bolalar dialog, munozarani afzal ko‘rishadi; qiz bolalar monologlikka moyil, eshitishni va o‘zida aks ettirishni yoqtiradi;

  • o‘g‘il bolalar ko‘proq virtual(mo‘jiza)likka, xayolotga qiziqishadi; qiz bolalar o‘g‘il bolalarga qaraganda ratsional va pragmatik. Ular o‘z tanlovlarini foydalilik nuqtai nazaridan, ya’ni tanlanayotgan narsa qanchalik maqsadga erishishga imkon berishiga qarab amalga oshirishadi;

  • o‘g‘il bolalar o‘z tuyg‘ularini ochiq bayon etishadi;

  • qiz bolalar o‘z xohish va istaklarini yashirishadi, aytish uchun uzoq vaqt kutishadi.


Yüklə 76,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə