3-Mavzu: Endogen va ekzogen yo‘nalishlarda rivojlanish nazariyasi Reja



Yüklə 34,34 Kb.
səhifə2/2
tarix29.11.2023
ölçüsü34,34 Kb.
#141374
1   2
3-Mavzu Endogen va ekzogen yo‘nalishlarda rivojlanish nazariyas-fayllar.org

bolalar psixologiyasi fanining oldida bir qancha muhim nazariy va amaliy vazifalari turadi. Bolalar psixologiyasining nazariy vazifalari uning nazariy muammolarini echishga qaratilgan. Jumladan, uning nazariy vazifalariga quyidagilar kiradi:
  1. Turli yoshdagi bolalarga xos bo‘lgan psixologik xususiyatlarni, ya’ni bolalarning idrokiga, sezgi – tuyg‘ulariga, diqqatiga va xotirasiga, nutqi va tafakkuriga, xayoliga, irodasiga xos xususiyatlarni o‘rganish;


  2. I.P.Pavlovning oliy nerv faoliyati haqidagi ta’limoti asosida turli yoshdagi bolalar psixik prosesslari hususiyatlariniingnerv– fiziologik asoslarni o‘rganish;


  3. Bolaning psixik taraqqiyotiga faol ta’sir kiluvchi omillarni aniqlab berish;


  4. Turli yoshdagi bolalarningrivojlanishiga xos bo‘lgan qonuniyatlarni o‘rganish;


  5. Bola shaxsi va shaxsiga xos bo‘lgan psixologik xususiyatlarni o‘rganish;


  6. Bolani maktab ta’limiga tayyorlash;


  7. Maktabda muvaffaqiyatli o‘qish uchun bolaningaqliy jarayonlarini faollashtirish;


  8. Ta’lim jarayonida bolaning mustaqil, ijodiy, faol tafakkurini shakllantirish;


  9. Ta’lim – tarbiya jarayonida bolaningmaxsus qobiliyatlarini shakllantirish;


10.Ta’lim – tarbiya ishlarini psixologik mazmunini ochib berishdan iboratdir. Uning amaliy vazifalarigaturli yoshdagi bolalarning psixik taraqqiyoti xususiyatlariga doir bilimlarni tarbiyachilir, o‘qituvchilar, ota – onalar ya’ni jamoatchilar o‘rtasida keng yoyishdan iborat. Bolalar psixologiyasining amaliy vazifasi - keng jamoatchilik bola ruhiy taraqqiyotiga, yoshlik xususiyatlari orasidagi farqlar va ulargaindividual munosabatda bo‘lish yo‘llariga doir, ruhiy taraqqiyot qonunlariga doir psixologik bilimlardan bahramand bo‘lmoqlarini ta’minlashdan iborat. Jamoatchilikni psixologik bilimlardan xabardor qilish, ro‘znoma va oynomalarga maqolalar yozish,radio va teleko‘rsatuvlarda turli eshittirishlar tashkil qilish,ota–onalar bilan suhbatlashish, mahallalarda bola tarbiyasi haqida ma’ruza, suhbat va bahslar uyushtirish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Bu vazifalarni amalga oshirish komil insonni shakllantirishda muhim rol o‘ynaydi.


Bola psixikasini o‘rganishda tadqiqotchi bir qator prinsplar – qoidalarga tayanishi, ularga rioya etishi lozim bo‘ladi.
Bu qoidalar quyidagilardan iborat;
1). Ob’ektivlik prinsipi – bu tadqiqotchidan ma’lumotlar bilan ularning talqinini aralashtirib yubormaslikni talab qiladi. Masalan: mashg‘ulot davomida “ bola oynadan tashqariga qarayotgan edi” – deb aytilsa, bu muayyan hodisa haqidagi ma’lumot bo‘lib hisoblanadi. Lekin, “bola e’tiborsiz” – deb aytish hodisaning talqinidir. Hodisaning o‘zi bilan uning talqinini aralashtirib yubormaslik kerak chunki yuqoridagi misolda ham bola oynaga qarab turgan bo‘lsada, tarbiyachining so‘zlariga katta e’tibor berayotgan bo‘lishi mumkin.
2). Sababiylik prinsipi – bu bola shaxsi va ongida yangi sifatlarning hosil bo‘lishini ta’minlovchi barcha shart – sharoit va omillarni imkon qadar o‘rganishni talb qiladi. Masalan: mashg‘ulot davomida bola tez – tez oyna tarafga qaragan bo‘lsa, bu hodisaning iloji boricha sababini aniqlash kerak: ko‘chadagi biror narsa bola e’tiborini o‘ziga tortdimi? Mashg‘ulotda bola charchab qoldimi? O‘tilayotgan material bolaga yaxshi tanishmi? va h.k;
3). Sinchkovlik va muntazamlik prinsipi – bu bola psixikasini shakllanishi jarayoni, bunda psixolog va pedogoglar ta’siri sinchkovlik bilan kuzatib borishni talab qiladi.
Ushbu prinsiplarga muvofiq oldindan;
a) tadqiqot joyi va qilaladigan ish mazmuni aniqlanishi kerak:
b) tadqiqotda o‘rganiladigan sinaluvchilar tanlanmasi tuzilishi lozim:
s) tadqiqot qaysi vaqtda va qanday vaqt oralig‘ida o‘tkazilishini belgilash zarur. Ushbu bandlar belgilangach, ulardan chetga chiqmaslik kerak, ya’ni qandaydir sub’ektiv sabablar bilan shoshilinch xulosalar chiqarmaslik, tadiqotni bevaqt tugatish hollariga yo‘l qo‘ymaslik kerak. Aks holda ob’ektivlik prinsipi buzilgan bo‘ladi.
Bolalar psixologiyasi fanining asosiy metodlaridan biri kuzatish metodidir. Kuzatish metodi 2 ga bo‘linadi:
1) ob’ektiv ; 2) sub’ektiv kuzatish metodi.
Bolalar psixologiyasida sub’ektiv, ya’ni o‘z–o‘zini kuzatishdan foydalanilmaydi. Bolalar psixologiyasining asosiy metodlaridan biri sub’ektiv, ya’ni bolalarni tashqaridan kuzatib o‘rganish metodidir. Ob’ektiv kuzatish metodi har doim ma’lum maksadga qaratilgan bo‘lib, uning yordamida kishilarning turli psixik protsesslari hamda shaxsiy psixologik xususiyatlari o‘rganiladi. Bunda tarbiyachi va tekshiruvchi psixolog bolalarning xulq – atvorlari va xatti harakatlarini ularning turli – tuman faoliyatlarida tabiiy sharoitda mavzuli tarzda kuzatadi. Ob’ektiv kuzatish metodi quyidagi koidalarga asoslanib tashkil qilinishi kerak: 1) Har kanday kuzatishning aniq maksadi, rejasi bo‘lishi kerak. Masalan: bolalar diqqatining barqarorligini yoki tafakkur bilan bog‘liq bo‘lgan analiz qila olish qobiliyatini kuzatish. 2) Bola shaxsining yaxlitligi prinsipiga asoslanib, ya’ni analitik – sintetik nuqtai nazardan kuzatish. 3) Bolani jamoada va jamoa a’zosi sifatida o‘rganish; 4) Kuzatish tabiiy sharoitda olib borilar ekan, bolalar o‘zlarining kuzatilayotilganlarini mutlaqo bilmasliklari kerak. 5)Kuzatishdan yaxshi natijalar olish uchun, ularni turli sharoitlarda (shaxsning xislatlarini turli xilda namoyon bo‘lishni nazarda tutib) sistemali tarzda kun sayin o‘rganish kerak.
Kuzatish metodidan foydalanilganda bolalar turli uyin faoliyatlari, didaktik mashg‘ulotlar, mehnat faoliyatlarida xilma–xil psixik– protsesslarning va individual xususiyatning namoyon bo‘lishini o‘rganish mumkin.
Kuzatish metodi uzluksiz yoki faoliyatni tanlab vaqti – vaqti bilan o‘tkazilishi mumkin. Bolalarni uzluksiz kuzatish metodi bilan o‘rganilganda ularning barcha fe’l – atvorlari va xatti – harakatlari kundalik faoliyatlari davomida kompleks xolda o‘rganiladi. Uzluksiz kuzatish bir necha kun yoki bir necha oy davom etgandan so‘ng to‘plangan ma’lumotlar analiz qilinib, bolaga psixologik xarakteristika tuziladi, vaqti – vaqti bilan tanlab kuzatilganda bolaning barcha xulq – atvori va hatti – harakatlari emas, balki faqat ma’lum hatti – harakatlari (diqqati yoki xotirasi) bilan bog‘liq bo‘lgan tomonlari o‘rganiladi.
Bolalar psixologiyasida kuzatish metodining alohida turli bolalar taraqqiyotini sermazmun qirralarini kuzatish va unda olingan dalillarni kundaliklarga yozib borish o‘rganishdan iboratdir. Bola taraqqiyoti haqidagi birinchi kundalik XIX asrning ikkinchi yarmida Ch.Darvin tomonidan nashr etilgan. Undan so‘ng I.Madiginakote, N.A.Menchinskaya, V.S.Muxinalar bolalar psixik taraqqiyoti yuzasidan sistemali tarzda olib borgan o‘z kundaliklarini nashr etganlar.
Bolalar psixologiyasida keng qo‘llaniladigan yana bir asosiy metod – eksperiment metodidir. Eksperiment metodi kuzatish metodiga nisbatan aktiv metod xisoblanadi. Eksperiment metodida u yoki bu psixik protsessni kachon yuzaga kelishini kutib o‘tirmay, bu protsessni eksperimentatorning o‘zi yuzaga keltiradi. Shuningdek o‘rganilayotgan psixik protsessni bolalarda bir necha marta takrorlab o‘rganish mumkin, yana kulay tomoni shundaki, bu metod kuzatish metodi singani ko‘p vaqt talab qilmaydi. Eksperiment metodi 3 ga bo‘linadi: 1) laboratoriya eksperimenti, 2) tabiiy eksperiment. 3) pedagogik- psixologik eksprement metodi. Laboratoriya eksperimenti maxsus tashkil kilingan laboratoriyalarda turli asboblar yordami bilan o‘tiladi. Tabiiy eksperimentda biror psixik protsess o‘rganilayotganda maxsus sharoit yuzaga keltiriladi. Bolalar psixologiyasida eksperimentning har ikkala turidan keng foydalaniladi. Biroq bu metodlardan bolalar psixiologiyasida foydalanishning o‘ziga xos tomoni shundaki, bog‘cha yoshidagi bolalar laboratoriya sharoitida o‘tkaziladigan eksperimentlar bilan tabiiy sharoitda o‘tkaziladigan eksperimentlarning farqiga bormaydilar.
Har ikkila holda ham, tajribalar vazifa tarzida emas, balki o‘yin tarzida o‘tkazilsa yaxshi natija beradi. Eksperiment metodidan guruhlarda o‘tkaziladigan mashg‘ulotlar paytida keng foydalanish mumkin. Masalan: turli yoshdagi bog‘cha bolalar bilan o‘tkaziladigan didaktik mashg‘ulotlarda tabiiy eksperiment metodini qo‘llash mumkin. Bunda bolalarga xar xil hayvonlar, parrandalar, mevalar, sabzavotlar tasvirlangan rasmli kartochkalarni aralash xolda berib, ularni guruhlarga ajratish topshiriladi. Bolalar bu narsalarni qanday belgilariga qarab guruhlarga ajratishlarida ularning umumlashtirish xususiyatlarini o‘rganish mumkin. Odatda, guruh sharoitida o‘tkaziladigan bunday eksperimentni tabiiy eksperiment deb yuritiladi. Bolalar psixologiyasida tarkib toptiruvchi eksperiment metodidan ham foydalaniladi.
Bunda bolalarning u yoki bu xususiyati (psixologik xususiyati) tarkib toptiriladi va mustahkamlanadi. Masalan: bog‘cha yoshidagi bolalar ayni bir vaqtning o‘zida butunni va uning tarkibiy qismlarini to‘la idrok qila olmaydilar. Ular o‘z diqqatlarini yoki bir butun narsaning o‘ziga yoki uning bo‘laklariga qarata olmaydilar.
Tarkib toptiruvchi eksperiment orqali bolalarni bir butun narsani uning qismlari bilan bir paytda idrok qilishga o‘rgatiladi. Buning uchun bolalarga bir butun narsaning obrazini yarata olish mashq qildiriladi. (turli geometrik figuralar – doira, kvadrat, kub, foydalaniladi)
Pedagogik eksperiment orqali biron ta’lim – tarbiya metodining effektivligi aniqlanadi. Masalan: Biron tadqiqotchi bolalarni son – sanoqqa o‘rgatishning kandaydir yangicha metodini ishlab chiqqan bo‘lsa, uni pedagogik eksperiment metodi orqali sinab ko‘radi. Buning uchun oldindan bog‘cha ma’muriyati bilan kelishib 1 ta eksperimental va 1 ta nazorat guruhini belgilab oladi. Shundan so‘ng tadkikotchi eksperimental guruhda yangicha metod bilan elementar mavhum tasavvurlarni o‘stirish mashg‘ulotini o‘tkazadi. Nazorat guruhida esa bu mashg‘ulotlar odatdagi eskicha metod bilan davom ettirilaveradi. 1-2 oydan so‘ng har ikkala guruhdagi bolalarning o‘zlashtirishlari taqqsolab ko‘riladi. Agarda eksperimental guruh bolalar yangicha metod bilan o‘zlashtirishlari nazorat guruhdagi bolalarning o‘zlashtirishlaridan anchagina samarali bo‘lib chiqsa, bu metod boshqa hamma bog‘chalarga ham tarqatiladi. Bordi-yu, agar natija nazorat guruhdagi bolalarning o‘zlashtirishlaridan yomon, ya’ni past bo‘lib chiqsa, yangicha metod bilan mashg‘ulot o‘tish darhol to‘xtatiladi.
Bolalar psixologida asosiy metodlardan tashqari yordamchi metodlardan ham keng foydalaniladi. Bolalar psixiologiyaning yordamchi metodlaridan – faoliyat mahsulotlarini o‘rganish metodidir. Bolalar ham xuddi katta odamlar singari doim ma’lum faoliyat bilan mashg‘ul bo‘ladilar. Faoliyatlari jarayonida turli narsalarni, mahsulotlarni yuzaga keltiradilar. Ana shu narsalarda, mahsulotlarda bolalarning psixik protsesslari va psixologik xususiyatlari o‘z aksini topadi. Bog‘cha yoshidagi bolalarning faoliyatlari – uyin, rasm chizish, plastilin yoki loydan biron narsa yasash, applikatsiya, qurish –yasash kabilardan iboratdir. Ana shu faoliyatlarining natijasiga qarab bolalarning mayl va istaklari, ehtiyoj va qiziqishlari, qobiliyat va layoqatlarini o‘rganish mumkin. Masalan: bolalarning chizgan rasmlarida ular idrokining xususiyatlari va atrofdagi narsa va hodisalar haqidagi tasavvurlarini ko‘rish mumkin. Shu sababli bu metoddan bolalar psixologiyasida keng foydalaniladi.
Bolalar psixologiyasi so‘rash – suhbat metodidan keng foydalaniladi. Bu metodni 5-6 yoshli bolalarga nisbatan qo‘llash mumkin. Bunda bolalarga turli mavzularga doir savollar beriladi va ulardan og‘zaki suhbatning mavzui va suhbat paytida bolalarga beriladigan savollar oldindan yaxshilab uylab olinadi. Suhbat jarayonida javoblarni yozib olib, keyinchalik javoblarni taxlil qilish mumkin. Suhbat metodini o‘tkazishda quyidagilarga rioya qilish talab etiladi:
  1. Suhbatning mavzusi va mazmuni bolalarning taraqqiyot darajalariga va yosh xususiyatlariga mos bo‘lishi kerak.


  2. Savollar rejali va maksad asosida tuzilishi kerak.


  3. Suhbat paytida «ha» yoki «yo‘q» demay, tuliq javob olish kerak.


  4. Suhbatni haddan tashqari cho‘zib yubormaslik kerak.


Suhbat orqali bolalarning bilishlari, narsa va hodisalar haqida tasavvurlari, qiziqishlari va odamlar bilan bo‘lgan munosabatlarni o‘rganish mumkin.


Bolalar psixologiyasida so‘nggi yillarda test metodi qo‘llanila boshlandi. Test so‘zi inglizcha bo‘lib, o‘lchash degan ma’noni bildiradi. Test metodi orqali bolalarning umumiy aqliy taraqqiyot darajalari va ayrim psixik protsesslarining (tafakkur, xayol, xotira) qanchalik rivojlanganlik darajasi aniqlab taqqoslanadi. Test metodi yordami bilan bolalarning o‘z yoshlariga nisbatan normal taraqqiy etganliklari yoki orqada qolganliklarini ham aniqlash mumkin. Qo‘llaniladigan testlar orasida intellektual testlar deb (ataladigan) testlar katta ahamiyatga ega. Intellektual testlar – bolalarning umumiy aqliy taraqqiyot darajalari aniqlanadi.
Test vazifalari bolalarning uyin faoliyatlari bilan bog‘lansa, bolalar bunday vazifalarni bajonu dil bajaradilar. Masalan: biron butun narsaning mayda bo‘laklarga ajratib tashlangan qismlarini birlashtirish, mayda bo‘lakchalardan murakkab va chiroyli annimatsiyalar yasay olish, turli labirintli suratlardan tug‘ri yulni topa bilish vazifalaridan foydalanish mumkin.
Masalan: test metodida bolalarga topshirilidigan vazifalar bir necha variantda bo‘lib, ular kuchlari yetgan variantlardagi vazifalarni bajaradilar. Xar bir bajarilgan vazifaga ball sismasida baho quyib boriladi. Vazifalardan qanchasini bajarganligi va tuplagan baliga qarab, bolalarning o‘rtacha taraqqiyot darajasi belgilanadi, aniqlanadi.
Bolalar psixologiyasida so‘nggi yillarda sotsiometriya metoddan foydalanila boshlandi. Sotsiometriya metod yordamida shaxslarning kollektivdagi munosabatlari masalasi o‘rganiladi. Bolalar psixologiyasida esa sotsiometriya metod yordami bilan xar bir guruhda bolalarning o‘z tengqurlari urtasida yuzaga kelayotgan o‘zaro munosabatlari va ularning guruhda tutgan mavqeilari o‘rganiladi.
Bolalar psixologiyasida tadqiqot metodlari bilan tanishish tarbiyachilar va pedagoglar uchun amaliy ahamiyatga egadir. Bu metodlardan ta’lim – tarbiya ishlarida bolalarning psixik protsesslarini taraqqiyotini bilib olish uchun, shuningdek bolalar bilan individual munosabatda bo‘lishda, ularning individual – psixologik xususiyatlarini bilib olishda keng foydalaniladi. «Agar pedagogika odamni xar jixatdan tarbiyalamokchi bo‘lsa, u oldin usha odamni xar jixatdan bilib olishi kerak» - deb yozgan edi. K.D.Ushinskiy. Shuning uchun ta’lim – tarbiyaviy ishlarni tug‘ri tashkil qilish uchun bu metodlar bilan tanish bo‘lish lozim.
Bola psixik rivojlanishi va organizm etilishining biologik omillari
S.Xollning shogirdi mashhur amerikali psixolog A.Gezell bolalarni tuilgandan o’smirlik yoshigacha takrorlanuvchi kesishmalar yordamida ularni psixik rivojlanishini longtyud metodi orqali o’rgangan.
Gezellning bola xulqi yosh o’tgan sari qanday o’zgarishi qiziqtirgan, u psixik faollikni aniq shakllarini yuzaga kelishini namunaviy vaqtinchalik grafigini tuzishni hohlagan bolani harakat ko’nikmalaridan boshlabmashg`ulotlardagi talablarini intellektual qiziqishlarini ham inobatga olgan holda.
Gezzelning o’zi o’zining tadqiqot metodini biografik-labaratoriyaviy deb atagan. U tomonidan tashkil etilgan markazda labaratoriyada motorikani nutqni bolalarni ijtimoiy hamkorligini ob`ektiv registratsiyasi uchun maxsus apparatura qo’llanilgan bir tomonlama ko’rinadigan oyna ishlatilgan (gezzel oynasi). U kuzatuv sharoitlarini bola hayotining tabiiy sharoitlariga yaqinlashtirishga harakat qilgan. Maxsus jihozlangan eksperimental xonada bolaga mashg`ulotlar turini tanlash imkoni berilgan –qum yoki suv bilan o’ynash, taom tayyorlash harakatli o’yinlar (bir so’z yoki boshqa bolalar bilan). Diagnost va maslahatchilar bola xulqini xarakterli usullarini kuzatishlari mumkin edi, faqatgina ota-onalarning ma`lumotiga tayanmasdan.
SHuningdek, Gezell egizaklarni rivojlanishini o’rganishni taqqoslash metodini qo’llagan.norma va patalogiyadagi rivojlanishni (masalan ko’r bolalarda). Natijada u chaqaloqning 3200 nafaridan iborat tuzilgan atlasni yaratdi 16 yoshgacha bo’lgan bolalarning rivojlanish fenomenologiyasi to’liq yoritilgan motorika, xulq-atvor nutqqa nisbatan rivojlanish normalarining ko’rsatkichlari ajratib olingan. Gezellning testlar tizimi normativ yondashuv doirasida bola psixik rivojlanishini amaliy diagnostikasini tuzdi.
Gezelning etilish nazariyasiga asosan, optimal rivojlanishga tug`ma tendeentsiya mavjud.
Ijtimoiy rivojlanish harakat va psixik rivojlanish ma`lum ketma-ketlikda bir qator yosh bosqichlarini o’tadilar. Gezel aniqlagan bosqichlar rivojlanish tempi harakatlar o’sishi miqdori bilan farqlanadi. Gezell shakllantirgan rivojlanishning umumiy qonuniyatiga ko’ra, psixik rivojlanish tempi yuqori va yutuqlar ham ancha ahamiyatli hayotning birinchi davrlarida ulg`aygan sari rivojlanish tezligi susayadi. Gezellning yosh rivojlanishini davrlashtirilishi bolalikni rivojlanish davrlariga o’sishning ichki tempini o’zgarish kreyteriyasi bo’yicha talab etadi. Tug`ilgandan 1 yoshgacha xulqning eng yuqori o’sishi 1 yoshdan 3 yoshgacha o’rta va 3 yoshdan 18 yoshgacha rivojlanishning past tempi hisoblanadi. Gezellning ilmiy qiziqishlari markazida aynan ilk bolalik uchyoshgacha bo’lgan davrda. Gezzel bolaning rivojlanishini organizmning etilishini biologik omillariga asoslangan muhitga moslashish shakli sifatida ko’radi.
Gezellning pozitsiyasining tanqid qilib, L.S.Vigotskiy uni “ultrabiologizm” va “empirik evolyutsionizm” debatagan, ijtimoiy butunlay biologikka singib ketganda bolalikdagi rivojlanishning butun jarayoni tabiat qonunlariga bo’ysunadi.
A.Gezzelning etilish nazariyasi

Tadqiqotning asosiy predmeti


Bola tug`ilgandan butun etilishigacha bo’lgan davrda psixik rivojlanishni tempi va tarkibi


Tadqiqot metodlari


Kuzatuv maxsus jihozlangan kino va fotoregistratsiyalar bilan, testlar, ota-onalar so’rovnomalari, longtyud, egizaklarni rivojlanishini taqqoslash sog`lom va kasallarni


Asosiy tushunchalar


Etilish, rivlojlanish, xulq-atvor o’sishi, rivojlanishning ketma-ketligi, o’sish (rivojlanishning) tezligi


Asosiy g`oyalar


Nerv tizimini etilishiga psixik rivojlanishning bog`liqligi, (uning barcha tarkibiy qismlari motorikadan shaxsgacha) psixik rivojlanishning tempini barqarorligi, bolalik mobaynida tempni pasayishi, rivojlanishni nazorat qilib borish zarurati


Rivojlanish omillari


Biologik omillar, genetik etilish


Qiymati

Psixologik tadqiqotlarni o’tkazish uchun yangi metodlar, metodikalar va jihozlarning kiritilganligi. Mustahkam empirik baza. Bolalik rivojlanishini fenomenologiyasini asosli va keng doirada tushuntirilishi, etilish jarayonlarini muhimligiga diqqatni qaratish, motorika rivojlanishining me`yoriyligini yaratish

Tadqiqotning yo’nalganligi


Rivojlanishning biologik asosini aktsentirlashtirish “empirik evolyutsionizm” (L.S.Vigotskiy) normativlarni absolyutlashtirish o’rta sinf bolalaridan olingan ma`lumotlarni qolgan barchasiga o’tkazish


Ko’zga ko’ringan avstriyalik psixolog K.Byuler bir muddat vyurtsburg maktabi doirasida ishlagan bo’lib, o’zining bolani psixik rivojlanish kontseptsiyasini tuzdi. U rivojlanishning butun yo’lini maymundan to katta yoshli madaniyatli odamgacha ko’rsatishga harakat qilgan. Byuler bo’yicha tadqiqot vazifasi rivojlanishda doimiy asosiy tashqi ta`sirlarga bog`liq bo’lmagan qonuniyatlarni sof holda topish edi. Byulerning fikricha, bolalik rivojlanishini birinchi yillarini tadqiqoti uchun eksperimentning mos shakli zoopsixologiya sohasidan olinishi mumkin. K.Byuler bola rivojlanishidagi uch bosqich nazariyasi muallifi sifatida mashhur.har bir bola o’z rivojlanishida hayvonlar harakatlari shakli evolyutsiyasi bosqichlariga mos bosqichlarni bosib o’tadi, instinkt dressirovka (o’rgatish),intellekt. U biologik omillarni asosiy deb ko’rsatib o’tadi. Byuler bolalikdagi rivojlanishni biologik jihatdan asoslanganligini qobiliyatlarni nasliyligini ta`kidlagan lekin mashqlarsiz tabiiy qobiliyatlar to’liq ochilmaganligini aytib o’tgan.


Instinkt rivojlanishning quyi darajasi xulq usullarini nasliy fondi qo’llanilishga tayyor bo’lgan va faqatgina ma`lum stimullarga muhtoj bo’lgan. Odamda instinktlar noaniq-sust katta individual farqlarga ega bo’lgan. Bolada tayyor instinktlar to’plami baqirish, so’rish, yutish, himoya refleksi
Dressirovka (o’rgatish) turli hayotiy vaziyatlarga moslashish imkonini beradi maqtov va jazolashlarga yoki omad va omadsizliklarga tayanadi. Byuler bo’yicha bolalar o’yini hayvonlardagi o’yinning tabiiy davomi shu bosqichda yuzaga keladi.
Intellekt rivojlanishining quyi bosqichi vaziyatga muammoli vaziyatni kashf etish, ochish, o’ylash va anglash orqali moslashish. Byuler har tomonlama bola hayotini birinchi yillarini “immpanzesimonliligini” ta`kidlaydi.
Rivojlanishning bir bosqichidan boshqasiga o’tisha emotsiyalar ham rivojlanadi. SHunga ko’ra, faoliyatning yakunidan boshigacha roxatlanishni almashinishi bo’ladi. Harakat va emotsiyani evolyutsion erta taqqoslanishi quyidagicha avval harakat so’ng uning natijasida rohatlanish. So’ngra harakatdan funktsional qoniqish bilan kechadi ya`ni jarayonni o’zidan qoniqish va nihoyat qoniqish tasavvuri harakatning o’ziga o’tadi. Byuler uchun asosiysi tafakkurni psixik rivojlanishda ijodkorlik rolini o’rganish edi. SHunday qilib, u bolada nutqni uni yaratish kattalar bilan muloqot jarayonida bola tomonidan o’ylab topishi sifatida rivojlanish nazariyasini taklif qildi.
K.Byulerning 3 bosqichli nazariyasi

Tadqiqotning asosiy predmeti


Psixik rivojlanish qonuniyatlari, bola psixikasini rivojlanishini bosqichlarini ajratish (instinkt, dressirovka, intellekt)


Tadqiqot metodlari


Zoopsixologik eksperiment


Asosiy tushunchalar


Instinkt, o’rgatilgan bilish, intellekt funktsional qoniqish rohatlantiruvchi qoniqish


Asosiy g`oyalar


Hayvonlar psiikasini evolyutsiyasining qonuniyatlari bola psixik rivojlanishga o’tkazish, bola psixikasini hayvonlar psixikasi va katta yoshli madaniyatli odam psixikasi o’rtasidagi bog`lovchi evolyutsion jarayon sifatida ko’rish rivojlanishda emotsiyaning roli


Rivojlanish omillari


Preformizm, nasliyli


Qiymati

Eksperimentni bola rivojlanishini o’rganishda qo’llash, rivojlanish g`oyasi

Tadqiqotning yo’nalganligi


Biologik yondashuv odam rivojlanishining spetsifikasini rad etish ko’rmaslik,bola imkoniyatlarini pasaytirish


L.S.Vigotskiyning ta`kidlashicha Byulerning nazariy tuzilmalarida qadrli biologik rivojlanishni umumiy sohasida psixik rivojlanishni rivojlanish va tendentsiyalarini barcha g`oyalarini ko’rib chiqadi. Biroq ma`naviy hayotni butun to’liqligini biologik ildizlaridan psixik funktsiya va shakllarini yuzaga chiqarish katta miya o’zagi tuzilishi rivojlanishida normal bolani tipik omadlarini sabablarini topish. Byuler pozitsiyasini printsipial chegaralaydi antidialektikka aylantiradi. Psixikani filogenez va ontogenezi biologik evolyutsiya qonunlariga bir xil darajada bo’ysunadilar.


Bola psixik rivojlanishining biologik va ijtimoiy omillari
Amerikali psixolog va sotsiolog Dj.Bolduin o’zining davrida nafaqat bilish balki emotsional va shaxsiy rivojlanishlarni o’rganishga undagan. Ijtimoiy muhit tug`ma qobiliyatlar bilan bir qatorda uning tomonidan rivojlanishning muhim omili sifatida kiritilgan, chunki odamni normalari qadriyatlari va o’ziga bo’lgan bahosi tizimli jamiyat ichida sodir bo’ladi. Bolduin birinchilardan bo’lib, o’yinning ijtimoiy rolini keltirib o’tdi va uni ijtimoiylashuv instrumenti sifatida ko’rgan. U odamni murakkab ijtimoiy munosabatlar tizimidagi hayotga tayyorlashni keltirib o’tadi.
Bolduin bolalarni bilimini rivojlanishini kontseptsiyasiga asoslanadi. Uning ta`kidlashicha bilishning rivojlanishi bir necha bosqichlarni o’z ichiga oladi tug`ma harakatlar reflekslarini rivojlanishi bilan boshlanuvchi. So’ngra nutqni rivojlanish bosqichi va bu jarayonni mantiqiy tafakkur bosqichi yakunlaydi. Boludin tafakkur rivojlanishini maxsus mexanizmlarni ajratgan assimilyatsiya (muhit ta`sirini interorizatsiyasi). Bolduinning nazariyasini bu holatlari J.Piajening qarashlariga ta`sir etdi.
Nemis psixologi V.SHtern personalizm nazariyasini asoschisi o’z qiziqishlarini tadqiqotini markaziga bolaning ma`naviy rivojlanishi bola shaxsini umumiy tuzilishini shakllanishi tahlilini qo’yish. SHternning ta`kidlashicha shaxs bu o’zini anglovchi angli va maqsadli harakatlanuvchi umumlashma ma`lum chuqurlikka ega bo’lgan. (ongli va ongsiz bo’lgan qatlam) U shundan kelib chiqqanki, psixik rivojlanish
http://fayllar.org
Yüklə 34,34 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə