3-Mavzu. Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’i. Reja


Soliq quyidagilar tomonidan hisoblab chiqariladi va to’lanadi



Yüklə 107,42 Kb.
səhifə11/16
tarix26.04.2023
ölçüsü107,42 Kb.
#106973
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
3-Mavzu

Soliq quyidagilar tomonidan hisoblab chiqariladi va to’lanadi:
1) soliq to’lovchiga daromad to’laydigan soliq agentlari tomonidan;
2) soliq to’lovchi tomonidan mustaqil ravishda.
Soliq to’lovchilarning alohida toifalari soliqni - qat’iy belgilangan miqdorda to’lashni yoki jami yillik daromadi to’g’risidagi deklaratsiya asosida to’lashni tanlashga haqli hisoblanadi.
Soliq to’lovchi tomonidan mustaqil ravishda hisoblovchi va to’lovchilarga nisbatan quyidagilar tatbiq etiladi:
1) tovarlar (xizmatlar) realizatsiyasidan daromadi kalendar yilida yuz million so’mdan oshmaydigan yakka tartibdagi tadbirkorlarga. Agar kalendar yilida tovarlar (xizmatlar) realizatsiyasidan daromadi belgilangan miqdordan oshsa, yakka tartibdagi tadbirkor Soliq kodeksda nazarda tutilgan tartibda aylanmadan soliq yoxud qo’shilgan qiymat solig’i va foyda solig’i to’lashga o’tadi.
2) yakka tartibdagi tadbirkor bilan mehnat munosabatlarida bo’lgan jismoniy shaxslarga;
3) yuridik shaxs tashkil etmagan holda oilaviy tadbirkorlik shaklida faoliyatni amalga oshirayotgan oila a’zolariga;
4) «Hunarmand» uyushmasi a’zolari bo’lgan hunarmandchilik faoliyati sub’ektlariga.
Soliq kodeksiga muvofiq soliq to’lovchilar soliq to’lash tartibini quyidagilar orqali tanlashga haqli:
1) tadbirkorlik sub’ektining davlat ro’yxatidan o’tkazilishi chog’ida tanlangan soliq to’lash tartibini ko’rsatish;
2) doimiy yashash joyi bo’yicha soliq organlariga joriy yilning
25 yanvaridan kechiktirmasdan tanlangan soliq to’lash tartibi to’g’risida bildirish xati taqdim etish.
Hisoblab chiqarilgan soliq summasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hisoblangan jismoniy shaxslarning shaxsiy jamg’arib boriladigan pensiya hisobvaraqlariga o’tkaziladigan majburiy oylik badallar summasiga kamaytiriladi.
Soliq agentlari tomonidan soliqni hisoblab chiqarish va ushlab qolish tartibi.
Soliq agentlari soliq hisobining registrlarida jismoniy shaxslarning ulardan soliq davrida olgan daromadlari, jismoniy shaxslarga to’lov manbaida qo’llanilgan soliq imtiyozlari, hisoblab chiqarilgan va ushlab qolingan soliqlar hisobini yuritadi.
Soliq hisobi registrlarining shakllari, ularda soliq hisobining tahliliy ma’lumotlarini hamda birlamchi hisobga olish hujjatlari ma’lumotlarini aks ettirish tartibi soliq agenti tomonidan mustaqil ravishda ishlab chiqiladi. Mazkur shakllarda soliq to’lovchini identifikatsiya qilish imkonini beradigan ma’lumotlar, soliq to’lovchilarga to’lanadigan daromad turlari va to’lov manbaida unga qo’llanilgan soliq imtiyozlari, ularni to’lash sanasi, soliq to’lovchining maqomi, soliqni ushlab qolish va to’lash sanasi ko’rsatilishi kerak.
O’zbekiston Respublikasi norezidentlari bo’lgan jismoniy shaxslar uchun O’zbekiston Respublikasidagi manbalardan olingan daromadlarga soliq solish soliq agentlari tomonidan soliq bazasi hamda belgilangan stavkadan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi.
Soliq agentlari soliq to’lovchining mehnatga haq to’lash tarzidagi daromadlaridan, moddiy naf tarzidagi daromadlaridan, mulkiy daromadlaridan va boshqa daromadlaridan hisoblangan soliq summasini ushlab qolishi shart hisoblanadi.
Soliqning hisoblangan summasini soliq to’lovchidan ushlab qolish, soliq agenti soliq to’lovchiga to’layotgan har qanday pul mablag’lari hisobidan, bu pul mablag’lari soliq to’lovchiga yoki uning topshirig’iga binoan uchinchi shaxslarga to’lanayotganda amalga oshiriladi.
Soliqni hisoblab chiqarish va ushlab qolish soliq bazasi hamda soliq stavkalaridan kelib chiqqan holda, daromad hisoblanishiga qarab, yil boshidan e’tiboran har oyda ortib boruvchi yakun bilan soliq to’lovchining ish joyi bo’yicha soliq agenti tomonidan amalga oshiriladi.
Asosiy bo’lmagan ish joyidan yoki boshqa soliq agentlaridan sovg’a, moddiy yordam va boshqa turlardagi yordam olgan jismoniy shaxslarning soliq summasini qayta hisob-kitob qilish jismoniy shaxs yillik jami daromadi to’g’risida deklaratsiya topshirganda soliq organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Yil mobaynida asosiy ish (xizmat, o’qish) joyi o’zgargan taqdirda, soliq to’lovchi joriy yilda o’ziga to’langan daromadlar va ushlab qolingan soliq summalari to’g’risidagi ma’lumotnomani yangi asosiy ish (xizmat, o’qish) joyidagi soliq agentiga dastlabki ish haqi hisoblanguniga qadar taqdim etishi shart. Ilgarigi ish (xizmat, o’qish) joyidan ma’lumotnoma taqdim etilmagan yoki soliq to’lovchining identifikatsiya raqami taqdim etilmagan taqdirda, soliq imtiyozlari qo’llanilmagan holda ushlab qolinadi. Ma’lumotnoma va soliq to’lovchining identifikatsiya raqami taqdim etilgan taqdirda, soliq summasi ilgari asosiy ish (xizmat, o’qish) joyida olingan daromadlar inobatga olingan holda qayta hisob-kitob qilinadi.
Yangi asosiy ish (xizmat, o’qish) joyida soliqni hisoblab chiqarish kalendar yil boshidan e’tiboran ilgarigi va yangi asosiy ish (xizmat, o’qish) joylaridan olingan jami daromaddan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi.
Mehnat shartnomasi (kontrakt) bekor qilingandan keyin xodimga ilgarigi ish joyidan to’lov amalga oshirilganda, bunday to’lovlarga soliq imtiyozlari qo’llanilmagan holda soliqqa tortiladi.
Jismoniy shaxslarning asosiy bo’lmagan ish joyidan olgan daromadlaridan soliqning yakuniy summasi jami yillik daromad to’g’risida taqdim etilgan deklaratsiya’ning ma’lumotlari bo’yicha soliq organi tomonidan hisoblab chiqariladi.

Yüklə 107,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə