3-mavzu: Nizolar sabablarini o‘rganish orqali nizolarning oldini olish



Yüklə 52,65 Kb.
səhifə2/3
tarix11.12.2023
ölçüsü52,65 Kb.
#143970
1   2   3
MmoiZVjPn0dZxntFMm05yY6HxEofpKkBBSXKTjEf

Har bir sababning o‘ziga xosligi
Nizolar yuzga kelishida ikki xil shart-sharoit mavjud. Ob’ektiv shart- sharoitlarga:

  • Mehnat qilish uchun sharoitning yomonligi;

  • Xodimlar orasida majburiyat va vazifalarning noto‘g‘ri taqsimlanganligi;

  • Boshqaruv tizimidagi nomutanosibliklar;

  • Qo‘yilgan vazifalarga mos professionallikni xodimlarda kuzatilmasligi;

  • Ishchi o‘rinlarining yetishmasligi tufayli, ishlarning taqsimlanishidagi adolatsizlik;

  • Mehnatni tashkil etish va mehnatga haq to‘lashda adolatsizlik xolatlarini kuzatilishi.

Nizolar yuzaga kelishida sub’ektiv shart-sharoitlarga:

  • Ishbilarmonlik munosabatlarida negativ yo‘llarni ko‘rinishi;

  • Shaxslararo munosabatlarda shaxsga oid xususiyatlarning namoyon bo‘lishi.

  • Muomalani tashkil etishda no‘noqlik va savodsizlikning kuzatilishi.

Har bir nizo alohida hodisa sifatida tahlil qilinadi, lekin ularning barchasiga xos bo‘lgan ayrim qonuniyatlar borki, ularga avvalo uning bosqichlari yoki fazalari kiradi:

  1. Nizo oldi bosqich - konfrontatsiya

  2. Nizoning o‘zi - kompromiss yoki janjal

  3. Nizodan chiqish - muloqot yoki dissonans.

Demak, birinchi bosqichda konkret masala yuzasidan fikrlar yoki qarashlarda tafovut yoki qarama-qarshilik uchun shart-sharoit paydo bo‘ladi. Tomonlar o‘rtasiga sovuqchilik tushadi, ular o‘zaro kelisholmay qoladilar, agar bunda tashqaridan qaraganda, ko‘zga tashlanadigan nizo bo‘lmasa-da, o‘sha shaxslarning o‘zi bir-birlariga nisbatan munosabatlarida buni his qila boshlaydilar. Agar inson aynan shu bosqichda hodisaga aralashib, o‘z vaqtida oqilona qarorlar qabul qilolmasa, nizo ikkinchi bosqichga o‘tadi.
Ikkinchi bosqichda har ikkala tomon o‘z qarashlarini qarshi tomonnikidan afzal bilib, ochiqchasiga bir-birlarini ayblay boshlaydilar. Shu paytda ularni kelishtirishga urinadilar, agar bu “urinish” alohida - alohida tarzda ro‘y bersa, vaziyat yanada taranglashib, ziddiyat chuqurlashishi, tomonlar o‘z xolicha uchinchi insonni ham o‘zining tarafdori qilib, u ham nizoning ishtirokchisiga aylanib qolishi muqarrar bo‘lib qoladi. Shuning uchun ham psixologiya har qanday nizoni tomonlarni birga chaqirgan holda hal qilish va kompromiss qarorlar chiqarishga tayyor turishni tavsiya etadi. Buning uchun nizoning taxminiy obrazi va uni hal qilishga bir nechta alternativ yechimlar bo‘lishi kerak. Biror tomonga ko‘proq yon bosa boshlansa ham, nizoning ishtirokchisiga aylanadi. Shuning uchun ham xolis tarzda nizoning kelib chiqish sabablari, kimlarning manfaatiga zid ishlar qilinayotganligi, nizo ishtirokchilarining shaxsiy va professional xususiyatlari, kuchli va kuchsiz tomonlarini tahlil qilib, nizoning “portreti” ni o‘zi uchun tasavvur qila olishi kerak. Shundan keyingina, tomonlarni chaqirib, masalaga yanada oydinliklar kiritib, tomonlarni kelishuvga chaqiradi. “Men nima bo‘lganini, muammo nimada ekanligini bilish uchun Sizlarni chaqirdim” deb gap boshlashi va har bir tomonning fikri muhimligini ta’kidlab, ayni paytda vaziyatni qattiq nazorat qilishi, uning kechishini boshqarishi lozim.



Yüklə 52,65 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə