3-Мавзу: O‘zbekiston tosh davri yodgorliklari tadqiqotlarining yutuqlari reja



Yüklə 28,6 Kb.
səhifə2/10
tarix17.01.2023
ölçüsü28,6 Kb.
#98716
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
3-мавзу (1)

Angilak g‘or makoni Zarfshon tog‘ tizmasining janubiy yon bag‘rida (Qashqadaryo viloyati Kitob tumani Oyoqchisoy yon darasida) joylashgan bo‘lib, 2001 yili R.H.Suleymanov tomonidan ochilgan. 2002-2004 yillari davomida qazilma ishlari amalga oshirilgan. Tadqiqotda O‘zbekiston-Amerika xalqaro arxeologik ekspeditsiyasi xodimlari (Glantz, SHrauber, Burger,Simmerman) ham ishtirok etishgan. G‘orning og‘iz qismi janubiy-sharqiy tomonga qaragan va quyosh nurlari unga to‘liq tushadi. G‘orning og‘iz kirish qismi kengligi 10 metr, balandligi 6,7 metr va g‘or tubi tomon 7 metr chuqurlikka ega. YOdgorlikda madaniy qatlam 1,5 gacha tadqiq etilgan. Qazilma jarayonida paleolit davriga oid qiziqarli tosh buyumlari to‘plami qo‘lga kiritilgan.
Toshkent vohasi so‘nggi paleolit davri yodgorliklari
Ko‘lbuloq yodgorligining qo‘shni, tevarak-atrof joylaridan Kыzыl-Alma-2, Dodekatыm-2, Maybulaq hamda Odjuk 6 (3-madaniy qatlam) kabi so‘nggi paleolit davriga oid yodgorliklarning topilishi va ular tadqiqotida qo‘lga kiritilgan arxeologik materillar so‘nggi paleolit davri jamoalari moddiy madaniyatini yoritishda muhim ilmiy ahamiyat kasb etadi.
Qizilolmasoy 2 yodgorligi. Ko‘lbuloq yodgorligidan uncha uzoq bo‘lmagan joylarda Angren daryosining o‘ng sohillarida G‘ishtsoy,Qizilolmasoy, Tashsoy, Qorabog‘soy kabi tosh davri jamoalari moddiy madaniyatiga tegishli qiziqarli tosh qurollari to‘plamlari qo‘lga kiritilgan yodgorliklar joylashgan. SHulardan biri Qizilolmasoy 2 yodgorligi hisoblanib, Ko‘lbuloq yodgorligidan 1 kilometrlar chamasi masofada joylashgan. Bu yodgorlik 2007-2008 yillari O‘zbekiston-Rossiya xalqaro arxeologik ekspeditsiyasining O‘rta Osiyo paleolit arxeologik guruhi (O‘.I.Islomov, A.P.Derevyanko) xodimlari tomonidan tadqiq etilgan. 8 metr kvadrat maydon sathida qazilma ishlari amalga oshirilib, 4 metr qalinliklikda tekshiruv ishlari bajarilib, 3 ta litologik qatlam aniqlangan. Bu uchchala litologik qatlamlardan qo‘lga kiritilgan tosh buyumlar to‘plami so‘nggi paleolit davri jamoalari moddiy madaniyatiga tegishli bo‘lib chiqdi. Bu O‘. I. Islomov, A. P. Derevyankolar tomonidan tosh qurollarni texnik-tipologik jihatdan tahlil etish natijalariga ko‘ra aniqlandi va bu tosh qurollari tadqiqotchilar ko‘rsatishicha, Toshsoy, Jarsoy, Ko‘lbuloq yodgorliklari tosh qurollariga aynan o‘xshash.

Yüklə 28,6 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə