3-Мавзу: O‘zbekiston tosh davri yodgorliklari tadqiqotlarining yutuqlari reja



Yüklə 28,6 Kb.
səhifə3/10
tarix17.01.2023
ölçüsü28,6 Kb.
#98716
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
3-мавзу (1)

Dodekatim 1,2 yodgorliklari. 2005 yil avgust oyida O‘zbekiston-Rossiya xalqaro arxeologik ekspeditsiyasining O‘rta Osiyo paleolit arxeologik guruhi (O‘.I.Islomov, A.P.Derevyanko) xodimlari tomonidan Obiraxmat yodgorligi atroflarida, xususan Paltov daryosining (CHatqol daryosining o‘ng irmog‘i) o‘rta qismida keng ko‘lamli arxeologik qidiruv ishlari amalga oshirildi. Daryo o‘zanidan 30 metrlar chamasi yuqoridagi 2- terrasa sathida bir-biridan taxminan 140 metr masofa oralig‘i bo‘lgan ikkita topilma joyidan qiziqarli tosh buyumlar topilib, natijada Dodekatim 1 punktida 9 metr kvadrat, Dodekatim 2 punktida 2-6 metr kvadrat maydon sathida qidiruv shurfi qazib ko‘rildi. Dodekatim 1 punktida qazilma jarayonida 43 dona tosh buyumlar to‘plami topildi, ularning 3 donasi tosh quroli, 3 donasi tosh o‘zaklari, 2 dona payraqalar bo‘lagi, 35 dona ishlov berilmagan uchirindilar hisoblanadi. Tosh qurollari qirg‘ichlar, ishlov berilgan uchirmalar bo‘lib, tosh qurollari asosan chaqmoqtoshli-slanets, qayroqtoshlardan yasalgan.
Dodekatim 2 yodgorligi joylashgan terrasa sathidan 147 dona tosh buyumlari to‘plami yig‘ib olingan. Ular ichida 8 dona tosh quroli, 7 dona tosh o‘zaklari mavjud. Tosh buyumlarning askariyati chaqmoqtoshli-ohaktosh, chaqmoqtosh, xolsedonlardan yasalgan. Bu faktlar bu terrasa joyi ibtidoiy odamlar manzilgohi bo‘lganidan guvoh beradi. Haqiqatdan ham, qazilmalar jarayonida 8 ta madaniy qatlamlar bilan bog‘liq gorizontlar ajratilgan. SHulardan, 1 va 5 madaniy gorizontlar arxeologik topilmalarga nihoyatda boy bo‘lib chiqdi. Hammasi bo‘lib 3 mingdan ortiq tosh qurollar to‘plami qo‘lga kiritildi. SHuningdek, ko‘plab hayvon suyaklari va tishlari qoldiqlari (hattoki kuygan suyak qoldiqlari ham) hamda ko‘mir parchalari topilgan. SHu madaniy gorizontlardan radiokarbon analizi namunalari olingan. Tosh qurollarining tipologik tahlili va namuna analizlar (23800±190 dan 21850±180 gacha yil) yodgorlikni so‘nggi paleolit davrining oxirgi bosqichlariga oidligini ko‘rsatdi. Bu tosh qurollar ko‘p jihatlari bilan Samarqand makoni hamda Ko‘lbuloq yodgorligining yuqori madaniy qatlamlari moddiy madaniyatiga yaqinligi kuzatiladi. Samarqand makoniga yaqinliklari o‘zaksimon nukleuslar mavjudligi bilan asoslansada, lekin Samarqand makonida Dodikatim 2 yodgorligi tosh industriyasidagi mikrolitli element deyarli uchratilmaydi. Buni mutaxassislar ikki mintaqada so‘nggi paleolit davrining o‘ziga xos texnik-texnologik rivojlanish bo‘lganligidan deb hisoblashadi. Dodekatim 2 yodgorligi madaniy qatlamlaridan uchburchak ko‘rinishli geometrik shakldagi mikrolitlar pastki madaniy qatlamdan yuqoriga qarab ko‘payib borganligi fakti kuzatiladi. Mikropayraqalarda endi to‘mtaqlanib ishlov berilishi texnikasi shakllana borganligi,t osh buyumlariga dastlab uchirib olish texnikasi prizmasimon tosh o‘zaklarga yo‘naltirilgani fakti aniqlanadi. Tadqiqotchilar ko‘rsatishicha, bu texnikaviy yangiliklar mezolit davri jamoalari moddiy madaniyati, tosh industriyasining o‘ziga xosligini keltirib chiqarishga zamin yaratgan. YOki ishlov berilishi texnikasining an’anaviyligini bildiradi. SHu asosda Markaziy Osiyo miqyosida Dodikatim materiallari asosida dastlabki mikrolitli texnika elementi o‘chog‘i shakllana borayotgani faktini aytish mumkin. Demak, bu texnikaviy an’ana Obishir madaniyati yodgorliklari tosh industriyasida kuzatiladi va shu asosda mezolit davri xronologik ramkasini ham qadimiylashtirish mumkin.

Yüklə 28,6 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə