3-Мавзу: O‘zbekiston tosh davri yodgorliklari tadqiqotlarining yutuqlari reja



Yüklə 28,6 Kb.
səhifə7/10
tarix17.01.2023
ölçüsü28,6 Kb.
#98716
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
3-мавзу (1)

Djangal I makoni. O‘rta Zarafshon vohasi Qoratepa tog‘ massivi shimoliy yon bag‘ridan voha tomon o‘z suvini oqizib chiquvchi yirik soylardan biri bo‘lgan Egrikulchasoy yon qayirida joylashgan (Samarqand viloyati, Nurobod tumani, Egrikul qishlog‘i yuqori qismida). Egrikulchasoy Sazog‘onsoyga qo‘shni soy hisoblanadi. Makon joylashgan qayir soyning chap qirg‘og‘ida bo‘lib, qayirning pastki qismi soygayaqin joyida katta buloq mavjud. Aniqrog‘i, ana shu buloqning ustidagi qayirda makon joylashgan.Djangal I makoniSamarqand Davlat Universiteti arxeologik ekspeditsiyasi tomonidan 1986-1989 yillar mobaynida tadqiqot etilgan. Hammasi bo‘lib 200 metr kvadrat metr maydon sathida madaniy qatlam o‘rganilib, 5000 ga yaqin arxeologik ashyoviy dalillar qo‘lga kiritilgan. Eng muhimi, makondan turar-joy qoldig‘i, hamda yaxshi holatda saqlangan naqshli neolit sopol buyum parchalari topishga erishilganligi bo‘ldi. Makon tosh industriyasi o‘zida sazog‘on madaniyati xususiyatlarini mujassamlashtirgan. Tepaqul 3 makoni. Tepaqul qishlog‘idan Tepakul soy o‘zani bo‘ylab taxminan 2,5 kilometrlar chamasi yuqorida, soy chap yon qayirida joylashgan. Tepaqul 3 neolit makoni, 1989 yili Samarqand Davlat Universiteti arxeologik ekspeditsiyasi xodimlari tomonidan kashf etilgan. 1989-1996 yillar mobaynida sistemali ravishda arxeologik qazishma ishlari amalga oshirilib, 400 metr kvadrat maydon sathida madaniy qatlam arxeologik tekshiruvdan o‘tkazilgan. Tadqiqotlar jarayonida 5000 dan ortiq arxeologik manbalar qo‘lga kiritilinib, ular tosh buyumlar, hayvon suyagi qoldiqlari, sopol buyum parchalaridan iboratdir. Makon tosh qurollari tipologik tahlili ularni sazog‘on jamoalari moddiy madaniyatiga tegishli ekanligini ko‘rsatdi.
Tepaqul 4 makoni. Tepaqul 3 makonidan soy o‘zani bo‘ylab yuqori tomon taxminan 250-300 metrlar chamasi masofada bo‘lgan qo‘shni qayirda joylashgan. Makon 1995 yili Samarqand Davlat Universiteti arxeologik ekspeditsiyasi xodimlari tomonidan amalga oshirilgan arxeologik qidiruv ishlari jarayonida kashf etilgan bo‘lib, 1996-2003 yillar mobaynida makonda bevosita arxeologik qazishma ishlari bajarilgan. Arxeologik tadqiqotlar jarayonida 250 metr kvadratdan ortiq bo‘lgan maydon sathida madaniy qatlam o‘rganilib, 6000 dan ortiq arxeologik ashyoviy dalillar to‘plashga erishilgan. Makon moddiy madaniyati o‘z xususiyatlariga ko‘ra sazog‘on neolit jamoalari madaniyatiga o‘xshash.

Yüklə 28,6 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə