3-mavzu. Rivojlanish falsafasi Reja


Sistema, element struktura



Yüklə 0,71 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/35
tarix29.11.2023
ölçüsü0,71 Mb.
#141262
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   35
3-mavzu. Rivojlanish falsafasi Reja (1)

Sistema, element struktura.
Butun va qism kategoriyalarini sistema, struktura, 
element kategoriyalari to‘ldiradi va rivojlantiradi.
Qadimgi yunon falsafasida sistema tushunchasi borliqning tartibliligi va yaxlitligi 
sifatida tavsiflangan. Hozirgi talqinda sistema muayyan yaxlitlikni tashkil etuvchi 
qonuniy munosabatlar va aloqalarda bo‘lgan elementlarning organik to‘plami 
sifatida tavsiflanadi. 
Sistema
 
(yunon. systema – birlashtirish, yaratish) – bir-
birining o‘rtasida qonuniy bog‘lanish yoki o‘zaro aloqa mavjud bo‘lgan muayyan 
elementlar yig‘indisi
. Har qanday sistemaning strukturasi avvalo uning tarkibiy 
elementlariga bog‘liq. O‘z navbatida, elementlarning xossalari ham ko‘p jihatdan 
o‘zlari hosil qilgan sistemaning strukturasi bilan belgilanadi. Sistema va element 
tushunchalari butun va qism kategoriyalariga yaqin turadi. Ammo ular ayniy 
tushunchalar emas. Xususan, qism bo‘linadi, element – sistemaning boshqa 
qismlarga ajralmaydigan komponenti hisoblanadi. Shuningdek sistema butun bilan 
ham solishtirilishi mumkin va xuddi butun kabi, qismlarning aloqadorligi, 
tartibliligi va uyushqoqligi bilan tavsiflanadi. Ammo butunni o‘rganishda uning 


o‘ziga xos xususiyatini, sifat jihatidan muayyanligini aniqlash vazifasi birinchi 
o‘ringa chiqadi.
Sistemali yondashuv
sistemalarning sifat jihatidan o‘ziga xosligidan qat’iy nazar, 
ular xulq-atvorining umumiy tamoyillari va qonunlarini aniqlashni nazarda tutadi

Ayni shu sababli sistemalar juda keng miqyosda qo‘llaniladi. Ammo har qanday 
ob’ektni o‘rganishga nisbatan sistemali yondashuv doim ham samarali emas. 
Biron-bir ro‘zg‘or buyumi (qoshiq yoki choynak, yozuv daftari va sh.k.)ni 
sistemali o‘rganishning hojati yo‘q. Ba’zan shunday bir «tadqiqotlar» uchraydiki, 
ularda sistemalar nazariyasi atamalari ishlatilgan bo‘lsa-da, ularni yaratgan soxta 
olimlar tavsiflanayotgan ob’ekt talqiniga biron-bir yangi narsa kiritmaydi. Hozirgi 
zamon fanida 
sistemali yondashuvning ikki yo‘li qo‘llaniladi

birinchisi-sistemalar 
tushunchasini muayyan tarzda formallashtirish va ularning fan tilida 
tavsiflanadigan umumiy belgilarini aniqlash; ikkinchisi-muayyan sistemalarning 
tipologik tahlilidan foydalanish kabilardir


Yüklə 0,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə