3 McCarthy, O'Dell English vocabulary in use pdf


-modda. Daromadlar va xarajatlarni hisobga olish



Yüklə 0,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə70/79
tarix27.09.2023
ölçüsü0,6 Mb.
#124339
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   79
buxgalteriya hisobi asoslari (1)

13-modda. Daromadlar va xarajatlarni hisobga olish
Daromadlar va xarajatlar, tulagan vaqti va pul kelib tushgan sanadan qati nazar, kaysi 
davrga taalluqli bo’lsa, usha hisobot davrida aks ettiriladi. 
14-modda. Xususiy kapitalni hisobga olish
Xususiy kapital — ustav kapitali, qo’shilgan va zaxira kapitalidan hamda 
taqsimlanmagan foydadan tarkib topadi. Ustav kapitali — ta’sis xujjatlarida belgilangan 
xissalarning (pul ifodasida) yig’indisidir. Ustav kapitaliga xissa shaklida qo’shiladigan 
moddiy va nomoddiy aktivlar ta’sischilar kelishuviga yoki yuridik shaxs ijroiya organining 
qaroriga ko’ra baholanadi va hisobga olinadi. Qo’shilgan kapital aksiyalarni nominal 
qiymatidan baland narhlarda dastlabki sotishdan olinadigan emissiya daromadini aks ettiradi. 
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com


Zaxira kapitali mol-mulkni qayta baholash chog’ida xosil bo’ladigan inflyatsiya zaxiralarini, 
shuningdek tekinga olingan mol-mulk qiymatini aks ettiradi. Taqsimlanmagan foyda 
foydaning jamg’arilayotganligini ifodalaydi va mulkdorning qaroriga binoan ustav kapitaliga 
qo’shilishi mumkin. 
15-modda. Garovni hisobga olish
O’zining yoki o’zgalarning majburiyatlarini ta’minlash uchun garovga berilgan mol-
mulk qiymati, shu jumladan pul mablag’lari korxona tomonidan boshqa aktivlardan alohida 
hisobga olinadi. Garovga olingan mol-mulk qiymati, garov sifatida qabul qilib olingan pul 
mablag’lari va valyuta boyliklari qiymati aloxida balansdan tashqari hisob varaqlarda aks 
ettiriladi. 
16-modda. Moliyaviy hisobot
Moliyaviy hisobot buxgalteriya hisobi ma’lumotlari asosida tuziladi. Moliyaviy hisobot 
quyidagilarni o’z ichiga oladi: 
-buxgalteriya balansi; 
-moliyaviy natijalar to’g’risida hisobot; 
-asosiy vositalar xarakati to’g’risida hisobot; 
-pul oqimlari to’g’risida hisobot; 
-xususiy kapital to’g’risida hisobot; 
-izoxlar, hisob-kitoblar va tushuntirishlar. 
Kichik va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarining moliyaviy hisoboti soddalashtirilgan shaklda 
to’ziladi. Moliyaviy hisobotning tarkibi va mazmunini O’zbekiston Respublikasi Moliya 
vazirligi belgilaydi. 

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   79




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə