3 McCarthy, O'Dell English vocabulary in use pdf


 Statistik kuzatish mohiyati va uning oldiga qo‘yiladigan talablar



Yüklə 1,95 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/175
tarix29.11.2023
ölçüsü1,95 Mb.
#139115
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   175
Statistika Soatov 2006

2.2. Statistik kuzatish mohiyati va uning oldiga qo‘yiladigan talablar 
Ommaviy 
jarayonlarni 
statistika 
jihatidan 
o‘rganish, ya’ni bir turli hodisalar va ularning belgilari 
orasidagi bog‘lanishlarni miqdoriy ifodalab ularning 
to‘plarida namoyon bo‘ladigan statistik qonuniyatlarni 
aniqlash uchun dastlab ular haqida, o‘rganilayotgan 
obyektlar to‘g‘risida boshlang‘ich ma’lumotlar yoki 
boshqa so‘z bilan aytganda xom statistik materiallarni 
to‘plash kerak. Mana shu jarayon statistik kuzatish deb ataladi. 
Kuzatish so‘zi quyidagi lug‘aviy ma’noga ega: 
1) 
biror narsa (predmet, obyekt)ni bilish, aniqlash maqsadida sinchiklab 
ko‘zdan kechirish; 
2) 
biror narsa yoki kimsani zimdan qarab tekshirib turish, ta’qib qilish; 
3) 
voqealarni o‘rganish, tekshirish, biror narsa yoki maqsadni nazarda tutish. 
Statistik kuzatish ommaviy hodisalarni, jarayonlarni sinchiklab tekshirish 
uchun ular haqida boshlang‘ich materiallarni to‘plashdir. U o‘rganilayotgan 
obyektlarni va ularning unsurlarini hisobga olish bilan bog‘liq. Hisob – bu biror 
predmet miqdorini sanab yoki o‘lchab aniqlash, biror kimsa yoki narsa mavjud 
miqdorini belgilash uchun maxsus hujjatda u haqidagi ma’lumotlarni qayd qilish. 
Statistik kuzatish ho‘jalik va turmush voqealarining hisobiga asoslanadi. Turli 
shakldagi korxonalar va ularning uyushmalarida ho‘jalik voqealari buxgalteriya va 
operativ texnika hisoblarida qayd qilinadi. Statistik kuzatish ko‘pincha ana shu hisob 
turlari ma’lumotlariga tayanadi. Shu bilan birga ayrim iqtisodiy,ishlab chiqarish 
masalalarini o‘rganish uchun bevosita kuzatish ham amalga oshiriladi.
Statistik 
kuzatish 
va 
uning 
natijasida 
to‘planadigan ma’lumotlar uchta talabga javob berishi 
kerak, ya’ni: 1) aniqlik va to‘g‘rilik; 2) to‘lalik va har 
taraflamalik; 3) taqqoslamalik, solishtirmalik.
Aniqlik – bu ma’lumotlarni real hayotiyligi, haqiqatga to‘la mos kelishi. Butun 
statistik kuzatish uslubi, uni tashkil etish va amalga oshirish yo‘li ma’lumotlarning 
aniqligini ta’minlashga qaratilgan bo‘lishi kerak.
Ma’lumotlarni haqqoniyligi avvalambor kuzatuvchi statistikning qobiliyatiga-
uning malakasiga, mahoratiga, tajribasiga, masalaning tushuna bilishiga bog‘liq. 
Ikkinchidan kuzatish jarayonida foydalaniladigan qurollar sifatiga – kuzatish dasturi, 
statistik 
formulyarlar, 
savolnomalar, 
ularni 
to‘ldirish 
uchun 
yo‘riqnoma 
(instruktsiyalar)larning mavjudligi, ular to‘liq sodda va tushunarli qilib tuzilishi, 
jumla va so‘zlarning yagona mazmunga ega bo‘lishiga bog‘liq. 
Uchinchidan, ma’lumotlarni aniq va haqqoniy bo‘lishiga kuzatilayotgan 
obyektning tayyorgarlik darajasi ham ta’sir etadi. Masalan, turmush voqealarini 
kuzatishda aholiga ommaviy axborot vositalari orqali o‘tkaziladigan tekshirishning 
maqsadi, vazifalarini tushuntirish muhim ahamiyatga ega. 
Statistik kuzatish - bu 
o‘rganilayotgan ommaviy 
hodisalar 
haqida 
boshlang‘ich 
ma’lumotlarni 
to‘plash 
jarayonidir 
Statistik 
kuzatishga 
talablar: aniqlik, to‘lalik, 
taqqoslamalik 
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com


To‘rtinchidan, ma’lumotlarni aniqligi, haqqoniyligi kuzatish uslubiga, uslubiy 
masalalarning to‘g‘ri yechilishiga bog‘liq. 
Beshinchidan, ma’lumotlarni aniqlik darajasiga ko‘rsatkichning sotsial 
funksiyasi ta’sir etadi. Masalan, chaqaloqlar o‘limi darajasi haqidagi ma’lumotlar 
noaniqligi bu voqealarni ataylab noto‘g‘ri hisobga olinishidan kelib chiqadi. 
Chaqaloq tug‘ilganidan so‘ng bir oz o‘tganda o‘lib qolishini ko‘pincha o‘lik tug‘ildi 
deb qayd qilinadi. O‘lik tug‘ilgan bola hodisalarini esa chala tug‘ilgan bola deb 
hisobga oladilar. Jinoyatlar soni haqidagi ma’lumotlar ham ishonchsizlik tug‘diradi, 
chunki ular tartibni saqlash va huquqiy tashkilotlar tomonidan qayd etilgan 
jinoyatlarnigina aks ettiradi. 
Ma’lumotlarni to‘liqligi, demak, kuzatish jarayonida hamma obyektlarni, 
birliklarni qamrab olish, har biri haqida barcha ko‘zlangan ma’lumotlarni to‘plashdir. 
O‘rganish uchun belgilangan obyektlarning ayrimlari kuzatishdan tushib qolsa, 
yoki ayrim belgi qayd qilinmay qolsa, ma’lumotlar ham to‘liq bo‘lmaydi va 
ishonchsizlik tug‘diradi. Iqtisodiy nazariya va statistikada yashirin iqtisodiyot degan 
tushuncha bor. U ma’lum maqsadni ko‘zlab iqtisodiy faoliyat natijalarini hisobdan 
yashirish, faoliyatning o‘zini ham yashirincha amalga oshirishni anglatadi. Demak, 
bu holda statistik kuzatish barcha ho‘jalik yurituvchi subyektlarni, hamma iqtisodiy 
faoliyat turlari va birliklarini, ularning natijalarini qamrab olmaydi. Oqibatda 
ma’lumotlar to‘liq bo‘lmaydi. 
Shuning uchun makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarni to‘liqligini ta’minlash 
maqsadida statistika tashkilotlari kuzatish ma’lumotlarining kamini to‘ldirishga oid 
baholash ishlarini amalga oshiradi, ularni hisob to‘ldirmalarini baholash deb atash 
mumkin. 
Ayrim hodisalar haqidagi ma’lumotlar bir-birlari bilan taqqoslama, ya’ni vaqt, 
joy, hudud va uslub jihatidan yagonaviylikka, tuzilish o‘xshashligiga ega bo‘lishi, bir 
vaqtda va ma’lum makon chegarasida hamda yagona metodikada to‘planishi kerak. 
Bundan tashqari, boshqa va oldin bajarilgan tekshirishlar bilan solishtirmaligi 
ta’minlanishi lozim, aks holda hodisa dinamizmi haqida to‘g‘ri xulosa chiqarib 
bo‘lmaydi. 
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com


Iqtisodiy ma’lumotlarning taqqoslamaligini 
ta’minlash uchun milliy va xalqaro standartlarni 
(andozalarni) ishlab chiqish va ularga to‘la amal qilish 
muhim rol o‘ynaydi. Milliy standartlar mamlakat 
miqyosida obyektlarni tasniflash, ko‘rsatkichlarni 
tuzish va hisoblash, ma’lumotlarni qayd qilish 
jarayonida rioya qilinishi zarur bo‘lgan talablar, tartib 
qoidalar, kontseptsiyalar majmuasidir. Ular odatda 
xalqaro standartlarga asoslanadi. Xalqaro andozalar 
deganda o‘rganilayotgan hodisalarni tasniflashda, 
statistik ko‘rsatkichlarni tuzish va hisoblashda, 
ma’lumotlarni qayd qilish va hisobga olish jarayonida 
butun dunyo miqyosida yoki ma’lum mamlakatlar 
birlashmasi chegarasida qo‘llash uchun tavsiya 
etiladigan umumiy tartib qoidalar, talablar konsepsiyalar majmuasi tushuniladi. 
Milliy standartlarga rioya qilish majburiydir. Xalqaro andozalar esa odatda tavsiyaviy 
xarakterga ega, ammo ularni hisobga olinishi ustidan xalqaro tashkilotlar nazorat olib 
boradi. 

Yüklə 1,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   175




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə