300 mamlakatda soliq qarzdorligini ilg‘or xorij tajribasi asosida qisqartirish yo‘llari



Yüklə 1,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/13
tarix07.10.2023
ölçüsü1,01 Mb.
#125952
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Xulosa va takliflar.
 
Xulosa sifatida shuni 
aytishimiz mumkinki, so‘nggi yillarda hukumatimiz 
tomonidan soliq yukining pasaytirilishi, soliq stav-
kalarining optimallashtirilishi, tadbirkorlik subyekt-
lariga o‘z faoliyatlarini olib borishda qator yengillik 
va keng imkoniyat yaratilib kelinmoqda. Ammo 
shunga qaramay, soliq qarzdorligi mavjud bo‘lgan 
soliq to‘lovchilarimiz talaygina. 
Muallif fikricha, soliqlar va yig‘imlar bo‘yicha 
qarzdorlikni kamaytirish ularni muddatida va to‘liq 
undirish samaradorligini oshirishda ilg‘or xorij 
tajribalari asosida quyidagi takliflar o‘z samarasini 
beradi: 
1. Amerika Qo‘shma Shtatlari tajribasi aso-
sida mamlakatimizda soliq organi tomonidan o‘tka-
ziladigan soliq tekshiruvlari natijasida soliq to‘lov-
MOLIYA VA SOLIQLAR


Iqtisodiyot va ta'lim / 2023-yil 3-son
304
chiga nisbatan qo‘shimcha hisoblangan soliqlar 
summasining 90 foizi ma’lum bir muddatda soliq 
to‘lovchi tomonidan ixtiyoriy ravishda to‘lab berilsa, 
soliq tekshiruvi natijasida qo‘llanilgan moliyaviy 
jarima summasini bekor qilish amaliyotini yo‘lga 
qo‘yish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Buning nati-
jasida qo‘shimcha hisoblangan soliqlarning to‘lanish 
tezligi ortib, soliqlar o‘z muddatida budjetga tushi-
shi ta’minlanadi. 
2. Germaniya davlatida soliq qarzlaridan voz 
kechish holatlari ko‘p uchraydi. Bu, ayniqsa, kichik 
tadbirkorlik subyektlariga to‘g‘ri keladi. Ular kichik 
tadbirkorlik subyektlarini “nihol”ga o‘xshatishadi. 
Ularning fikricha, aynan shu amaliyot mamlakatda 
tadbirkorlik faoliyatini rivojlantiradi va kelgusida 
budjetga soliq tushumlarini oshiradi. O‘zbekiston 
soliq tizimida ham mazkur amaliyot qo‘llanilishi 
kelgusida mamlakatimizda tadbirkorlar soni ko‘pa-
yishiga va buning natijasida davlat budjetiga soliq 
tushumlari oshishiga o‘zining munosib hissasini 
qo‘shadi. 
3. Fransiya davlati tajribasi asosida mamlaka-
timiz soliq tizimida soliq qarzdorligini majburiy 
undiruv choralarini qo‘llash orqali undirishdan 
oldin uning paydo bo‘lish sababini o‘rganish lozim. 
Agar soliq to‘lovchi tomonidan soliqlar va yig‘im-
lardan qarzdorlik summasi qasddan vujudga kelti-
rilmagan bo‘lsa, unga yig‘imlardan qarzdorlik sum-
masini ma’lum bir muddatda to‘lash bo‘yicha xabar-
noma yuborish maqsadga muvofiq hisoblanadi. 
Sababi korxonalarda soliq hisobotini taqdim etish 
bilan shug‘ullanadigan (odatda, buxgalteriya) 
xodimining, ya’ni jismoniy shaxsning aybi (uning 
kasalligi, ishdan bo‘shaganligi va h.k.) tufayli yuridik 
shaxsga nisbatan soliqlarni muddatida to‘lamagan-
ligi uchun majburiy undiruv choralarini qo‘llash 
maqsadga muvofiq emas. 
4. Qozog‘iston Respublikasi soliq tizimida 
soliq organi soliq qarziga ega bo‘lgan soliq to‘lovchi-
lar ro‘yxatini ommaviy axborot vositalarida e’lon 
qilib borish amaliyotidan keng foydalaniladi. Ushbu 
amaliyot Qozog‘iston Respublikasi Soliq kodeksi-
ning 127-moddasida mustahkamlab qo‘yilgan [14]. 
Respublikamizda mazkur amaliyot joriy etilishining 
ijobiy tomoni shundaki, yuridik shaxslar hamda 
yakka tartibdagi tadbirkorlar o‘zlarining kontra-
gentlari bilan iqtisodiy munosabatga kirishishdan 
oldin, ularning moliyaviy ahvolini, shu jumladan
soliq qarzdorligi to‘g‘risida ma’lumotlarni o‘rganadi. 
Buning natijasida soliq qarziga ega soliq to‘lovchilar 
bilan iqtisodiy munosabatga kirishish holatlari 
kamayadi. Sababi budjet oldidagi soliq qarzini to‘lay 
olmayotgan soliq to‘lovchiga uning kontragenti 
biron-bir tovarni sotishdan oldin tovarning puli 
qachon kelib tushishi hamda debitorlik qarzdorligi 
vujudga kelishi holatlarini tahlil qiladi, ya’ni soliq 
qarziga ega soliq to‘lovchi sotib olingan tovarning 
pulini to‘lay olmasligi to‘g‘risida shubha paydo 
bo‘ladi. Shuningdek, mazkur amaliyot soliq qarziga 
ega soliq to‘lovchining obro‘si(reputatsiyasi)ga 
salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Buning oqibatida soliq to‘-
lovchi kelgusida unda soliq qarzi yuzaga kelmasligi 
uchun soliqlarni o‘z vaqtida to‘lash choralarini 
ko‘radi.

Yüklə 1,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə