300 mamlakatda soliq qarzdorligini ilg‘or xorij tajribasi asosida qisqartirish yo‘llari



Yüklə 1,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/13
tarix07.10.2023
ölçüsü1,01 Mb.
#125952
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
MOLIYA VA SOLIQLAR


Iqtisodiyot va ta'lim / 2023-yil 3-son
302
da budjetda qarz (boqimanda) vujudga kelish holat-
lari tadqiq qilingan [10]. 
Tadqiqot 
metodologiyasi.
 
Tadqiqotni 
amalga oshirishda ilmiy mushohada, statistik 
kuzatish, statistik grafiklardan foydalanilgan holda 
qiyosiy tahlil, ma’lumotlarni guruhlash, absrakt-
mantiqiy fikrlash, induksiya va deduksiya 
usullaridan foydalanildi. Ushbu tadqiqot usullari 
soliq ma’murchiligini, xususan, soliq qarzdorligini 
qisqartirish mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha 
xulosa va takliflarni shakllantirishga xizmat qiladi. 
Tahlil va natijalar muhokamasi.
 
So‘nggi 
yillarda mamlakatimizda raqobatbardosh mahsulot-
lar (ishlar, xizmatlar) ishlab chiqarilishini rag‘bat-
lantirish, tadbirkorlik subyektlari o‘rtasida erkin 
raqobat muhitini qo‘llab-quvvatlash va ular uchun 
teng imkoniyat yaratishga qaratilgan soliq tizimini 
joriy qilishga qaratilgan keng ko‘lamli chora-tadbir-
lar amalga oshirilib kelinmoqda. Bu borada huku-
matimiz tomonidan soliq yukini kamaytirish, soliq 
turlarini unifikatsiya qilish, soliqlar va yig‘imlarni 
hisoblab chiqarish hamda soliq organiga soliq 
hisobotlarini taqdim etish tartibini soddalashtirish, 
shuningdek, soliq stavkalarini optimallashtirishga 
ham alohida e’tibor berildi. 
Ammo amaliyotda soliq to‘lovchilar, xususan, 
bizning holatimizda aynan yuridik shaxslar va 
yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan har xil 
noqonuniy yo‘llar (sxema) orqali soliqlarni qasddan 
to‘lamaslik yoki soliqlarni to‘lashdan bo‘yin tovlash 
holatlari ham uchraydi. Ushbu to‘lanmagan summa 
soliq qonunchiligiga binoan soliq qarzi hisoblanib, 
soliq organlari tomonidan majburiy undirishga 
qaratiladi. Soliq organi tomonidan barcha choralar 
ko‘rilganidan so‘ng ham soliq qarzdorligi undiril-
may qolsa, ushbu soliq to‘lovchilar sud tomonidan 
to‘lovga qobiliyatsiz, ya’ni bankrot deb e’tirof etiladi 
hamda ularning soliqlar va yig‘imlardan qarzdorlik 
summalari umidsiz deb qaralib, hisobdan chiqari-
ladi [11]. 
Mamlakatimizda ushbu holatni 2017-2021-
yillar mobaynida soliq qarzdorliklari undirilishi 
umidsiz bo‘lgan, shu jumladan, jinoyat ishi qo‘zg‘a-
tilgan, xufiyona faoliyat yuritgan korxonalar hamda 
yer maydonlari olib qo‘yilgan soliq to‘lovchilar sud 
tomonidan to‘lovga qobiliyatsiz (bankrot) deb topil-
gan soni tahlilini quyidagi 1-rasm orqali ko‘rishimiz 
mumkin.

Yüklə 1,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə