300 mamlakatda soliq qarzdorligini ilg‘or xorij tajribasi asosida qisqartirish yo‘llari



Yüklə 1,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/13
tarix07.10.2023
ölçüsü1,01 Mb.
#125952
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Adabiyotlar tahlili.
 
Mamlakatda soliq ma’-
muriyatchiligini takomillashtirishning ustuvor yo‘-
nalishlari, shu jumladan, soliqlar va yig‘imlar bo‘yi-
cha qarzdorlik summalarini qisqartirishning ayrim 
masalalari qator xorijiy va mahalliy olimlar tomoni-
dan ilmiy ishlarida tadqiq qilingan. 
Mazkur masala bo‘yicha ilmiy tadqiqot olib 
borgan xorijlik olim V. Morozning fikriga ko‘ra, 
«Soliq to‘lovchilarning soliqlar va soliq qarzini bir 
xil mazmunda tushunishi chalkashliklarni keltirib 
chiqaradi. Hech qachon sud yoki soliq organi soliq-
larni undirmaydi. Faqatgina soliq qarzi, penya ham-
da moliyaviy sanksiyalar undirishni talab etadi. 
Hattoki, soliq qarzi ham undirilmay, balki ixtiyoriy 
ravishda to‘lanishi mumkin. Aynan shu xulosa soliq 
qonunchiligida belgilab qo‘yilsa va buning natijasi-
da fuqarolarning huquqiy ongida ham aks etsa, soliq 
to‘lovchilar uchun soliqlar «erkinlik» belgisi sifatida 
ham namoyon bo‘ladi» [4]. 
Xorijlik olim Michael Brostek esa o‘z tadqiqo-
tida soliq qarzi undirilishining samaradorligini oshi-
rish bo‘yicha quyidagi omillarini ko‘rsatib o‘tadi, 
xususan:
– mamlakatda soliq qarzi summalarining 
paydo bo‘lishiga yo‘l qo‘yishning oldini olishda soliq 
yukini pasaytirish kelajakda soliq qarzdorliklari 
kamayishiga olib keladi; 
– muddatida to‘lanmagan soliqlar va yig‘im-
larni undirish strategiyasi faqat belgilangan davr 
mobaynida o‘z ijobiy natijasini beradi [5]. 
Bu borada rus tadqiqotchilari S.N.Alixin va 
D.A.Levacheva o‘z ilmiy tadqiqotlarida soliq qarzini 
undirish mexanizmining nazariy asoslarini keltirib 
o‘tishgan. Unga ko‘ra, ular soliq qarzini undirish 
soliq bazasini kengaytirish bilan birgalikda uni soliq 
to‘lovchidan undirish murakkabligini ta’kidlab, bu 
jarayonga alohida yondashuvni inobatga olgan hol-
da soliq qarzi mavjud bo‘lgan tadbirkorlik subyekt-
larining moliyaviy holatidan kelib chiqib undirish 
mexanizmni ishlab chiqish kerakligini ta’kidlash-
gan[6]. 
Bundan tashqari I.G.Vinoxodova ham o‘zining 
ilmiy ishida soliq qarzlarini undirishda soliq qarzi 
mavjud xo‘jalik yurituvchi subyektlardan mol-
mulklarini xatlash jarayonini ko‘paytirish samarali 
natija berishini aytib o‘tadi [7]. 
Mahalliy iqtisodchi olimlarimiz A. Tangriqu-
lov va Sh. Toshmatovlar fikricha, soliq qarzlarining 
nazariy jihatdan vujudga kelish sabablari quyidagi-
lardan iborat:
– o‘zaro moliya-xo‘jalik munosabatlarida bo‘l-
gan xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan to‘lov 
intizomiga rioya qilmaslik va buning oqibatida debi-
torlik, kreditorlik qarzlarining oshib ketishi; 
– moliya-xo‘jalik faoliyatini rejalashtirish va 
bu faoliyatni noto‘g‘ri boshqarish; 
– xo‘jalik yurituvchi subyektning mahsulotiga 
(bajarilgan ish va xizmatlarga) iste’mol talabining 
keskin o‘zgarishi; 
– ishlab chiqarilgan mahsulotning (bajarilgan 
ish va xizmatlarning) sifati buyurtmachining yoki 
bozor talabiga javob bermasligi [8]. 
Shuningdek, I. Niyazmetovning ta’kidlashicha, 
soliq qarzi yuzaga kelishini “QQS va mulkiy soliqlar 
yukining, asosan, sanoat korxonalari zimmasiga 
yuklatilganligi soliq yukining notekis joylashuviga, 
sanoat korxonalari soliq yukining nisbatan og‘ir 
bo‘lishiga sabab bo‘lmoqda. Bu esa korxonalarda 
soliq qarzi muammosini tugatishga yo‘l bermaydi. 
Soliq qarzlarining katta qismi umumbelgilangan 
soliqlar kesimiga to‘g‘ri keladi. Bu esa soliq yukining 
umumbelgilangan tartibda soliq to‘lovchi korxona-
lar moliyaviy faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan 
darajada og‘irligidan dalolat beradi” [9]. 
A. Jo‘rayevning “Davlat budjeti daromadlarini 
shakllantirishning dolzarb muammolari” mavzu-
sidagi doktorlik tadqiqot ishi davlat budjeti daro-
madlarini shakllantirish borasidagi muammolarni 
tahlil qilishga bag‘ishlagan. Aynan ushbu tadqiqotda 
mamlakatimizda ilk bor davlat budjeti soliqli daro-
madlari ijrosida to‘lov intizomi, soliqlarni undirish-

Yüklə 1,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə