300 mamlakatda soliq qarzdorligini ilg‘or xorij tajribasi asosida qisqartirish yo‘llari



Yüklə 1,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/13
tarix07.10.2023
ölçüsü1,01 Mb.
#125952
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
MOLIYA VA SOLIQLAR


Iqtisodiyot va ta'lim / 2023-yil 3-son
301
jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i va 
ijtimoiy soliq stavkalari 12 foizgacha, shu jumladan, 
pandemiya davrida 1 foizgacha pasaytirildi. Bu esa 
o‘z navbatida, ish haqi fondi bo‘yicha soliq yukining 
1,5 baravaridan ko‘proq kamayishiga olib keldi [2]. 
Mamlakatimizda soliq sohasida amalga oshi-
rilayotgan qator islohotlar natijasida bugungi kunda 
soliq yuki 27 foizgacha tushirildi. Shunday bo‘lsa-
da, soliq qarzdorligi yildan yilga oshib bormoqda. 
Shu o‘rinda ta’kidlash joizki, tadbirkorlik faoliyatini 
tashkil qilish va doimiy daromad manbalarini shakl-
lantirish uchun sharoitlar yaratish, xususiy sektor-
ning yalpi ichki mahsulotdagi ulushini 80 foizga va 
eksportdagi ulushini 60 foizga yetkazish maqsadida 
2026-yilga borib tadbirkorlik subyektlariga soliq 
yuklamasining yalpi ichki mahsulotdagi ulushini 
25 foizgacha kamaytirish vazifasi soliq organlariga 
yuklatildi [3]. 
Davlat budjeti daromadlarining asosiy qismi 
soliqlar va yig‘imlar hisobidan shakllanishi hamma-
mizga ma’lum. Soliqlar va yig‘imlarning o‘z mudda-
tida va to‘liq hajmda tushishi davlat miqyosida 
amalga oshirilayotgan barcha chora-tadbirlarning
ya’ni budjet va maqsadli jamg‘armalarning xarajat 
qismini o‘z vaqtida moliyalashtirishga xizmat qiladi. 
Shunga ko‘ra, soliqlarning belgilangan muddatda 
kelib tushishini ta’minlash vazifasi muhim aha-
miyatga ega hamda bu, o‘z navbatida, soliq organiga 
katta mas’uliyat yuklaydi. Shuningdek, soliq to‘lov-
chilarning soliqlar va yig‘imlar bo‘yicha soliq qarz-
dorligini qisqartirish va kelgusida soliq qarzdorlik-
larining vujudga kelishining oldini olishda zarur 
chora-tadbirlar ishlab chiqish bugungi kunning e’ti-
bor beriladigan eng muhim masalalaridan biri 
hisoblanadi. 

Yüklə 1,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə