300 mamlakatda soliq qarzdorligini ilg‘or xorij tajribasi asosida qisqartirish yo‘llari


-rasm. Soliq qarzi umidsiz deb e’tirof etilgan yuridik shaxslar va



Yüklə 1,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/13
tarix07.10.2023
ölçüsü1,01 Mb.
#125952
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
1-rasm. Soliq qarzi umidsiz deb e’tirof etilgan yuridik shaxslar va 
yakka tartibdagi tadbirkorlar tahlili [12] 
 
Yuqoridagi 1-rasm ma’lumotlaridan shuni 
ko‘rishimiz mumkinki, respublika bo‘yicha umidsiz 
soliq qarziga chiqarilgan soliq to‘lovchilar soni 
2017-yilda 101,1 mingta, 2018-yilda 121,3 mingta, 
2019-yilda 109,7 mingta, 2020-yilda 135,9 mingta 
hamda 2021-yilda 100,6 mingtani tashkil etgan va 
bu ko‘rsatkich 2017-yilga nisbatan 0,5 mingtaga 
yoki o‘rtacha 1 foizga kamaygan. 
Shuningdek, umidsiz soliq qarzi deb e’tirof 
etilib, hisobdan chiqarilgan summa 2017-yilda 
1 508,5 mlrd. so‘mni, 2018-yilda 2 191,6 mlrd. 
so‘mni, 2019-yilda 1 880,5 mlrd. so‘mni, 2020-yilda 
2 104,0 mlrd. so‘mni hamda 2021-yilda 5 039,8 
mlrd. so‘mni tashkil etgan va bu 2017-yilga nisba-
tan 3 531,3 mlrd. so‘mga yoki 70 foizga (o‘sish 
sur’ati o‘rtacha 17 foiz) oshgan. Agar yillar davomi-
da inflatsiya darajasi va soliq to‘lovchilar sonini 
MOLIYA VA SOLIQLAR


Iqtisodiyot va ta'lim / 2023-yil 3-son
303
inobatga oladigan bo‘lsak, ushbu yillarda umidsiz 
soliq qarziga chiqarilayotgan soliq qarzi summalari-
da ham deyarli farq mavjud emas. Ammo yuqorida 
tahlil qilingan ko‘rsatkichlarni ijobiy deb bo‘lmaydi 
va bu soliq munosabatlari sohasida soliq qarzdorli-
gini undirish mexanizmini yanada rivojlantirish 
ishlarini davom ettirish kerakligidan dalolat beradi. 
Yana shuni ta’kidlab o‘tish joizki, har bir dav-
lat va jamiyatning o‘z tarixi, kelib chiqishi, strategik 
joylashgan o‘rni, mentaliteti, demografik tarkibi 
alohida ahamiyat kasb etadi. Soliq qarzdorligining 
paydo bo‘lishida ushbu unsurlar ham rol o‘ynaydi. 
Xususan, rivojlangan mamlakatlarda soliq qarzdor-
ligini undirishning o‘ziga xos xususiyatlarini 
quyidagi 1-jadval asosida ko‘rib chiqamiz. 

Yüklə 1,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə