4- mavzu Ilk bolalik davrida o’z-o’zini anglash. Reja: Ilk bolalik davrida o’z-o’zini anglash. Insonning psixik rivojlanishi


Demak, bog‘cha yosh davrida xulq-atvoming yangi motivlari



Yüklə 20,59 Kb.
səhifə4/4
tarix28.11.2023
ölçüsü20,59 Kb.
#135792
1   2   3   4
4- mavzu Ilk bolalik davrida o’z-o’zini anglash. Reja Ilk bolal (1)


Demak, bog‘cha yosh davrida xulq-atvoming yangi motivlari
paydo bo‘ladi. Bu motivlar muayyan o‘zaro munosabatlarga kirishib,
bir-biriga bog‘langan holda motivlar ierarxiyasini hosU qiladi. Motivlar
ierarxiyasi bog‘cha yosh davridagi bolaning motivatsion sohasida
paydo bo‘luvchi va uning rivojlanishida juda muhim o‘rin egallovchi
tuzUma bo‘lib hisoblanadi. Motivlar ierarxiyasidagi motivlaming bir- biriga o‘zaro tobe bo‘lib bog‘langanligi tufayli bola muhim, lekin ancha zerikarli vazifani bajarish uchun ayni damda unga qiziqarli bo‘lib ko‘ringan mashg‘ulotdan voz kechishi mumkin. Bog‘cha yosh davrida faoliyat motivlari ma’lum bir tizimga tushib, ayrim motivlar boshqalaridan ustun kela boshlaydi. Qanday motivning ustun kelishi bola hulqatvorining yo‘nalishini belgUab beradi. Bog‘cha yosh davrida bola shaxsining o‘zagi endigina shakUanayotgan bo‘lsa ham shu davrdayoq bolalar hulq-atvorida ma’lum bir yo‘nalganlik kuzatUa boshlaydi. Bu
yo‘nalganlik harxil — egoistik yo‘nalganlikdan tortib, individualistik, ijtimoiy yo‘nalganlikkacha bo‘lishi mumkin (albatta, ushbu yoshning imkonyatlari doirasida). Bog‘cha yoshidayoq ba’zi bolalar xulq-atvorida yaratuvchanlik, ayrim bolalarda esa buzg‘unchilikka, iste’molchilikka bo‘lgan mayllar yorqin namoyon bo‘ladi. Tarbiyachi va ota-onalar bunday mayllami tez payqab olishi lozim. Chunki bu salbiy xususiyatlami o‘z vaqtida korrektsiya qilish, ijtimoiy jihatdan qadrlanadigan ehtiyoj va motivlami shakllantirish, har bir bola uchun o‘z-o‘zini namoyon etishga sharoit yaratish imkoniyatini beradi.

Yüklə 20,59 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə