4-amaliy mashg`ulot boshqa turdagi matbaa mahsulotlari dizayni. Ishning maqsadi



Yüklə 14,58 Kb.
səhifə1/5
tarix28.11.2023
ölçüsü14,58 Kb.
#135722
  1   2   3   4   5
4-amaliy mashg`ulot boshqa turdagi matbaa mahsulotlari dizayni. -fayllar.org


4-amaliy mashg`ulot boshqa turdagi matbaa mahsulotlari dizayni. Ishning maqsadi

4-AMALIY MASHG`ULOT
BOSHQA TURDAGI MATBAA MAHSULOTLARI DIZAYNI.


Ishning maqsadi: Zamonaviy media dizayn dasturlaridan foydalanib logatip, vizitka, convert, bukletlarni dizayn qilish


Amaliy mashg`ulotni olib borish uchun: zamonaviy kompyuter texnologiyalari va dizayn dasturlaridan foydalanish kerak bo`ladi.


Ishning bajarilish tartibi:
1. Matbaa mahsulotlari dizaynini yaratishni bosqichma bosqich o`rganish
2. Logatip, vizitka, convert, bukletlarni dizayn qilish va dizayn usullarini o`rganish
Matbaa dizayni
Matbaa mahsuloti dunyosi ajoyib ko’tarilish va gurkirab rivojlanishni boshidan kechiryapti. Har qaysi, hatto eng kichik firma ham o’zining firma logotipi, vizitkalar, firma bukletlari, kalendarlar va hokazo mavjud bo’lishini istaydi. Firmalar o’rtasida raqobat yuqori, ijodiy g’oya, fikrlarni yuzaga chiqarish uchun vositalar – dengiz misoli, a’lo darajadagi dizaynerlik yechimlar misollari O’zbekistonda bo’lgani kabi G’arbda ham juda ko’p. Bu esa shuni anglatadiki, o’zini bilimdon mutaxassis va ijodiy ishlovchi xodim sifatida namoyon etgan, o’z ishlarida dadil g’oya va fikrga ega bo’lgan dizaynerga doimo talab va ehtiyoj yuqori bo’ladi. Bunday kasbiy mahoratga yetishishgacha o’sish – bu boshqa gap.
Firma stili
Hammasidan avval “firma stili” tushunchasiga nima kirishi va u nimaga kerak ekanligini aniqlab olamiz. Har qanday kompaniyaga, o’z mahsulotini yuqori tomon harakatlantirish uchun tovarlar va xizmatlar bozorida yaxshi tanilishi (va eslanib qolinishi undan ham yaxshi) lozim. Aynan firma stili-yorqin logotip, oson esda qoluvchi slogan va stilli vakolatli mahsulot – ushbu kichik ajoyibotni yuzaga keltirishi – firmani mashhur qilishi mumkin! Agar firma stili yuqori mahoratda yaratilgan bo’lsa, kompaniyanig ish imiji uning nufuzini oshirishga xizmat qiladi.
Firma stilini yarata turib, dizayner uni shunday o’ylab topishi lozimki, bunda stil elementlarini barchasida, vizitkadan tortib kompaniyaning to har qanday reklama va sovg’abop mahsulotigacha kuzatish mumkin bo’lsin (bukletlar, papkalar, konvertlar, bloknotlar, ruchkalar va hokazo).
“Firma stili” tushunchasiga quyidagilar kiradi:
  1. Firma ranglari va shriftlarini tanlash (yoki shriftlar yaratish);


  2. Kompaniyaning logotipi;


  3. Korporativ vizitkalar dizayni;


  4. Pochta konverti dizayni;


  5. Firma blankasi dizayni;


  6. Papka (qog’oz, jild) dizayni;


  7. Sovg’a mahsulotlari dizayni (ruchka, mayka, beysbolkalar va hokazo);


  8. Tashqi reklama dizayni.




Logotip
Dizaynerlar uchun eng keng tarqalgan buyurtmalar – logotiplar va vizitkalardir. Tovar belgisi yoki logotip – bir kompaniyaning tovar yoki xizmatlarini boshqa kompaniyalarning Tovar xizmatlaridan ajratishga imkon beruvchi grafik obrazdir.
Logotip kompaniyaning firma stilining markaziy elementi bo’lib hisoblanadi. Kompaniya imijini shakllantirishning muhim tashkil etuvchisi bo’lgan holda, dizayner tomonidan yaratilgan logotip ko’p yillar davomida kompaniyaning yuzi bo’lib turadi. Shuning uchun, siz o’ziga xos ajoyib logotipini yaratishingizni yodingizda tuting, unda amalda mavjud logotiplarning detallaridan foydalanilmasligi yoki begona stildan nusxa ko’chirilmasligi lozim.
Logotip yaratish bo’yicha bir necha tavsiyalar. Birinchidan, firma logotipi o’ta murakkab bo’lmasligi va ko’plab mayda detallardan tashkil topgan bo’lishi lozim (89-rasm).

89-rasm. Logotip
89-rasmda siz ko’plab detallardan tashkil topgan logotipni ko’rasiz va u buyurtmachi tomonidan qabul qilingan bo’lsada, turli tashuvchilarda u qanday ko’rinishini hisobga olinishi lozim. Masalan, logotip qog’oz blankaga, kartonga, metallga (viveskalar), matoga, plastmassaga (sovg’alar) va hokazo joylashtirilishi mumkin. Bunda buyurtmachi dizaynerdan so’ramagan holda logotipni veb-sahifaga joylashtirishi mumkin. Ba’zan bunday harakatlardan keyin logotipning detallari yo’qoladi, yozuvning aniqligiga putur yetadi va hokazo. Shuning uchun o’zingizni logotipingiz dizaynini quyidagi ravishda tekshiring: JPEG o’lchamida saqlang, kichraytiring, u qanday qaralishini ko’ring, printerda bosib chiqaring. Agar logotip sizga ham yoqayotgan bo’lsa, demak u to’g’ri qilingan.

Yüklə 14,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə