4-amaliy mashg`ulot boshqa turdagi matbaa mahsulotlari dizayni. Ishning maqsadi



Yüklə 14,58 Kb.
səhifə4/5
tarix28.11.2023
ölçüsü14,58 Kb.
#135722
1   2   3   4   5
4-amaliy mashg`ulot boshqa turdagi matbaa mahsulotlari dizayni. -fayllar.org

Vizitka dizayni
Vizitkadagi shrift oson o’qilishi lozim, kolligrafik yoki dekorativ shriftlar har doim ham o’qish uchun qulay bo’lavermaydi, shuning uchun ulardan voz kechish durust. Vizitka maketini butkul matn va tasvirlar bilan to’ldirib tashlash kerak emas. “Xavo”si bor vizitkalar qiziqarliroq ko’rinadi va oson qabul qilinadi.
Juda mayda shriftdan foydalanmaslik lozim, u yaxshi va aniq bosilmaydi.
Esda tuting, agar axborot sig’masa, ikki tomonlama vizitka tayyorlanishi mumkin.
Maket yaratishda qog’oz turini hisobga oling: oqartirilgan silliq karton, laminatsiyalangan, ezib shakl tushirilgan, teksturali qog’oz va hokazo. Bularning barchasi turli xususiyatga ega va ularga har qanday dizayn ham to’g’ri kelavermaydi. Buyurtmachiga vizit kartochkasi tayyorlashning barcha nozik tomonlarini tushuntirish uchun, qo’l ostida qog’oz va materiallarning namunalari mavjud bo’lishi maqsadga muvofiqdir.
Maket yarata turib, vizitkani ko’rinishi va ko’zlanish maqsadini hisobga olish zarur. Bugungi kunda vizitkalarning uch asosiy turlarini alohida ko’rsatish mumkin: bu shaxsiy, ish va xizmatga aloqador va korporativ.
Konvert va buklet
Firmaga oid convert – korporativ stilning muhimlikda qolishmaydigan elementidir (92-rasm). Biroq, logotip ishlab chiqib bo’lingach, qo’shimcha elementlarni yaratilishi (firma blankalari, konvertlar, papkalar va hokazo) soddalashadi.
Convert asosan, bus hart bo’lmasida, oq qog’ozdan yasaladi. Convert ustida: kompaniya logotipi, “kimga”, “qayerga” axboroti bo’lishi shart, shuningdek kompaniya slogani va qo’shimcha dizayn elementlari mavjud bo’lishi mumkin.

92 –rasm. Konvert


Konvertlarning o’lchamlari
  1. C6 (114x162 mm). ushbu konvertdan to’rtga buklangan A4 o’lchamli list va ikkiga buklangan A5 o’lchamli qog’oz varag’ini jo’natish uchun foydalanilishi mumkin.


  2. “Yevro” konverti (110x220 mm). bu convert taklifnomalar, standart flayerlar, shuningdek 110x210 mm o’lchamli otkritkalar tarqatish uchun mo’ljallangan. Convert shuningdek uch buklangan A4 o’lchamli hujjatni sig’dirishi mumkin.


  3. “Yevro +” Yevrostandart. O’lchami 114x229 mm.


  4. C5 (162x229 mm), A5 o’lchamli qog’ozni yoki ikki buklangan A4 qog’oz varag’ini jo’natish uchun foydalaniladi.


  5. C4 (229x324 mm, o’lcham A4), bunday convert buklanmagan A4 o’lchamli hujjatni o’ziga sig’diradi.




Buklet
Buklet (fr. Buuclette – jimjimador) – bu varaqni ikki tomoniga bosilgan, ikki yoki undan ortiq iz tushirilgan holda buklanuvchi, bir nechta ochiluvchi sahifalar hosil qiluvchi nodavriy varaqli nashr. 10x21 sm o’lchamli ikki egma holda buklangan, A4 buklet o’lchamini reklama qilinishida eng ommalashgan. Bunday buklet broshyuraga nisbatan past tannarxga ega, lekin varaqa kabi axborotbop hisoblanadi, qaysiki bu uni ommabop bo’lishiga sabab bo’ldi. Shuningdek A4, A5 va boshqa o’lchamdagi ko’psahifali bukletlar ham mavjud.

93-rasm. Buklet
Buklet turlari
Ko’zlanish maqsadlariga bog’liq ravishda, bukletlar uch turga bo’linadi:
  1. Axborot beruvchi (ularda reklama xususiyatiga ega bo’lmagan axborot mavjud bo’ladi. Masalan, shahar bo’ylab yo’l ko’rsatkich, transport marshrutlari jadvali va hokazo);


  2. Reklamaga oid (tovar va xizmatlarni reklama qilish uchun va firma yoki mahsulotga qiziqishni shakllantirishga mo’ljallangan);


  3. Vakolatli, o’zini tanitishga oid (notijorat axborotga ega, ammo insonda harakterga chorlanishni uyg’otadi, masalan ijtimoiy so’rovlar.





Yüklə 14,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə