4-amaliy mashg`ulot boshqa turdagi matbaa mahsulotlari dizayni. Ishning maqsadi



Yüklə 14,58 Kb.
səhifə3/5
tarix28.11.2023
ölçüsü14,58 Kb.
#135722
1   2   3   4   5
4-amaliy mashg`ulot boshqa turdagi matbaa mahsulotlari dizayni. -fayllar.org

Vizitka (tashrif qog’ozi)
Logotipdan keyin ikkinchi galda vizitka maketi yaratiladi. Bu firma stilining eng talab qilinuvchi elementi, buning ustiga logotip vizitkada oddiy oq fondagiga qaraganda ko’proq foydali bo’lib ko’rinadi.
Vizitka – (tashrif qog’ozi) bu yaxshi sifatli qattiq kartondan bo’lgan to’g’ri to’rtburchak shakldagi bosma buyum, uning ustida bosmaxona usulida familiya, ism-sharifi, firmaning nomi va uning logotipi bosilgan bo’ladi (91-rasm).

91-rasm. Vizitkalardan namunalar
Vizitka faqat familiya va telefonlar yozilgan kartochkagina emas, balki firma stilining asosiy elementlaridan biri, kompaniyaning yuzi va tadbirkorlik muloqotining umumqabul qilingan stilidir. Vizitkalar mijozlarga tarqatiladi, stendlarga qildiriladi, tijorat taklflari bilan birga jo’natiladi, mahsulotning qadog’I ichiga solinadi. Shuning uchun har qaysi mijoz aynan uning vizit kartochkasi mijozda saqlanishini istaydi. Vizitkani tashlab yubormasliklari uchun, u esda saqlanib qoluvchi noodatiy dizaynga ega bo’ladi. Unga tashlangan lok, kongrev, termobo’rtiq, o’yiq va boshqa dekorativ effektlar qo’llanishi mumkin.

Vizitkalar turlari
Vizitkaning standart o’lchami – 90x50 mm, yoki yevrostandart – 85x55 mm. Ba’zida dizaynerlar vizitka yaratishda har qaysi tomonidan qirqib tekislash uchun 2 mm dan qoldiradilar. Buni qilish mumkinmi yoki yo’qligini vizitkani bosib chiqaruvchi bosmaxona ma’lum qiladi. O’zining kichik o’lchamida bo’lishiga qaramay, vizitka – biznes va reklama olamida katta strategik qurol hisoblanadi, ayna mana shu vizitkadan tanishuv boshlanadi va u bo’yicha potensial sherikni baholaydilar.
Vizitka yaxshi taassurot qoldirishi mumkin va aksincha taajjubga olib kelishi ham mumkin. Uchrashuvdan keyin ham vizit kartochkasi o’z egasiga ishlashni davom ettiradi. Shuning uchun uning dizayni chiroyli, stilli, firma stiliga mos va esda saqlanib qoladigan bo’lishi lozim.
Vizitkani boshqalari ichidan ajratib, tanlab olish uchun, boshqa o’lchamlardan ham foydalanilishi mumkin, masalan jahon amaliyotidan kvadrat shaklidagi vizitkalar ma’lum.

Yüklə 14,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə