4. gruntga ishlov berish texnologiyaSI


Gruntlarni termik qotirish



Yüklə 447,12 Kb.
səhifə17/17
tarix05.10.2023
ölçüsü447,12 Kb.
#125336
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Dars QJR elit uchun 4-ma\'ruza

Gruntlarni termik qotirish sog‘ tuproqli (lyossli) va g‘ovakli gruntlarni oldindan burg‘ilangan diametri 10...20sm li quduqlarga qizdirilgan gaz yuborib gruntni quydirib qotirishga asoslangan. Quduqlar shaxmat shaklida bir-biridan 2...3m masofada 15m gacha chuqurlikgacha burg‘ilanib, quduqning bosh qismi beton bilan ishlanib, unda yoqilg‘ini yoqib kuydiruvchi forsunka joylashtiriladi. Forsunkaga alohida shlanglar orqali yoqilg‘i va siqilgan havo o‘zatiladi. Qo‘llaniladigan yoqilg‘i suyuq (neft, mazut,solyar yog‘i) yoki gaz ko‘rinishida (tabiiy yoki generator gazi) bo‘lishi mumkin. Siqilgan havo keragidan ortiqcha bosim 0,15...0,5atm (15...50kPa) bilan beriladi, buni natijasida ortiqcha bosim alangani forsunkadan ajralishi va uni butun quduq chuqurligi bo‘yicha tarqalishiga imkon yaratadi.
Qo‘ydirish jarayonida quduqda 600...11000 S harorat ushlab turiladi. Shunday yuqori harorat hisobiga gruntning erishi va keyinchalik pishish jarayoni amalga oshadi. Kuydirish 5...10sutka davom etishi mumkin, buning natijasida diametri 2...3m li keramik qoziq hosil bo‘ladi. Butun kuydirish davomidagi yoqilg‘i sarfi quduqning 1 pog m ga 100kg ni tashkil etadi. Grunt mustahkamligi o‘rtacha 1,0...1,2MPa ni tashkil etadi, lekin bu mustahamlik 10MPa gacha yetishi ham mumkin.
Elektr usuli bilan namli loyli gruntlar qotiriladi. Usul elektroosmos effektining qo‘llanilishiga asoslangan bo‘lib, buning uchun grunt orqali kuchlanishi 0,5...1,0 V/sm2 va zichligi 1...5A/m2 bo‘lgan doimiy elektr toki o‘tkaziladi. Tokning ta’siri natijasida loy quriydi, zichlanadi va uning ko‘pchish xususiyati yo‘qoladi.
Elektro kimyoviy qotirish. Bu usul loyli va serbalchiqli gruntlarda qo‘llanadi. Gruntga parallel qatorlar bilan har 0,6...1,0m masofada temir sterjenlar yoki quvurlar qoqilib, ulardan kuchlanishi 30...100V va qotiriladigan gruntning tik ko‘ndalang 1m2 kesimiga 0,5...7 A tok kuchiga ega doimiy elektr toki o‘tkaziladi.
Elektrkimyoviy usulning o‘ziga xosligi shundan iboratki, unda gruntga cho‘ktiriladigan qatorlararo metallsterjenlar (anodlar) va quvurlar(katodlar) almashtirilib tushiriladi, ulardan gruntga tok o‘tishini ko‘chaytiruvchi, gruntni qotish jarayonini jadallashtiruvchi kalsiy xlor, natriy silikat, temir xlori va boshqa kimyoviy qushimchalar eritmalari yuboriladi.
Bu usullarni gruntning filtratsiya koeffitsienti kam ya’ni 0,2...2m/sut bo‘lganda qo‘llash mumkin .Grunt kalsiy xlor eritmasi bilan to‘yinganligi va so‘ng bu gruntdan elektr tokini o‘tkazish natijasida, gruntda orqaga qaytmaydigan o‘zgarishlar bo‘ladi ya’ni ularni ko‘pchishi to‘xtaydi, mustahkamlik tavsiflari oshadi.
Yüklə 447,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə