4. gruntga ishlov berish texnologiyaSI


Silikatlash (kimyoviy usul)



Yüklə 447,12 Kb.
səhifə15/17
tarix05.10.2023
ölçüsü447,12 Kb.
#125336
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Dars QJR elit uchun 4-ma\'ruza

Silikatlash (kimyoviy usul) – bu suvli natriyli silikat qorishmasini (suyultirilgan shisha) va qotish tezlashtiruvchisini (xlor tuzi qorishmasi, odatda kalsiy xlor) ketma-ket gruntga bosim ostida yuborish demakdir. Ko‘p hollarda bu usul ikki-qorishmali qotirish deb ataladi. Silikatlashni qumli, suyuq loyli, lyossli gruntlarda qo‘llash mumkin, u mustahkamlikni, suv o‘tqazmaslikni va gruntning umumiy turg‘unligini oshirish imkonini beradi. Bu usulni quruq va suvga to‘yingan gruntlarda ham qo‘llash mumkin, hattoki uni filtratsiya koeffitsienti yuqori ya’ni 2 dan 80 m/sut gacha bo‘lganda ham qo‘llash mumkin. Gruntga ketma-ket 15 atm (1,5MPa) bosim ostida suyultirilgan shisha va kalsiy xlor qorishmasi yuboriladi, bular kimyoviy reaksiya natijasida erimaydigan modda (kremniy kislota geli) hosil qilib, tabiiy gruntni o‘ziga birlashtirgan yagona yaxlit modda hosil qiladi (4.8 –rasm).
Xuddi sementlashdagidek, inektorlar ichki diametri 19...38 mm, va devor qalinligi 5 mm dan kam bo‘lmagan po‘lat quvurlardan tayyorlanadi. In’ektorning pastki teshikli qismi 0,5-1,5 m uzunlikka ega. Bosim ostida yuborish uchun nasoslar, har qaysi o‘rnatilgan inektorga qorishmani 1 dan 15 l/min gacha o‘zatishini hisobga olib tanlanadi.



4.7-rasm. Zaminlarni sementlash:
a – inektorni botirish; b – qorishmani bosim ostida yuborish;
v – filtratsiyaga qarshi pardani hosil qilishda qorishmani bosim ostida yuborish ketma – ketligi; g – sementlash sxemasi pasayib boruvchi zonalar bilan; d – sementlash sxemasi yuqorilab boruvchi zonalar bilan; 1 – otboyniy (to‘qmoqli) bolg‘a; 2 – bosh qismi (kallak); 3 – uzaytirgich quvur; 4 – uchlikli teshikli qism; 5 – quvur;
6 – domkratlar; 7 – qorishma uzatkich; 8 – sementlanish zonalari;
9 – quduqlar; 1, 2, 3 – balandlik buyicha sementlash zonalari

Mayda kukunsimon qumlarda, fosfor kislotali va suyultirilgan shishaliqorishmani 5atm (0,5MPa) bosimda gruntga yuborish qulayroq bo‘lib, reaksiya natijasida erimaydigan gel hosil bo‘ladi (kremniy kislotasi va fosfornokisliy natriy).


Natriy silikat va qotirgichdan iborat bir qorishmali qotirish sust drenlovchi va filtratsiya koeffitsienti 0,3m/sut dan kam bo‘lgan gruntlarda qo‘llaniladi. Qotirilgan gruntning mustahkamligi 0,3...0,6MPa atrofida bo‘ladi.




Yüklə 447,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə