4. gruntga ishlov berish texnologiyaSI


Ninafiltrli usul grunt suv satxini



Yüklə 447,12 Kb.
səhifə8/17
tarix05.10.2023
ölçüsü447,12 Kb.
#125336
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   17
Dars QJR elit uchun 4-ma\'ruza

Ninafiltrli usul grunt suv satxini (GSS) sun’iy pasaytirishda ost qismi filtrlovchi zvenoli po‘lat quvurdan, yer ustida suv yig‘adigan kollektor va o‘zi so‘rib chiqaradigan elektr dvigatelli nasosdan iborat ninafiltrli moslamalarni qo‘llashga asoslangan. Po‘lat quvurlar kotlovan perimetri bo‘ylab yoki transheya bo‘ylab suvga to‘yingan gruntga cho‘ktiriladi (4.3 rasm)
Ninafiltr ikki qismdan iborat: filtrlovchi zveno va filtrlovchi quvurning yuqori qismi (ninafiltrning diametri 40...50 mm) (4.4– rasm.).
Murakkab gruntlarda, ninafiltrni ishchi holatga tushirish uchun quduq burg‘ilanadi va unga ninafiltr tushiriladi (6...9m chuqurlikgacha). Ninafiltrlar qum va loyli qum gruntlarga gruntni yuvib gidravlik usul bilan cho‘ktiriladi (4.4,b-rasm). Gruntni yuvishdagi suv bosimi 0,3MPa gacha bo‘ladi.



4.2-Rasm. Shaxta-quduq sxemasi:
1–nasosni ishga tushiruvchi; 2–grunt bilan to‘ldirma; 3–filtrlovchi ustun; 4–suvni ko‘tarib beruvchi quvur; 5–nasos.

O‘z og‘irligi ta’sirida ninafiltr gruntga cho‘kadi, cho‘kish jarayonida xalqali qopqoq tashqi va ichki quvurlar orasidagi bo‘shliqni berkitadi. Ninafiltr ishchi holatga cho‘ktirilgandan so‘ng quvur atrofidagi bo‘shliq qisman cho‘kkan grunt qisman yirik zarrachali qum yoki shag‘al bilan to‘ldiriladi.


Ninafiltrlar bir yarusli joylashtirilganda 4...5m ga, ikki yaruslida grunt suvlari sathini 7...9m ga pasaytirish imkonini beradi. Ninafiltrlar kotlovan yoki transheya yoqasidan 0,5m masofada joylashtiriladi. Chuqurligi 4,5 m gacha va eni 4,0 m gacha bo‘lgan tor transheyalar bir qator ninafiltrlar bilan agar eni va chuqurligi undan katta bo‘lsa ikki qator ninafiltrlar bilan quritiladi.





4.3-rasm. Suv satxini pasaytirishni ninafiltrli usuli:
a – suv satxini pasaytirishni umumiy sxemasi;b – suv satxini pasaytirish uchun tayyorlangan maydon; 1 – ninafiltr; 2 – kotlovan; 3 – suv satxini pasaytiruvchi magistral tarmoq; 4 – suv satxi pasayishining depressionegri chizig‘i;

Yüklə 447,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə