4-kurs 402-guruh talabasi xursandova nafisaning o’zbek xalq musiqa ijodi fanidan


Dehqonchilik bilan bog’liq qo’shiqlar



Yüklə 0,58 Mb.
səhifə14/17
tarix11.05.2022
ölçüsü0,58 Mb.
#86484
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
4-kurs 402-guruh talabasi xursandova nafisaning o’zbek xalq musi

2.2. Dehqonchilik bilan bog’liq qo’shiqlar

Xalqimiz azal azaldan dehqonchilik bilan shug‘ullanib, shuning orqasidan tirikchilik bilan shug’ullanib kelgan. Dehqon mehnati erta bahorda yer haydashdan boshlanadi Biroq erta bahorda, ilik uzildi vaqtida kamquvvat bo'lib qulgan inson uchun yer haydashdek og‘ir jismoniy mehnatni bajarish oson kechmaydi. Shu paytda dehqonlar qo'shiq kuylab, o'zlarini ovutganlar va shu orqali biroz bo‘lsa-da, og‘ir mehnatning qiyinligini unutganlar. Qo‘sh haydash paytida ijro etiladigan qo’shiqlar Qo’sh qo’shiqlar deyiladi. Ularda qo‘shchi yoki qo'shga qo'shilgan ho’kizlar tilidan og‘ir mehnatdan qilingan shikoyat yoxud ish hayvonga murojaat motivlari yetakchilik qiladi. Qo‘sh qo‘shiqlarida ko‘pincha uchta an’anaviy obraz ko’zga tashlanadi. Bular — zolim boy, mehnatkash, qashshoq dehqon hamda, jabrlangan ho‘kiz obrazlaridir. Qo‘shchi qo‘shiqlari qadimiy mehnat qo'shiqlari sirasiga kiradi. Ular yolg‘iz qo‘shchi tomonidan bevosita qo'sh haydash paytida goh baland ovozda, goh xirgoyi qilib ijro etiladi. Uning asosiy vazifasi og‘ir mehnat paytida dehqonning o‘z ko'ngil dardlarini aytib, o’z-o ‘ziga taskin berish, o‘zini ovutish, ruhini ko'larishdan ibmai Ularda ko‘proq mavzuviy-ruhiy hamda ritmik paralellizmlar badiiy-kompozitsion asos vazifasini o'taydi.

Bo'ynimda bor bo‘yinturuq.

Omochlari taraq-turuq.

Oqshom borsam oxur quruq.

Men qo‘shga qanday yarayin?!

Ishdan toliqib, kechqurun og‘ilxonaga qaytgan ho'kizlarni quruq oxurga rubaro kelishi dehqonning g‘urbatli ruhiy kechinmasiga badiiy parallel keltirilmoqda:

Ho‘kizginam bo‘yinginang ezildi

Ko‘zginangdan yoshlar qator tizildi,

Bo‘yinturuq bilan omoch tortmasang,

Sening bilan menga go'rlar qazildi.

Qo‘shiqda qo‘sh haydash mehnatining og'irligi, bundan qo‘shchi ham, ho'kiz ham jismoniy azob tortishi bildirilyapti. Shu bilan birga qo‘shiq matni orqali zamonamiz yoshlari o'tmishda dehqonchilikda yerni hozirgiday texnika vositalari yordamida emas, balki bo‘yniga bo‘yinturuq bilan omoch osilgan ho‘kizlarning kuchi bilan haydalganligini bilib oladilar. Qo'shiqda shu tarixiy manzara badiiy o‘z ifodasini topgan. Hozirgi paytda yerlarning traktorlar yordamida haydalishi qo‘sh qo'shiqlaridan foydalanishni bekor qildi. Shu sababli qo'sh qo'shiqlari yaratilishdan va jonli ijroda yashashdan mahrum bo‘ldi.




Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə