4-kurs 402-guruh talabasi xursandova nafisaning o’zbek xalq musiqa ijodi fanidan



Yüklə 0,58 Mb.
səhifə4/17
tarix11.05.2022
ölçüsü0,58 Mb.
#86484
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
4-kurs 402-guruh talabasi xursandova nafisaning o’zbek xalq musi

Kurs ishining predmeti. Talabalarga xalq ogʻzaki ijodi haqida bilim berish, ularda folklor asarlarini tahlil va talqin qilish koʻnikmalarini shakllantirish.

Kurs ishining obyekti. O’zbek xalq qo’shiqlari juda katta tarbiyaviy va juda muhim tarixiy hamda adabiy ahamiyatga ega. Badiiy asar gʻoyasini ifodalashda folklor asarlari va an’analarining ahamiyatini belgilash, adabiyotshunoslik va xalq ogʻzaki ijodining chambarchas bogʻliq ekanligini anglash hamda folklor asarlarini ilmiy jihatdan oʻrganish koʻnikmalarini shakllantirish.

I Bob. Qo’shiq haqida ma’lumot.

O'ta milliy, tarixiy badiiy-esletik hodisa sanaluvchi qo'shiqlari millatning poetik xotirasi, bilimlari qomusi, tuganmas ma’naviy boyligi sifatida juda qadim zamonlardan to hozirgacha yaratilib, kelmoqda. Xalq she’riyatining qadimiy, ommaviy, an’anaviy ruhi sanaluvchi qo'shiqlar insonga, insoniyalikga doimiy liamioli bo'lib, unga ma’naviy turmushda ko'makchi, xilma-xil musiqalarning betakrorligini ta’minlovchi badiiy qismi vazifasini o'tab kelmoqda. Xalq qo'shiqlarida insonning ruhiy olami, ichki kechinmalari, turmushida sodir bo'luvchi ko'ngilli va ko'ngilsiz voqealar, g'am anduh yoki shodligu xurramliklari, mehnat mashaqqatlari, sevgi istiroblari his-tuyg'ular orqali aniq badiiy obrazlarda gavdalantiriladi. «Qo‘shiq» atamasining ilmiy istiloh holatiga keltiriIganligiga juda ko‘p asrlar bo‘lgan. Zero, u keng m a ’noda xalq poeziyasini yaratsa, tor mа ’noda xalq lirikasi shaklini — janrini ifodalaydi. Bu holatni qoraqalpoq, ozarbayjon va uyg‘ur folklorida bo‘lganidek tojik folklorida ham kuzatish mumkin. Chunonchi, tojikcha «Surud», qoraqalpoqcha «Qo‘siq», ozarbayjoncha «Qo‘shma» va uyg'urcha «Qo‘shoq» istilohlari shunday estetik mohiyatga ega. M.Qoshg‘ariyning «Devonu lug'atit turk» asarida shunday to‘rtlik bor: Turkan qatun qutyog‘a,

Tergur menden qoshyog,

Ajg'ul sizni tabug‘chi,

Otnur jaqi tabug‘.

Mazmuni: Turkan xotun qoshig‘a,

Mendan yetkur she’r.

Xizmatga xodimingiz Rost, deb payom ber.

Bu akademik A.Qayumovning she’riy tabdili. Chindan-da, «Qoshig‘» so‘zi dastlab «maqtov, alqov» ma’nosida qo‘llangan. Shunisi e ’tiborliki, bu istiloh Yusuf xos Hojibning «Qutadg‘u bilig» («Saodatga eltuvchi bilim») asarida fonetik o‘zgarishga uchragan holda «Qoshug1» shaklini olgan bo'lsa, Xorazmiyda «Qo‘sh» shaklini olgan. Chunonchi, Yusuf xos Hojibda:

Bu turkche qoshuqlar tuzettim seg‘e,

Oqo'rda uno‘tma duo qil meg‘e .

Mazmuni:


Bu turkcha qo‘shiqlami sen uchun tuzdim (yozdim),

O‘qiganingda unutmay duo qil meni.

Xorazmiyda: Kel, ey oy yuzli dilbar, tut bir q o ‘sh,

Biror qo ‘sh birla qilgil bizni madxush.



Bu baytda «Qo‘sh» so‘zi she’r bitish, yaratish ma’nosidadir. Bobur ham «Risolai aruz»da bu fikrni tasdiqlab yozadi: «Sulton Husayn Mirza zamonida yana bir surud chiqti kim «Turkiy»ga o ‘q mavsum bo‘ldi Alisher Navoiy va Boburlar zamonidan e’tiboran qo‘shiqning ichki janrlarini farqlash tamoyilga aylana borgan. Umuman, qo‘shiq atamasi turkiy «Qo‘shmoq» fe’li o'zagidan yasalgan bo‘lib, satrga satrni qo‘shib aytish va kuylash ma’nolarini anglatadi. Zero, xalq qo‘shig‘i kuy bilan birga tug‘iladi va shu xususiyati bilan yozma adabiyotdagi she'riyatdan farq etadi. Qolaversa, xalq qo‘shiqlari tarixan raqslar bilan ham yaxlitlashgan va albatta, kuylanishga muvofiqlashgani bilan ajralib turadi. Qo‘shiq xalq she’ri sifatida ham barmoq, ham aruz vaznlarida yaratilsa-da, yakka va jamoa (kollektiv), sozli (kuyli) va sozsiz (kuysiz) ijrolarga mo'ljallanganligi bilan o‘zaro farq qiladi. Ularning shunday namunalari borki, ommabop ijroga mo‘ljallangan; bular aksaran to'rtlik shaklidagi namunalaridir. Ana shunday namunalari borki, ijrosi professional mahoratni talab etadi. Shu xususiyatiga ko‘ra xalq orasida qo‘shiq ijrochilari qo'shiqchi, xalfa, satang, go‘yanda (nahvagar), ashulakash (ashulachi), laparchi, o‘lanchi tarzida farqlanadi. Qo‘shiqchi ko'pincha to'rtliklarni ijro etsa-da, aslida nisbatan kengroq ma'noda, uimiman, qo'shiq ijrochisi va ijodkori bo‘lsa, go‘yanda (nahvagar) asosan yig'i-yo'qlovlarni kuylashga ixtisoslashgan qo‘shiqchidir. Ashulakash yoki ashulachi ko‘pincha maqom tarkibidagi qo'shiqlarni yoki katta ashula deyilguvchi jo‘rsiz ijro etiladigan qo‘shiqni kuylay oladiganlardir. Laparchi raqsga tushgan holda qo‘shiq aytuvchi bo‘lsa, o‘lanchi to‘y marosimi qo'shiqlarini ijro etuvchidir. Xalfa Xorazmda keng tarqalgan ayol qo'shiqchiligi bo‘lib, ular ham to‘y, ham aza qo'shiqlarini baravar ijro etaveradilar. Satang Namanganda xalq qo'shiqlarini doira jo'rligida ijro etuvchi ayollardir.

Qo’shiqning sheʼriy matnlari aniq kompozitsiyasi, har bir bandida muayyan tugal fikr ifodalanganligi bilan ajralib turadi. Sharqda xalq qo’shiqlari oʻziga xos milliy xususiyatlarga ega boʻlib, Oʻrta Osiyoda ir (jir), terma, oʻlan, lapar, yalla kabi nomlar bilan ataladi. Bular negizida bastakorlar ijodi, 20-asrda zamonaviy qo’shiq shakllari rivoj topgan. Yevropa professional musiqa sanʼatida Oʻrta asrdagi shoirxonan-dalar (Fransiyada truver va trubadurlar, Germaniyada minnezingerlar va boshqalar)ning asarlari meysterzingerlar sanʼati namunalari, Uygʻonish davrish yaratilgan koʻp ovozli italyan sapgopepa, nemischa les1, fransuzcha spapzop, 17—18-asrlardan ommaviy tus olgan gomofoniya uslubidagi qo’shiqlar, romantizm davridagi kompozitorlar ijodidagi qo’shiq, 20-asrda keng rivoj topgan ommaviy qoʻshiq, estrada qo’shiqlari va boshqa professional qo’shiqning rivojlanish bosqichlaridir. Shoirlardan P.Beranje, R.Byorns, R.Hamzatov, V.Visotskiy va boshqa, Oʻzbekistonda — Hamza, Habibiy, Sobir Ab-dulla, Mirtemir, Chustiy, T.Toʻla, P.Moʻmin, N.Narzullayev, Muham-mad Yusuf, E.Vohidov, J.Jabborov va boshqalarning qo’shiq sheʼriyati rivojidagi xizmatlari katta. Tor maʼnoda qo’shiq — oʻzbek xalq ijodidagi janr; qoʻsh qofiya bilan boshlanuvchi, asosan, 7-8 hijoli barmoq vaznidagi toʻrtliklar bilan kuylanadigan, band shaklli aytim turi. birinchi sheʼr toʻrtligi qofiyalari aaaa, aava, aavv yoki aavs nis-batida boʻlishi mumkin. Oʻzbek qo’shiqlarida birinchi bandi odatda 4 sheʼriy misra va ularni kuylashga asos boʻlgan nisbiy tugal ohang tuzilmalari uygʻunligidan tashkil topadi. Kuy tuzilmalari soni 2-4 boʻlib, ularning oʻzaro nisbatlari esa asosiy jumlani takrorlash, oʻzgartirish yoki maʼlum darajada rivojlangan yangi jumla bilan yakunlash kabi vositalardan iborat. Oʻzbek qo’shiqlari, ashuladan farqli oʻlaroq, kichik ovoz doirasida (asosan, kvinta- seksta diapazoni-da) boʻlib, baʼzan doira joʻrligida ijro etiladi. Kuychan ohangli qo’shiqlar, asosan, lirik mavzudagi namunalarda uchraydi. Boshqa qo’shiqlarda kuychanlik xususiyatiga ega choʻzimli ohanglar uchrasa-da, ular koʻproq qo’shiqning yakunlanishi arafasida namoyon boʻladi. Qo’shiqlarda maxsus (alohida) naqarotlar deyarli qoʻllanmasa-da, baʼzan kichik naqarot vazifasini kasb etuvchi takror soʻzlar kelishi, shuningdek, "jon", "yor", "dod-ey" kabi un-dov-undalma iboralar ishlatilishi kuzatiladi.

 Xalq qo'shig'i musiqiy va og'zaki ijodning eng qadimiy shakllaridan biridir. Ba'zi qadimiy va qisman zamonaviy musiqiy turlarda u raqs, o'yin, instrumental musiqa, og'zaki va vizual folklor bilan sinxron birlikda mavjud. Uning ajralib chiqishi folklorning uzoq tarixiy rivojlanishining natijasidir. Xalq qo'shig'i xalq hayotidagi kelib chiqishi, fe'l-atvori va funktsiyalari jihatidan turlicha bo'lgan ko'plab janrlar bilan ajralib turadi. Ko'pgina an'anaviy janrlarning ajralib turadigan xususiyati xalq qo'shiqlarining kundalik hayoti va mehnat faoliyati bilan bevosita bog'liqligi (masalan, mehnatning turli xil turlari - burlatski, o'rib olish, o'tlarni yig'ib olish, o'rib olish, o'rib olish, o'rib olish, xirmon va boshqa marosimlar, qishloq xo'jaligi va oilaviy marosimlar va tantanalar bilan birga keladigan qo'shiqlar). Pancake haftasi, bahor zig'ir, Kupala, to'y, dafn marosimi, o'yin taqvimi va boshqalar). Raqsga oid xalq qo'shiqlari turli xil milliy raqslardan ajralmasdir. Barcha xalqlarning folklorida eng katta musiqiy rivojlanish lirik qo'shiqlarga ega bo'ldi. Ular yakkaxon, ansambl, xorda kuylashadi. 20-asr oʻzbek bastakorlari va, ayniqsa, kompozitorlari ijodiga mansub qo’shiqlar janr nuqtai nazaridan oʻzida boshqa janrlar (lapar, yalla, ashula, terma) xususiyatlarini mujassam qilib, maʼlum oʻzgarishlarga yuz tutgan. Jumladan, ularda band-naqarot tuzilmalari, joʻrnavoz cholgʻular, raqs unsurlarini ham koʻrish mumkin. Oʻzbek bastakorlaridan Yu.Rajabiy, K.Jabbo-rov, Fahriddin Sodiqov, T. Jali-lov, Gʻ.Toshmatov, N. Hasanov, M. Mir-zayev, BAliyev, R.Tursunov va boshqa, kom-pozitorlardan T.Sodiqov, M.Burhonov, M. Leviyev, S.Yudakov, A.Otajonov, F . Nazarov, A. Nazarov, F.Alimov, Q.Komilov, bolalar uchun A. muhamedov, A.Mansurov, estrada yoʻnalishida Sh.Ramazonov, Ik. Akbarov, E. Solihov, D.Omonullayeva, A.Rasulov va boshqalar qo’shiq janrida salmoqli ijod qilgan.


Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə