4-mashg‘ulot. Mavzu: Apikomplekslar (Apicomplexa) yoki Spora hosil qiluvchilar (Sporozoa) kenja tipi, Gregarinalar (Gregarinina) sinfi vakili suvarak gregarinasining tuzilishi va rivojlanishi. Gregarinaning sistematik holati Tip



Yüklə 1,52 Mb.
səhifə3/5
tarix11.01.2023
ölçüsü1,52 Mb.
#98437
1   2   3   4   5
Gregarinalarning tuzilishi va rivojlanish jarayonlari sxemasini аl’bоmgа chizib оling hamda bilimingizni nаzоrаt qilish uchun quyidаgi test topshiriqlariga jаvоb bеring. C=22.
1. Gregarinalarga xos tuzilish belgilarini ko‘rsating: A-tanasi sharsimon, B-tanasi uzun chuvalchangsimon, V-tanasi 2 qismdan, ya’ni epimerit va deytomeritdan iborat, G-tanasi 3 qismdan, ya’ni, epimerit, protomerit va deytomeritdan iborat, D-tanasi qalin parda-kutikula bilan qoplangan, E-tanasi yupqa elastik parda-pellikula bilan qoplangan,
2. Gregarinalar qanday harakatlanadi? A-gavdasining qisqarishi va cho‘zilishini ta’minlaydigan mionemalar bor, B-harakatlanmaydi, V-butun tanasi bilan siljib harakatlanadi, G-kipriklari yordamida harakatlanadi.
3. Gregarinalar qanday ko‘payadi? A-jinssiz ikkiga bo‘linib, B-jinsiy usulda, V-kurtaklanib, G-ikkita gregarina juft bo‘lib qo‘shiladi va zigota hosil qiladi.
4. Gregarinaning rivojlanish siklini tartib bilan ko‘rsating: A-ikkita gregarina juft bo‘lib oldinma-keyin qo‘shiladi, B-ikkala gregarina yumaloqlanib, umumiy pardaga o‘ralib sista hosil qiladi, V-sizigi hosil qiladi, G-har bir gregarinaning yadrosi ko‘p marta bo‘linadi, D-sista ichidagi gregarinalar o‘zaro qo‘shilmaydi, E-har xil mayda bir hujayrali-gametalar paydo qiladi, J-zigotalar duksimon shaklda, usti qalin parda bilan o‘ralib oosista yoki spora hosil qiladi, Z-makro- va mikrogametalar qo‘shilib, zigota hosil qiladi, I-oosistalar tashqi muhitga chiqadi, K-oosistalarda sporozoid hosil bo‘ladi, L-sporozoidlar bor oosistalar xo‘jayin tomonidan oziq bilan yutilganda, oosista qobig‘i erib, sporozoitlar ichak epiteliysiga kiradi.
5. Gregarinalar qaysi hayvonlarda parazitlik qiladi? A-gregarinalar erkin holda suvda yashaydi, B-hasharotlardan: suvaraklar, mitalar, ninachilarning lichinkalari ichagida yashaydi, G-qo‘ng‘izlar lichinkalarining ichagida yashaydi, D-sutemizuvchilar va odamlarning ichagida parazitlik qiladi, E-tayyor ovqatni butun tana yuzasi bilan shimib oziqlanadi, J-oziqni og‘zi orqali tutib oziqlanadi, Z-hazm qiluvchi va qisqaruvchi vakuolalari bor, I-qisqaruvchi va hazm qiluvchi vakuolalari yo‘q.

Yüklə 1,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə