4-mashg‘ulot. Mavzu: Apikomplekslar (Apicomplexa) yoki Spora hosil qiluvchilar (Sporozoa) kenja tipi, Gregarinalar (Gregarinina) sinfi vakili suvarak gregarinasining tuzilishi va rivojlanishi. Gregarinaning sistematik holati Tip



Yüklə 1,52 Mb.
səhifə2/5
tarix11.01.2023
ölçüsü1,52 Mb.
#98437
1   2   3   4   5
7-rasm. Gregarinalar. A-Corycella armata, В-Stylocephalus longicollis, D-Gregarina blattarum, E - Gregarina sporasi: 1-epimerit, 2-protomerit, 3-deytomerit, 4-kutikula, 5-yadpo.
Ayrim gregarinalar butun tanasi bilan siljib harakatlanadi, ularda hech qanday harakatlanish organoidlari bo‘lmaydi. Endoplazma donador bo‘lib, unda ko‘p miqdorda ehtiyoj ovqat moddasi-glikogen to‘planadi.
Gregarinalar jinsiy yo‘l bilan ko‘payadi, voyaga yetgan gregarinalarni-gamontlar yoki gametotsitlar deyiladi. Ikkita gregarina juft bo‘lib qo‘shiladi va sizigi hosil qiladi. Bunda bitta gregarina tanasining keyingi qismi bilan ikkinchi gregarinaning oldingi qismiga yopishadi. Keyin bu ikkala gregarina yumaloqlanib, umumiy pardaga o‘raladi va sista hosil qiladi. Lekin sista ichida gregarinalar o‘zaro qo‘shilmaydi.
Har bir gregarinaning yadrosi ko‘p marta bo‘linib, ular tananing chetiga ko‘chadi va bir necha mayda bir hujayrali jinsiy individlar-gametalar paydo bo‘ladi. Makro va mikrogametalar qo‘shilib zigota hosil bo‘ladi. Zigotalar duksimon shaklda bo‘lib, usti qalin po‘st bilan qoplanadi va oosista yoki spora hosil qiladi. Sistaning ichidagi juda ko‘p ootsistalar bilan birga tashqi muhitga chiqadi. Keyin oosistalarda sporozoid hosil bo‘ladi. Ana shunday sistalar xo‘jayin tomonidan ozuqa bilan yutilganda sistaning qobig‘i erib, undagi sporozoidlar ichak epiteliysiga kirib oladi. Demak, gregarinalarning rivojlanish davrida gameta (gametogoniya) va sista hosil qilish (sporogoniya) jarayonlari takrorlanib turadi (8-rasm).



8-rasm. Gregarinalarning rivojlanishi: 1-ichak epiteliy hujayrasi; 2-spora; 3-sporozoitlar; 4-5-epiteliy hujayrasidagi sporozoitlar; 6-7-sporozoitning o‘sib gregarinaga aylanishi; 8-deytomerit; 9-protomerit; 10-epimerit.
Ishni bajarish tartibi. 1. Stakanga bir necha tirik suvaraklar solinib, unga paxtaga shimdirilgan efir yoki xloroform tashlanadi. Suvaraklar harakatdan to‘xtab, bexush bo‘lganidan keyin ularning tanasi ochiladi. Buning uchun o‘tkir uchli qaychi yordamida suvarakning qorin tomonidan to bosh qismining chegarasigacha ikki yon tomoni (tergit bilan sternitning birlashgan joyi) qirqiladi va yelka tomonidagi xitin qoplag‘ichi qisqich bilan ajratib olinadi.
Vannachaga to‘g‘nagichlar bilan uning bosh va qorin tomoni mahkamlanadi va ustidan suv quyiladi. Bunda suvarakning ichki organlari suvning ustiga ko‘tariladi.
2. Suvarakning orqa ichagini topib, qaychi bilan qirqib olinadi va soat oynasiga o‘tkaziladi, keyin uning ustiga tomizgich bilan fiziologik eritma quyiladi. Ichak preparoval ninalar yordamida titilib, mayda bo‘lakchalarga ajratiladi. Hosil bo‘lgan cho‘kma suv bilan aralashtirilib, undan bir tomchi buyum oynasi ustiga tomiziladi va usti qoplag‘ich oyna bilan yopilib, mikroskopning kichik obyektivi orqali kuzatiladi.
3. Gregarinaning epimerit qismining tuzilishiga e'tibor bering, undagi yopishish organoidlarini o‘rganing va rasmini chizing.
4. Sizigi holatidagi gregarinalarni mikroskop yordamida kuzating, gregarinaning ko‘payishini o‘rganing va rasmini chizing.

Yüklə 1,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə