4-mavzu. Abu Ali ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy, Abu Muin Nasafiy, Mahmud Zamaxshariy va Burhoniddin Marg’inoniylarning hayoti, faoliyati va ilmiy merosi


Abu al Mu’yin an-Nasafiy islom ilohiyoti va kalom ilmini rivojlantirgan alloma



Yüklə 39,2 Kb.
səhifə3/5
tarix20.06.2023
ölçüsü39,2 Kb.
#118180
1   2   3   4   5
4-mavzu. Abu Ali ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy, Abu Muin Nasafiy, Mahmud Zamaxshariy va Burhoniddin Marg’inoniylarning hayoti, faoliyati va ilmiy merosi

3. Abu al Mu’yin an-Nasafiy islom ilohiyoti va kalom ilmini rivojlantirgan alloma. Abu-l-Mu’in an-Nasafiy 418/1027 yidda Nasaf (hozirgi Qarshi) shahrida tug‘ilgan. Uning vafoti haqida esa aksar manbalarda 508/1114 sana beriladi. Shunga ko‘ra, alloma Abu-l-Mu’in an-Nasafiy uzoq umr ko‘rib, 87 yoshida vafot etgan. Uning qabri Qarshi shahri yaqinidagi Qovchin qishlog‘ida joylashgan.
Abu-l-Mu’in an-Nasafiy ilmu irfonda yetuk, ziyoli bir oilada ulg‘aygan, uning ajdodlaridan ko‘plari, ayniqsa, fiqh ilmi sohasidagi ulkan salohiyatlari bilan el-yurt orasida tanilgan edilar. Katta bobosi, o‘z davrining taniqli olimi Makhul Abul Fazl an-Nasafiy — an-nasafiylar sulolasining sardori-boshlovchisi hisoblanib, uning oilasidagilar fiqh ilmining hanafiya mazhabi asoschisi imom Abu Hanifa ta’limotlariga tayanib amal qilganlar. Shuningdek, u fiqh ilmi sohasida imom Abu Hanifaning shogirdi Muhammad ibn al-Hasan ash-Shayboniyning safdoshi Abu Sulaymon al-Juzjoniydan rivoyat qilardi. Uning an-Nasafiy nisbasi bilan atalishi xususida esa barcha tarixnavislar yakdillik bilan bir xil yozganlar. Shu bilan birga, ba’zi manbalarda an-Nasafiyning bir qancha muddat Samarqandda yashaganligi va so‘ngra uzoq yillar Buxoroda muqim istiqomat qilganligi haqida ham xabarlar keltirilgan.
Imom Abu-l-Mu’in an-Nasafiy haqida yozgan mualliflarning aksariyati uning to‘liq ismini Abu-l-Mu’in Maymun ibn Muhammad ibn Muhammad ibn Mu’tamid ibn Muhammad Makhul an-Nasafiy deb keltirganlar. Bundan biroz farq bilan yozilgan shakllari ham uchraydi. Uning kunyasi barcha manbalarda Abu-l-Mu’in deb zikr qilinadi. Ammo an-Nasafiyning laqablariga kelsak, yozma manbalarda ko‘rsatilishicha, u bir qancha laqablar bilan atalgan, jumladan, imom fozil, sayfu-l-haq (haqiqat qilichi), jomi’ al-usul, al-imom az-zo-hid, al-faqih al-hanafiy, al-olim al-bori’ (yuksak bilimdon olim) kabi laqablarni olgan.
Abu-l-Mu’yin an-Nasafiyning qisqacha «Tabsirat al-adilla» nomi bilan keng ko‘lamda ma’lum bo‘lgan bu asari to‘lig‘icha «Tabsirat al-adilla fi usul ad-diyn a’la tariqat Abi Mansur al-Moturidiy» («Din usullarini (asoslarini) Abu Mansur al-Moturidiy uslubi asosi-da dalillar bilan sharhlash») deb ataladi. Abu-l-Mu’yin an-Nasafiyning ushbu asari katta ilmiy va amaliy ahamiyatga molik bo‘lib, allomaning eng yirik kitobi hisoblanadi. Shu boisdan ham, Abu-l-Mu’in an-Nasafiy «Sohib at-Tabsira» nomi bilan ham shuhrat qozongan. Bu asarda kalom ilmining turli masalalari atroflicha chuqur sharhlanib, ulardagi muammoli-munozarali fikrlar ushbu ilmning buyuk allomasi Abu Mansur al-Moturidiy ta’limotiga asoslangan holda isloh qilinadi.
An-Nasafiyning «Tabsirat al-adilla» asari imom al-Moturidiyning mazkur asaridan keyin moturidiya ta’limoti bo‘yicha yaratilgan ikkinchi asosiy manba hisoblanadi. Kalom ilmining ba’zi masalalari batafsil yoritilgani va o‘z uslubining oddiyligi jihatidan «Tabsirat al-adil-la» ba’zi olimlar tomonidan, hatto «Kitob at-Tavhiyd»ga qaraganda ham yuqori baholangan. Binobarin, komil ishonch bilan aytishimiz mumkinki, Abu-l-Mu’-in an-Nasafiyning ushbu asaridan boshqa birorta ham asarda imom al-Moturidiyning kalom ilmi sohasidagi ta’limoti bunchalik mukammal ifodasini topmagan. An-Nasafiy yashagan o‘n birinchi asrning ikkinchi yarmi va o‘n ikkinchi asrning boshlarida kalom ilmi o‘zining yuksak cho‘qqisiga ko‘tarilgan edi.
Kalom ilmining bir qancha yo‘nalishlari bo‘lib, ulardan al-ash’ariya va al-moturidiya kabilari g‘oyatda keng tarqalgan. An-Nasafiy al-ash’ariya maktabining asoschisi bag‘dodlik olim Abdul hasan al-Ash’ariy, al-moturidiya maktabining asoschisi samarqandlik taniq-li olim Abu Mansur al-Moturidiy ta’limotidan saboq olgan, asosan, al-moturidiya maktabiga mansub imom al-G‘azzoliyning maslagiga amal qilgan olimlardan hisoblanadi. O‘z navbatida, al-Iyjiy (vaf. 1355), Sa’duddin at-Taftazoniy (vaf. 1390) va boshqa ko‘plab taniqli olimlar an-Nasafiy ta’limotiga tayangan holda faoliyat ko‘rsatib, kalom ilmida yirik olim darajasiga ko‘tarilganlar.
An-Nasafiyning ilm-fanning turli sohalariga oid asarlaridan quyidagilarni ko‘rsatish mumkin.
Al-u’mda fi usul al-fiqh.
Bahr al-kalom fi ilm al-kalom.
Tabsirat al-adillati fi ilm al-kalom.
At-Tamhiyd li-qavoi’d at-tavhiyd fi ilm al-kalom.
Al-O‘lim va-l-mutaallim.
Izoh al-mahajatiy li-kovn al-aql hujjatan.
Sharhal-Jomi’ al-kabir li-sh-Shayboniy fi furu’.
Manohij al-aimmati fi-l-furu’.
«Bahr al-kalom fi ilm al-kalom» asari alloma ijodining gultoji hisoblanadi. U islom dini falsafasini tashkil qilgan kalom ilmi bo‘yicha eng qimmatli manbalardandir. Asarni ilmiy asosda har tomonlama chuqur o‘rganish va o‘zbek tiliga tarjima qilish olimlarimiz oldida turgan vazifalardan biri. «Bahr al-kalom»ning bir kancha qo‘lyozma va kitobiy nashrlarining mavjudligi ham uning muhim manbalardan biri ekanligidan dalolat beradi. Uning qimmatli qo‘lyozmalaridan biri Dubaydagi Jum’a al-Mojid nomli madaniyat va meros markazida (766-raqamdagi bu qo‘lyozma 1167 hijriy yilda ko‘chirilgan), ikkinchisi Damashqdagi az-Zohiriya kutubxonasining qo‘lyozmalar bo‘limida (4970-raqam ostida), uchinchisi Bag‘doddagi «Maktabat al-avqofda»da (4365-raqamda), to‘rtinchisi Qohiradagi mashhur «Doru-l-kutub»ning (113-raqamida) qo‘lyozmalar bo‘limida saqlanadi. Ushbu qo‘lyozmaning 950 hijriy yilda oddiy xat bilan ko‘chirilgan boshka bir nusxasi Iskandariyaning (Misr) «Maktabat al-baladiyya» nomli kutubxonasida saqlanmoqda.

Yüklə 39,2 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə