4-mavzu. Abu Ali ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy, Abu Muin Nasafiy, Mahmud Zamaxshariy va Burhoniddin Marg’inoniylarning hayoti, faoliyati va ilmiy merosi


Burhonuddin al-Marg‘inoniy – buyuk fiqhshunos alloma



Yüklə 39,2 Kb.
səhifə5/5
tarix20.06.2023
ölçüsü39,2 Kb.
#118180
1   2   3   4   5
4-mavzu. Abu Ali ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy, Abu Muin Nasafiy, Mahmud Zamaxshariy va Burhoniddin Marg’inoniylarning hayoti, faoliyati va ilmiy merosi

5. Burhonuddin al-Marg‘inoniy – buyuk fiqhshunos alloma. Imom Burhoniddin Abu-l-Hasan Ali ibn Abu Bakr ibn Abduljalil al-Fargoniy al-Marg‘inoniy 1123 yilda Marg‘inon shahrining Rishton tumanida tug‘ilgan. Buyuk alloma umrining oxirlarida Samarqandda yashab, ijod etib, 593/1196—97 yili o‘sha erda dunyodan o‘tgan. Shomiy «Radd-ul-muxtor»da yozishicha, ulug‘ faqih Samarqanddagi 400 ga yaqin Muhammad otli faqihlar dafn etilgan Muhammadiylar qabristoni — «Turbatu-l-Muhammadiyyiyn» yonida dafn etilgan ekan.
Kotib Chalabiy, Abulhasanot Muhammad Abdulhay Laknaviy, «Hidoya»ning ayrim sharhlovchilari, shuningdek, «Islom ensiklopediyasi» ma’lumotlariga ko‘ra, quyidagi asarlar Burhoniddin Marg‘inoniy qalamiga mansub bo‘lib, tekshirishlar orqali ularning qo‘lyozmalari borligi aniqlangan:
1. «Nashru-l-mazhab».
2. «Kitobu tanosuki-l-xos» («Manosiku-l-haj»).
3. «Kitob fi-l-faroiz» (meros bo‘yicha).
4. «At-Tajniysu va-l-maziyd» (Ikkita fatvo majmuasi).
5. «Muxtarotu-n-navozil» («Majmuu-n-na-vozil»).
6. «Maziydun fi furu’i-l-hanafiyya».
7. Imom ash-Shayboniyning muhim asari bo‘lmish «Al-Jomiu-l-kabiyr»ning sharhi.
8. «Bidoyatu-l-mubtadiy».
9. «Ki-foyatu-l-muntahiy» («Bidoya»uchun yozilgan katta sharh).
10. Imom Marg‘inoniyning shoh asari bo‘lmish «Hidoya» («Bidoyatu-l-mubtadiy» uchun o‘zi yozgan o‘rtacha sharh).
Burhoniddin Marg‘inoniyning shoh asari «Al-Hidoya» eng mo‘tabar huquqiy qo‘llanma sifatida sakkiz asrdan buyon butun islom dunyosi, ayniqsa, Markaziy Osiyo mamlakatlari, Hind yarim oroli, Turkiya va ko‘pgina Arab mamlakatlari uchun eng daqiq va ishonarli manbalardan biri vazifasini o‘tab kelmoqda.
«Hidoya» Misr Arab Respublikasidagi eng qadimiy dorulfunun «Al-Azhar», Afg‘onison Islom dorulfununi, Hindiston Aligarx universiteti, «Devband» doru-l-ulumi, boshqa islom mamlakatlari oliy o‘quv yurtlarining ta’limiy nisoblari (o‘quv dasturlari)ga kiritilgan. Bu ulug‘ kitob qonun tuzish tizimini rivojlantirish uchun asosiy manbalardan biri sifatida qo‘llanib kelinmokda. Afg‘oniston va Hind yarim orolida Kanz va al-Quduriy kitoblaridan keyin «Al-Hidoya»ni etuk ustozdan o‘kib tamomlamagan tolib, haqiqiy fiqh olimi hisoblanmaydi.
«Hidoya» faqat islom huquqshunoslari uchun emas, balki G‘arb huquqshunos olimlari uchun ham juda e’tiborli huquqiy manba sifatida xizmat qilib kelmoqda. 1958 yili Majid Hadduriy va Hebert J.Lebis tomonidan nashr etilgan «Islomda huquq» nomli kitobning muhim va nozik joylarida «Hidoya»dan foydalanilgan. Kitob mualliflari fikricha: «Burhoniddin Marg‘inoniy yozgan «Hidoya» boshqa barcha kitoblarga nisbatan ko‘proq va yaxshiroq hanafiya mazhabi huquqshunosligining kengayib, rivojlanish yo‘lini, tarixini bayon qilgan. Ushbu kitobni o‘qigan kishi shuni bilib olishi mumkinki, muallif juda ko‘p o‘rinlarda, o‘z mustaqil fikru aqidasini ilgari surish va takomillashtirishga uringan. Kitobni yozishdan ham uning asosiy maqsadi shu bo‘lgan».
Shofi’iya mazhabining ba’zi bir namoyandalari «Al-Hidoya» muallifini, ayrim e’tiborga ega bo‘lmagan hadislardan foydalangan, deb tanqid qilganlar. Lekin tadqiqotchilar, jumladan, Muhammad Abdulhay al-Laknaviy: «Bunday yondashuvlarga Marg‘inoniyning yuksak maqomi va buyuk olimligidan xabarsizlik sabab bo‘lgan», — deb ta’kidlagan. Shayx Muhyiddin Abdulqodir (vaf. 775 h.) ibn Muhammad al-Qurashiy al-Misriy, «Al-Hidoya» kitobida keltirilgan hadislarni taxriyj qilib, ya’ni hadislar matni to‘g‘ri ekanligi va roviylarining ishonarli ekanligini isbotlab berib, uni «al-Inoya bi-ma’rifati ahodiysi-l-Hidoya» deb atagan. Shuningdek, shayx Alouddin «Al-Kifoya fi ma’rifati ahodisi-l-Hidoya» nomli kitobida, shayx Jamoluddin Abdullo ibn Yusuf Zayla’iy «Nasburra’ya li ahodiy-si-l-Hidoya» nomli kitobida mazkur hadislarning sahihligini ko‘rsatib berganlar. Oxirgi asarni ibn Hajar Asqaloniy qisqartirib, «Ad-Diroya fi muntaxabi ahodi-si-l-Hidoya» deb atagan.
Qur’oni karimdan keyin islom huquqining asosiy manbalaridan biri bo‘lmish sunna sohasida to‘plangan Imom Buxoriyning «Al-Jomi’ as-sahih» kitobi ustidan, Brokkelman «Arab adabiyoti tarixi»da yozishicha, 43 sharh yozilgan. Ahlvardning yozishicha, faqatgina Berlindagi qo‘lyozmalar ro‘yxatiga uning 60 ta sharhi kiritilgan. Shunga binoan aytish mumkinki, al-Buxoriy asaridan keyin al-Marg‘inoniyning «Al-Hidoya»si eng ko‘p sharhga ega bo‘lgan asardir. Bu esa «Hidoya»ning qanchalik buyuk ilmiy-amaliy va hayotiy ahamiyatga molik ekanining inkor etib bo‘lmaydigan dalillaridandir.
Yüklə 39,2 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə