4-mavzu. Abu Ali ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy, Abu Muin Nasafiy, Mahmud Zamaxshariy va Burhoniddin Marg’inoniylarning hayoti, faoliyati va ilmiy merosi



Yüklə 39,2 Kb.
səhifə1/5
tarix20.06.2023
ölçüsü39,2 Kb.
#118180
  1   2   3   4   5
4-mavzu. Abu Ali ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy, Abu Muin Nasafiy, Mahmud Zamaxshariy va Burhoniddin Marg’inoniylarning hayoti, faoliyati va ilmiy merosi


4-mavzu. Abu Ali ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy, Abu Muin Nasafiy, Mahmud Zamaxshariy va Burhoniddin Marg’inoniylarning hayoti, faoliyati va ilmiy merosi.

Reja:
1. Abu Ali ibn Sino – ulug‘ qomusiy alloma.


2. Abu Rayhon Beruniyning ilmiy faoliyati.
3. Abu al Mu’yin an-Nasafiy islom ilohiyoti va kalom ilmini rivojlantirgan alloma.
4. Az-Zamaxshariyning hayoti va faoliyati.
5. Burhonuddin al-Marg‘inoniy – buyuk fiqhshunos alloma.


Tayanch so‘z va iboralar: tibbiyot, al-Qonun, Ma’mun akademiyasi, “Jorulloh” . “Al – Kashshof ”, fiqh,al-Hidoya”.


Adabiyotlar
1. Ma'naviyat yulduzlari. -T.: Fan, 1999.
2. Ibrohim Mikoil o‘g‘li Veliev. Qoffol Shoshiy. Qisqacha ma'lumotnoma. –T.: Istiqlol, 2005.
3. Islom ensiklopediyasi. -T., 2004.
4. Karimov I. A. Tarixiy xotirasiz kelajak yo‘q. T., “Sharq”, 1998.
5. Irisov A. Abu Rayhon Beruniyning “ Hindiston ” asari. –T.: Fan, 1965.
6. Irisov A. Abu Ali ibn Sino. Hayoti va idodiy merosi. -T.: Fan, 1980.
7. Qodirov A. O‘rta Osiyoda medisinaning paydo bo‘lishi. –T., 1990.
8. Nizomiddinov N. Janubiy - Sharqiy Osiyo: diniy falsafiy ta'limotlar va islom. -T., 2006.


1. Abu Ali ibn Sino – ulug‘ qomusiy alloma. O’rta Osiyo xalqlari madaniyatini o‘rta asr sharoitida dunyo madaniyatining oldingi qatoriga olib chiqqan buyuk mutafakkirlardan biri Abu Ali ibn Sino bo‘lib, u Yevropada Avitsenna nomi bilan mashhurdir.
Ibn Sino (asl ismi Husayn, otasining ismi Abdulloh) Buxoroning Afshona qishlog‘ida hijriy 370 (980) yilning safar oyida, amaldor oilasida tug‘ildi. 986 yilda ibn Sino oilasi Buxoroga ko‘chib keladi va shu vaqtdan boshlab yosh Husayn boshlang‘ich ma’lumot olishga, ilm-fanni o‘rganishga kirishadi. Uning yoshligi, yigitlik chog‘lari somoniylar hukmronligining so‘nggi yillariga, xususan Nuh II ibn Mansur Somoniy hukmronligi davri (976—997) ga to‘g‘ri keladi.
Ibn Sino iste’dodli, xotirasi kuchli, zehni o‘tkir bo‘lganligidan o‘z davrida ma’lum bo‘lgan ilmlarni tezdan egallay boshladi. 10 yoshidayoq Qur’oni Karimni boshdan-oyoq yod o‘qir edi. 13 yoshlaridan boshlang‘ich matematika, mantiq, fiqh, falsafa ilmlari bilan shug‘ullana boshlaydi. Ibn Sino yosh bo‘lishiga qaramay, Abu Abdullo Notiliy rahbarligida falsafani, Hasan ibn Nuh al-Qumriydan tibbiyot ilmini har tomonlama o‘rganadi, asta-sekin tabiblik bilan ham shug‘ullanadi. U o‘zidan avval o‘tgan Sharq mutafakkirlarining asarlarini chuqur o‘rganish bilan birga, qadimgi yunon tabiiy-ilmiy, falsafiy merosini, xususan Aristotel, Yevklid, Ptolemey, Galen, Gippokrat, Pifagor, Porfiriylarning asarlarini ham qunt bilan o‘rgandi. 16—17 yoshidayoq ibn Sino mashhur tabib — hakim bo‘lib tanildi. 999 yilda Buxoro qoraxoniylar tomonidan zabt etilgach, Somoniylar hokimiyati inqirozga uchradi. 1000 yilda ibn Sino Buxorodan chiqib ketdi va madaniyat markazlaridan biri hisoblangan Xorazmga bordi, u yerda Xorazm hokimi Ali ibn Ma’mun saroyidagi olimlarni birlashtirgan o‘z zamonasining akademiyasiga qabul qilindi. Ibn Sino Beruniy, ibn Miskavayh, Abu Sahl Masihiy, Abulxayr Hammor, Abu Nasr ibn Iroq kabi etuk olimlar bilan yaqindan tanishdi. Lekin bu davrda kuchayib borayotgan Mahmud G‘aznaviyning ta’qibidan qochib, Xorazmni tashlab ketishga va Xuroson, Eronning turli shaharlarida saroon-sargardonlikda yurishga majbur bo‘ldi. Abivard, Tus, Nishopur shaharlari orqali Jurjon shahriga kelgan ibn Sino hokim Qobus ibn Vashmgir saroyida mashhur tabib sifatida yashadi, bo‘lajak shogirdi Juzjoniy bilan tanishdi. 1019—21 yillarda Hamadonda vazir lavozimida xizmat qilarkan, hokim bilan kelisha olmay, 4 oy qamoqda yotib chiqdi. 1023 yilda Isfahonga qochdi va butun umrini ilmiy asarlar yozishga bag‘ishladi. Ibn Sinoning "Kitob al-qonun fit-tibb", "Kitob un-najot", "Kitob ul-insof" kabi mashhur asarlari, geometriya, astronomiya, o‘simlik, hayvonot olami, mantiqqa oid risolalari, "Hayy ibn Yaqzon" falsafiy qissasi so‘nggi yillarda yozilgan. U Isfahonda rasadxona qurish bilan mashg‘ul bo‘ldi. Umrining so‘nggi yillarida feodal urushlar kuchayib ketganligi, ijtimoiy-siyosiy hayotda o‘zi ham faol qatnashganligi tufayli u Isfahon, Ray, Hamadon shaharlari orasida sarson-sargardonliqda yurib, 1037 yil 18 iyunda Isfahon shahrida 57 yoshida qulunj kasalligidan vafot etdi.
Ibn Sino asarlarining umumiy soni 450 dan oshadi, lekin bizgacha faqat 160 ga yaqin asari etib kelgan, xolos. Ko‘p risolalari shaharma-shahar ko‘chib yurish, feodal urushlari, saroy to‘polonlari, turli falokatlar tufayli yo‘qolib kettan. Ko‘p manbalarda ibn Sino avvalo tabib sifatida talqin etiladi, holbuki tabobat uning ilmiy sohalari orasida eng muhimlaridan biridir, xolos. Ibn Sino asarlarining asosiy qismi Yaqin va O‘rta Sharqning o‘sha davr ilmiy tili hisoblangan arab tilida, ba’zilari fors tilida yozilgan. Uning bizga ma’lum bo‘lgan katta asari "Kitob ush-shifo" ("Shifo kitobi") 22 jilddan iborat bo‘lib, 4 ta katta bo‘limini mantiq, fizika, matematika, metafizikaga doir masalalar egallagan. Uning ayrim qismlari lotin tiliga, Yevropadagi boshqa tillarga, sharq tillariga, shuningdek, rus, o‘zbek tillariga tarjima qilingan. 20 jilddan iborat bo‘lgan "Kitob ul-insof" ("Insof kitobi") bizgacha etib kelmagan, chunki Isfahondagi yong‘inda yo‘qolgan. "Kitob un-najot" ("Najot kitobi") 4 katta qismdan — mantiq, fizika, matematika, metafizikadan iborat. "Kitob lison ul-arab" ("Arab tili kitobi") 10 jildni tashkil etadi. "Donishnoma" fors tilida yozilgan bo‘lib, 4 qismni — mantiq, fizika, matematika, metafizikani o‘z ichiga oladi (rus tiliga tarjima etilgan, bir qismi o‘zbek tilida bosilgan).
Ibn Sino asarlari o‘rta asrlarda Yevropada ilmiy til hisoblangan lotin tiliga, u orqali Yevropaning boshqa tillariga o’girilgan. Ibn Sino ilmiy risolalardan tashqari, chuqur falsafiy mazmunli badiiy obrazlar va ma’lum voqealar orqali ifoda etuvchi "Tayr qissasi", "Salomon va Ibsol", "Hayy ibn Yaqzon" kabi falsafiy qissalar yaratgan.
Ibn Sino zamonasining yetuk shoiri ham bo‘lgan. U Sharq, xususan, fors poeziyasida ruboiy janrining asoschilaridan biri bo‘lib, ruboiylari o‘zida chuqur falsafiy xulosalarni ifodalaydi. Ibn Sino arabcha qit’alar ham yozgan (Uning she’riy merosi qisman rus va o‘zbek tillarida nashr etilgan). Ibn Sino tabobat masalalarini ommabop holda nazm bilan izohlovchi "Urjuza" nomli tibbiy asar yaratdi. Uning Aristotel (Arastu) ta’limoti xususida Abu Rayhon Beruniy bilan va o‘zining shogirdi — ozarbayjonlik mutafakkir Baxmanyor bilan yozishmalari fan olamida mashhur. Ayniqsa, tabobat, u bilan bog‘liq holda anatomiya, psixologiya, farmakologiya, terapiya, xirurgiya, diagnosika, gigiyena kabi ilmlar ibn Sino ijodida bir qancha yangi ixtirolar bilan boyidi va yangi bosqichga ko‘tarildi. Bulardan tashqari, kimyo, mineralogiya, astronomiya, matematika, o‘simlik dunyosi, geologik jarayonlarni o‘rganish sohasida ham u yangi-yangi fikrlarni olg‘a sura oldi. Ibn Sinoning tibbiyot sohasidagi asarlaridan "Kitob al-qonun fit-tibb" ("Tib qonunlari"), "Kitob ul-qulanj" ("Ichak sanchiqlari"), "Kitob un-nabz" ("Tomir ko‘rish haqida kitob"), "Fuj ul-tibbiya joria fi majlisih" ("Tib haqida hikmatli so‘zlar"), "Tadbir ul-manzil" ("Turar joyning tuzilishi"), "Fil-hindubo" ("Sachratqi o‘simligi haqida"), "Risola fi-dastur it-tibbiy" ("Tibbiy ko‘rsatmalar haqida") kabi asarlari mavjud. Uning tibbiyotga oid qomusiy asari "Kitob al-qonun fit-tibb" 5 mustaqil katta asardan tarkib topgan: ularning har biri ma’lum sohani izchil, har tomonlama yoritib beradi.
Mineralogiya ilmining rivojida ham ibn Sinoning xizmati katta. U minerallarni 4 guruhga ajratadi: 1) toshlar; 2) eriydigan jism (metal)lar; 3) oltingugurtli yonuvchi jismlar; 4) tuzlar.
Kimyoda ham ibn Sino zamonasining bilimlarini umumlashtirishga harakat qilib, turli asarlar yozdi, tajribalar o‘gkazdi. Xususan, uning organik kimyo sohasidagi fikrlari keyingi davr mutaxassislari tomonidan yuqori baholandi. U oddiy metallni qimmatli metallga aylantirish usida fikr yurituvchi alximiklarni tanqid qildi. Ibn Sino astronomiya sohasida Ptolemeyning geosentrik nazariyasidan tashqariga chiqmagan bo‘lsa-da, tabiiy hodisalarning ichki sababiy bog‘lanishini aniqlashga harakat qildi, inson hayoti va ijtimoiy hodisalarni osmon jismlari harakati, holatiga bog‘lovchi astrologiyaga shubha bilan qaradi, turli tajribalar o‘tkazish uchun yangi astronomik asbob yaratish, botanikada turli o‘simliklarning tabiiy xususiyatlarini o‘rganish, ilmiy terminologiya yaratish sohasida ish olib bordi.
Ibn Sino ijodida fanning strukturasini tekshirish, ilmlarning tartibini aniqlash, ularni tasnif qilishga e’tibor alohida o‘rin egallaydi. Bu masalada ham olim Forobiy boshlab bergan fanlar tasnifi haqidagi masalani yanada taraqqiy etirishga harakat qiladi. Ibn Sinoning falsafiy tizimini ifodalovchi asarlarida ("Kitob ush-shifo", "Kitob un-najot", "Donishnoma") falsafiy bilimlar: mantiq, fizika, matematika, metafizika tartibida beriladi. Bulardan mantiq — bilishning metodi, mavjudotni o‘rganish, u haqda fikr yuritishning ilmiy usuli sifatida talqin etiladi. "Mantiq, — deb yozadi ibn Sino, — insonga shunday bir qoida beradiki, bu qoida yordamida inson xulosa chiqarishda xatolardan saqlanadi". Mantiq yordamida inson haqiqiy bilimni yolg‘ondan ajratadi va noma’lum narsalarni o‘rganadi. U - mantiq ilmini tadqiq etishga katta e’tibor beradi, unga maxsus risolalar bag‘ishlaydi. Xususan, u mantiqiy usullar, ta’riflash, hukm, xulosa chiqarish, isbotlash masalalarini o‘rganishga katta hissa qo‘shdi, mantiq fanini Forobiydan so‘ng bilishning to‘g‘ri metodi sifatida rivojlantirdi. Mantiqdan tashqari barcha qolgan ilmlarni ibn Sino tabiat va ijtimoiy hodisalar haqidagi ilmlar sifatida o‘zining "Aqsom ul-ulum ul-aqliya" ("Aqliy bilimlar tasnifi") asarida alohida-alohida sanab, ta’rif berib o‘tadi. Ibn Sino falsafiy ilmlarni avvalo ikkiga bo‘ladi: nazariy va amaliy ilmlar.
Nazariy ilmlar haqiqatni bilishga, amaliy ilmlar yaxshi ishlarni bajarishga qaratilgan. Falsafaning nazariy qismi uchga bo‘linadi: 1) quyi darajadagi ilm, ya’ni tabiatshunoslik; 2) o‘rta darajadagi ilm — matematika; 3) oliy darajadagi ilm — metafizika. Falsafaning amaliy qismi ham uchga bo‘linadi: a) shaxs haqidagi ilm; b) insonning o‘zaro munosabatlari haqidagi ilm; v) davlatni, mamlakatni boshkarish haqidagi ilm. Nazariy-falsafiy ilmlarga kiruvchi har uch turdagi ilmlar asosiy va yordamchi bo‘laklarga ajraladi; tabiatshunoslik ilmlari asrologiya, medisina, alkimyo kabi yetti xil tarmoqni o‘z ichiga oladi. Matematika esa arifmetika, geometriya, astronomiya, muzika nomi bilan 4 tarmoqqa bo‘linadi. Asarda 29 ilm tarmog‘i tilga olinadi.
Ibn Sino o‘zining ko‘p tarmoqli mahsuldor ijodi, boy merosi bilan jahon madaniyati taraqqiyotida katta rol o‘ynadi. U o‘z davrida Sharq va Yevropada "Shayx ur-rais", "Olimlar boshlig‘i", "Tabiblar podshohi" kabi eng buyuk nomlarga sazovor bo‘ldi.
Ibn Sino xalq orasida shu darajada hurmatga sazovor bo‘ldiki, u folklor qahramoniga aylanib ketdi. Sharq xalqlarida uning to‘g‘risida turli hikoya, rivoyat, afsonalar vujudga keldi. Jahon olimlari ibn Sino asarlari, uning faoliyati to‘g‘risida ko‘pdan beri ilmiy tadqiqot ishlarini olib boradilar. Hozirda jahonning deyarli barcha yirik tillarida ibn Sino haqida asarlar yaratilgan.

Yüklə 39,2 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə