4-mavzu: Ijtimoiy guruhlar psixologiyasi, ekstremal vaziyatlarda omma bilan ishlashda tibbiyot xodimlarni o‘rni. Reja


psixik asos – etnik xarakter, temperament, milliy an‟analar va odatlardan iborat  barqaror qism; 2)  hissiyot sohasi



Yüklə 421,64 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/13
tarix19.05.2023
ölçüsü421,64 Kb.
#111295
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
4 (1)

psixik asos
etnik xarakter, temperament, milliy an‟analar va odatlardan iborat 
barqaror qism;
2) 
hissiyot sohasi 
etnik yoki milliy his-kechinmalarini o„z ichiga olgan dinamik qism. 
Lekin tadqiqotchilar nima uchundir, milliy psixologiya masalalari bilan shug„ullanishganda, 
milliy qirralar yoki sifatlarni aniqlash bilan shug„ullanadilar-da, u yoki bu millatlargagina xos 
bo„lgan qirralarni topishga urinadilar, lekin fan-texnika rivojlangan, millatlar uyg„unligi, 
millatlarning doimiy o„zaro hamkorligi va muloqoti sharoitida, aralash nikohlar keng tarqalgan 
sharoitda faqat u yoki bu millatga xos bo„lgan qirralar haqida gapirish juda qiyin. Masalan, 
o„zbekistonliklar o„rtasida o„tkazilgan kichik tadqiqot natijasida shu narsa ma‟lum bo„ldiki, 
mehmonnavozlik, kamtarlik, samimiylik kabi ijobiy sifatlar o„zbek xalqigagina xos emish. 
To„g„ri, bu sifatlar albatta o„zbeklarda bor. Lekin, aynan shu sifatlar boshqa millatlar vakillarida 
yo„q deyishga xaqqimiz yo„q. Xuddi har bir shaxs ongida turlicha stereotiplar, ya‟ni, o„rnashib 
qolgan obrazlar bo„lganidek, har bir oila, yaqin oshna-og„aynilar va o„ziga o„xshash shaxslar 
bilan muloqot jarayonida u yoki bu millat vakilida ham o„z millatiga xos bo„lgan sifatlar haqida 
stereotiplar paydo bo„lib, ular ongida o„rnashib boradi. Bunday stereotiplar o„z millatiga va 
boshqa xalqlarga nisbatan bo„lib, boshqalar haqidagi tasavvurlar ancha sodda, yuzaki, 
mazmunan tor bo„ladi. Shunday tasavvurlar asosida boshqa millatlarga nisbatan yoqtirish 
(simpatiya) yoki yoqtirmaslik (antipatiya) va befarqlik munosabatlari shakllanadi. O„z millati 
haqidagi tasavvur va stereotiplar esa milliy “etnotsentrizm” hissini shakllantiradiki, shu his 
tufayli shu milliy guruh vakillarida boshqa millatlarga nisbatan irratsional munosabatlar paydo 
bo„lishi, bu esa milliy antogonizm va milliy adovatlarni keltirib chiqarishi mumkin. Millatlararo 
adovat va milliy etnotsenrizmning o„ziga xos tusi borasida davlatimiz rahbari Islom Karimova 
o„zining “O„zbekiston XX1 asr bo„sag„asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va 
taraqqiyot kafolatlari” nomli tarixiy asarlari juda teran fikrlarni bayon etganlar. Asarda 
ta‟kidlanganidek, “O„zbekiston aholisining ko„p millatliligi o„zbek xalqining milliy o„zligini 
anglashi va ma‟naviy qayta tiklanishining o„sishi bilan chambarchas bog„liq xolda jamiyatni 
yangilash, uni demokratlashtirishga undovchi zo„r kuch bo„lib xizmat qilmoqda. Bu 
respublikaning jahon hamjamiyatiga qo„shilishi uchun qulay shart-sharoit yaratmoqda”. Lekin 
ta‟kidlash joizki, musatqillikning dastlabki yillarida yurtimizda ko„p yillar mobaynida sobiq 
ittifoq sharoitida aholini bir xil “baynalmilallashtirish”, yagona “sovet xalqi” g„oyasini singdirish 
mafkurasi ta‟sirida bo„lgan xalqlar va millatlarning milliy o„zligini anglashi, shu bilan birgalikda 
millatlarao va diniy bag„rikenglik siyosatini olib borish unchalik oson kechmadi. 
Prezidentimizning jamiki yurtimizda istiqomat qilayotgan yuzdan ziyod millat va elatlarning 
manfaatlarini bir xil himoya qilish, ular o„rtasida do„stlik va hamjihatlikni kuchaytirishga 
qaratilgan dono siyosati tufayli, buguni kunda barcha o„zbekistonliklar shu yurt, shu Vatan 
ravnaqi yo„lida bir xil kurashish bilan birgalikda o„z milliy qadriyatlari, madaniyati, san‟ati, 
yashash tarzini hurmat qilishga, uning eng jozibali va tarbiyaviy nuqtai nazardan noyob 
an‟analarini davom ettirish, namoyon etish imkoniyatiga ega bo„ldilar. Zero, davlatimiz rahbari 
ta‟kidlaganlaridek, “Har qanday millat, u naqadar kichik bo„lmasin – insoniyatning boyligidir va 
har qanday milliy birlikning, uning til, madaniy va boshqa xususiyatlarining yo„q bo„lib ketishi 
Er yuzidagi madaniy va genetik fondning, shaxs imkoniyatlarining qashshoqlashuviga olib 
keladi. Shu bois har bir etnik birlikni saqlab qolish unga mansub odamlarning eng muhim 
maqsadi bo„lmog„i kerak.” Demak, mustaqil yurtimizda millatlararo va elatlar ichidagi o„zaro 
aloqalar muammolari strategik ahamiyatli bo„lib, bu o„z navbatida olimlar, xususan, 
etnopsixologlar oldiga millatlar do„stlikni va bahamjihatlikni takomillashtirishga yo„naltirilgan 


fundamental va tadbiqiy ishlarni amalga oshirish, natijalari bilan yurtimizda tinchlik va 
totuvlikni barqarorlashtirishga hissa qo„shish vazifasini qo„yadi. 
Bu borada, ijtimoiy psixologlar va mafkurachilar oldida turgan muammolardan biri millat 
vakillarida 

Yüklə 421,64 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə