4-mavzu: Ijtimoiylashuv – ijtimoiy-pedagogik jarayon Reja


Ijtimoiylashuv vositalari



Yüklə 13,28 Kb.
səhifə3/5
tarix20.10.2023
ölçüsü13,28 Kb.
#128794
1   2   3   4   5
4-mavzu Ijtimoiylashuv – ijtimoiy-pedagogik jarayon Reja

3.Ijtimoiylashuv vositalari
Inson ijtimoiylashuvi u yoki bu jamiyat ijtimoiy qatlamlariga xos bulgan universal
vositalar orqali amalga oshiriladi. Ularga quyidagilar kiradi:
goʻdakni emizish va gʻamxoʻrlik qilish usullari, maishiy va gigiyenik yurish-turish qoidalari, insonni oʻrab turuvchi moddiy madaniyat mahsulotlari, maʼnaviy madaniyat unsurlari (alladan boshlab ertaklargacha), muomala usuli va mazmuni, oilada jazolash va mukofotlash uslublari, insonning qayotiy faoliyatidagi koʻp sonli munosabatlari: muloqot, oʻyinlar, maʼnaviy-amaliy faoliyat, sport bilan shugʻullanish. ha r bir jamiyat, davlat, ijtimoiy guruh ijobiy va salbiy, rasmiy va norasmiy qarorlar, taʼqiqlashlar, ruxeat berish, majburlash kabi chora-tadbirlarni ishlab chiqadi. Bu choralar yordamida inson xulq-atvori shu jamiyatda qabul qilingan meʼyoriy qadriyatlarga moslashtiriladi. Bola ijtimoiylashuvining yetakchi vositalari: muloqot (otaonalar, tengdoshlar va boshqalar bilan) hamda faoliyat (oʻyin, oʻqish, ijod, sport). Psixologik-pedagogik tadqiqotlar jarayonida turli yosh davrlariga xilma-xil faoliyat turlari mos kelishi anikutangan. Bolaning barqaror rivojlanish ining eng muhim shartlaridan biri muloqotdir. Muloqot va faoliyatning yetakchi turlariga nisbatan quyidagi yosh davrlari qoʻllaniladi:
1) goʻdaklik davri — bevosita \issiy-ruhiy;
2) goʻdaklikdan keyingi davr — predmetli faoliyat;
3) maktabgacha davr — rolli oʻyinlar;
4) ilk maktab davri — oʻquv faoliyati;
5) oʻsmirlik davri — kasb taʼlimi faoliyati;
6) oʻspirinlik davri — shaxsiy muloqot faoliyati
4.Ijtimoiylashuv agentlari
Insonning voyaga yetishida va shakllanishi jarayonida u bilan bevosita munosabatda boʻlgan kishilar muhim oʻrin tutadilar. Ularni ijtimoiy pedagogikaga oid adabiyotlarda “ijtimoiylashuv agentlari’1 deb hrm nomlanadi. Turli yosh davrlarida agentlarning tarkibi turlicha buladi. Bolalar va oʻsmirlar uchun ota-ona, aka-uka, opa-singillar, qarindoshlari, tengdoshlari, qoʻshnilar agent boʻlishlari mumkin. Yoshlik davriga kelib, agentlar qatoriga turmush oʻrtogʻi va hamkasblari ham qushilishlari mumkin. Ijtimoiylashuvdagi tutgan oʻrniga, inson uchun ahamiyatiga qarab agentlar faol taʼsir etuvchi va faol taʼsir koʻrsatmaydigan agentlarga farqlanadi.

Yüklə 13,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə