4-mavzu: Ijtimoiylashuv – ijtimoiy-pedagogik jarayon Reja



Yüklə 13,28 Kb.
səhifə2/5
tarix20.10.2023
ölçüsü13,28 Kb.
#128794
1   2   3   4   5
4-mavzu Ijtimoiylashuv – ijtimoiy-pedagogik jarayon Reja

2.Ijtimoiylashuv jarayoni
Bolaning ijtimoiylashuvi, xususan, insonning ijtimoiy moslashuvi uning bilishga
bulgan obʼektiv ehtiyoji jarayonida paydo buladi. Biroq bu bilan uzviy ravishda bolada boshqa bir obʼektiv ehtiyoj — oʻziga xoslikni namoyon qilish hissi ham shakllanadi. Bola uni yuzaga chiqarish uchun turli usul va vositalarni qidira boshlaydi va buning natijasida uning individuallashuvi roʻy beradi. Shaxsning faqat oʻziga tegishli bulgan ijtimoiy ahamiyatga ega xislatlari individual tarzda namoyon buladi, uning ijtimoiy xulq-atvori esa takrorlanmas jihatlarga ega buladi. Bolaning ijtimoiy rivojlanishi oʻzaro bogʻliq bulgan ikki yoʻnalishda olib boriladi: moslashuv (ijtimoiy madaniy tajriba, madaniyatni oʻzlashtirish) va individuallashuv (mustaqillik, nisbatan uziga xoslikka ega boʻlish). Shunday qilib ijtimoiylashuv tushunchasi zamonaviy fanda inson shaxsining moslashuvi va individuallashuvi jarayonlarini oʻzaro bogʻlaydi. Inson (bola)ning aniq bir jamiyat sharoitlariga moslashuvi yoki undan ajralib chiqishi (individuallashuvi) ijtimoiylashuv jarayonining mazmunini tashkil qiladi. Moslashish subʼekt va ijtimoiy muhitning oʻzaro faol yaqinlashuv jarayoni va natijasidir. (J. PiaJe, R. Mertoj). Ijtimoiy moslashuv esa ijtimoiy muqit talablariga insonning munosabat bildirishidir. Shunday qilib, ijtimoiylashuv (moslashuv) individning ijtimoiy mavjudotga aylanish jarayoni va natijasidir. Individuallashuv insonning obʼektiv ehtiyojlar bilan
bogliq hrlda jamiyatda maʼlum darajada alohidalikka intilishi bulib, uning yoshligidayoq oʻz-oʻzini namoyon qilishga boʻlgan harakatlarida paydo boʻladi. Bu ehtiyoj kuyidagicha namoyon boʻladi:
a) oʻz qarashlariga ega boʻlish;
b) oʻziga xosliklarga ega boʻlish;
v) oʻziga tegishli boʻlgan masalalarni oʻzi hal qilish;
g) oʻz mavqeini anik^ab olishiga xalaqit beradigan hayotiy holatlarga qarshi turish.
Agar sh axsning jamiyatga kirish ida moslash uv va individuallashuv jarayonlari oʻrtasida tenglik yuzaga kelsa, insonning jamiyatga yaqinlashuvi roʻy beradi. Shu bilan birga, bunday \ollarda shaxs va muhitning oʻzaro taʼsir etishi ham sodir boʻladi.
Shunday qilib, muvaffaqqiyatli ijtimoiylashuv moslashuv va individuallashuv oʻrtasida muvozanat saqlangandagina amalga oshishi mumkin. Bu jarayon uch asosiy sohada amalga oshadi:
1. Faoliyat turlarining kengayishi, uning shakl va vositalarini qoʻlga kiritish, erkin moʻljal olish.
2. Muloqot doirasini kengaytirish, uning mazmunini chuqurlashtirish, xulq-atvor meʼyorlarini oʻzlashtirish.
3. Shaxsiy "Men” obrazini faoliyatning faol ishtirokchisi sifatida shakllantirish, uz ijtimoiy mansubligi va oʻrnini anglash, oʻziga baho berishni shakllantirish.

Yüklə 13,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə