4-mavzu: Ijtimoiylashuv – ijtimoiy-pedagogik jarayon Reja


Ijtimoiylashuv mexanizmlari



Yüklə 13,28 Kb.
səhifə4/5
tarix20.10.2023
ölçüsü13,28 Kb.
#128794
1   2   3   4   5
4-mavzu Ijtimoiylashuv – ijtimoiy-pedagogik jarayon Reja

5.Ijtimoiylashuv mexanizmlari
Insonning ijtimoiylashuvi turli omillar, agentlar bilan hamkorlikda va bir qator
mexanizmlar asosida amalga oshadi. Fransuz olimi Gabriel Tard, amerikalik Uri Bronfenbrener, rus olimlaridan V. S. Muxina va A. V. Petrovskiylarning tadqiqotlarida ijtimoiylashuv mexanizmlariga turlicha yondashuvlar keltiriladi. Mavjud maʼlumotlarning umumlashtirilishi quyidagi mexanizmlarni alohida ajratib koʻrsatish imkonini beradi:
I. P. Podlasыy tasnifi boʻyicha, ijtimoiylashuv mexanizmlari quyidagilardan iborat:
Bostirish mexanizmi. Uning mazmuni muayyan gʻoya, fikr, xohish, istaklarni ongdan chiqarib tashlashdan iborat. Bu mexanizmningtashqi va ichki turlari mavjud. Ichki mexanizm ham oʻz oʻrnida ixtiyoriy va gʻayri ixtiyoriyga bulinadi. Gʻayriixtiyoriy mexanizm unutishdir. Ixtiyoriy bostirish mexanizmi iroda kuchi bilan amalga oshiriladi. Tashqi bostirish mexanizmi tarbiyaning kengtarqalgan usulidir.
Ajratish mexanizmi. Bu mexanizm ijtimoiylashuv mexanizmi sifatida inson uzi uchun yomon taassurotlardan voz kechishi bilan bogʻliq. Ajratish mexanizmi, odatda, nizolarni hal qilishda kuzatiladi.
Oʻz-oʻzini cheklash mexanizmi. Bu mexanizm ijtimoiylashuv jarayonida muhim oʻrin tutadi. Agar tarbiyalanuvchiga uning yutuk^ari doʻstlarinikidan koʻra ahamiyatsizroqtuyulsa, uning uziga nisbatan hurmati pasayadi, yomon oʻqiy boshlaydi. Bu esa uning oʻz “Men”ini cheklab qoʻyishi va qiyinchiliklar oldida
ojiz qolishi, demakdir. Baʼzi hollarda oʻz-oʻzini cheklash mexanizmini qoʻllashni oqlasa boʻladi. Chunki bu holatda moslashuv sodir boʻlishi mumkin. Biroquzoq muddatli oʻz-oʻzini cheklash oʻz-oʻziga baho berishning pasayishiga olib keladi.
Oqibatda bola oʻz salohiyatini bilmay turib, ilk muvaffaqiyatsizlikdan soʻng boshlagan ishini tashlab qoʻyib, oqimga qarab suza boshlaydi;
Loyihalash mexanizmining mohiyatini oʻz kamchiliklarini boshqalarga tegishli, deb hisoblash tashkil qiladi. Oʻziga yoki boshqalarga qarshi krratilgan salbiy hissiyotlar yordamida inson oʻziga boʻlgan hurmatni saqlab qoladi. Shubhali inson boshqalardan gumonsiraydi, xudbin hammani xudbin deb hisoblaydi. Identifikatsiyalash ijtimoiylashuvning yana bir asosiy mexanizmidir. Identifikatsiya jarayonida tarbiyalanuvchi xayolan oʻzini oʻrtoqlari bilan qiyoslaydi. Identifikatsiya obyekti nafaqat real insonlar, balki tasavvurlardagi insonlar ham boʻlishi mumkin. Identifikatsiyaning toʻliq, qisman, ongli, ongsiz turlari mavjud. Identifikatsiya mexanizimi introyeksiya mexanizimi bilan juda bogʻliq. Bunda boshqalarning xislatlari, goʻyoki “ketmaket terilganday” maxsus oʻzgartirilmagan holda bola ongida oʻzlashtirib olinadi. Garchi bu mexanizm xayolan amalga oshirilsada, uning natijalarini anglab olish unchalik murakkab emas.

Yüklə 13,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə