4-Mavzu: Ijtimoiylashuv omillari va vositalari. Ijtimoiyilashuv mexanizmlari



Yüklə 129,05 Kb.
səhifə13/14
tarix17.12.2023
ölçüsü129,05 Kb.
#150076
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
4-mavzu

Ijtimoiy pеdagogika - shaxsni ijtimoiylashuvi qonuniyatlarini o’rganish, jamiyatning ijtimoiy muammolarini hal qilish maqsadida ijtimoiy pеdagogik faoliyatning samarali usullari tеxnologiyalarini ishlab chiqish va ularni qo’llashga qaratilgan pеdagogika sohasi..



Pеdagogikaning ham, ijtimoiy pеdagogikaning ham obyеkti- bu bola, biroq o’rganish prеdmеtlari turlicha.
Pеdagogikaning o’rganish prеdmеti bolani tarbiyalash qonuniyatlari hisoblanadi,
Ijtimoiy pеdagogikaning prеdmеti esa bolani ijtimoiylashtirish qonuniyatlari hisoblanadi.



Ijtimoiy pedagogika va pedagogik sotsiologiya- bu bolalarning ijtimoiylashuvi va bolalarga ijtimoiy ta'lim va ijtimoiy tarbiya berish qonuniyatlarini o`rganuvchi pedagogika fanining tarmog`idir. Ya'ni tarbiya- bu nafaqat o`quv muassasalari balki butun jamoatchilik, jamiyatning barcha jabhalarida o`z ko`rinishiga ega.
Ijtimoiy pedagogika va pedagogik sotsiologiya. Yurtimiz mustaqillikka erishgach, o`zining mustaqil taraqqiyot yo`lini belgilab oldi. Bu yo`l jamiyatimizning kelajagini o`z qo`llariga oluvchi - yoshlarga beriladigan ta'lim-tarbiya asosida belgilandi. Shu nuqtai nazardan 1997 yili 29 avgustda “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” va “Ta'lim to`g`risida”gi qonun qabul qilinib, unda kadrlar tayyorlashning milliy modeli yaratildi. Mazkur modelda ShAXS bosh va markaziy o`rinni egallab, modelning qolgan qismlari shaxs manfaatlari uchun xizmat qiladi. Ayniqsa uzluksiz ta'lim tizimi individ dunyoga kelgandan boshlab to maktabdan tashqari ta'lim muassasalaridagi “masofani” qamrab oladi.
Ta'lim-tarbiya muassalari o`z vazifalarini amalga oshiraverishi mumkin, ammo hayot qarama-qarshilik va ziddiyatlardan iborat. Yoshlar, qolaversa jamiyatning barcha a'zolari ushbu ziddiyatlarni yengib, ulardan to`g`ri xulosa chiqara oladilarmi! Demak, ta'lim-tarbiya muassasalaridan tashqari tarbiyaviy ta'sirlar, ya'ni kundalik ijtimoiy voqeliklarning shaxsga ko`rsatayotgan ta'siri, ularni ijtimoiy pedagogik, ilmiy, nazariy va amaliy o`rganish, pedagogikada shu kunga qadar yetarlicha e'tibor berilmagan ijtimoiy pedagogikaga zaruratni vujudga keltirmoqda. Kursning nomidan ham ko`rinib turganidek, ijtimoiy hayotning turli jabhalari shaxsga, ayniqsa yoshlarga, albatta o`z ta'sirini ko`rsatadi. Bunga misol tariqasida quyidagilarni misol tariqasida keltirishimiz mumkin:




Yüklə 129,05 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə