4-Mavzu: Ijtimoiylashuv omillari va vositalari. Ijtimoiyilashuv mexanizmlari



Yüklə 129,05 Kb.
səhifə2/14
tarix17.12.2023
ölçüsü129,05 Kb.
#150076
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
4-mavzu

O‘z-o‘zini cheklash mexanizmi. Bu mexanizm ijtimoiylashuv jarayonida muhim o‘rin tutadi. Agar tarbiyalanuvchiga uning yutuqlari do‘stlarinikidan ko‘ra ahamiyatsizroq tuyulsa, uning o‘z-o‘ziga hurmati pasayadi, yomon o‘qiy boshlaydi. Bu o‘z “Men”ini cheklab qo‘yish, qiyinchiliklar oldida ojiz qolishdir. Ba’zi hollarda o‘z-o‘zini cheklash mexanizmini qo‘llashni oqlasa bo‘ladi. Chunki bu holatda moslashuv sodir bo‘lishi mumkin. Biroq uzoq muddatli o‘z-o‘zini cheklash, o‘z-o‘ziga baho berishning pasayishiga olib keladi. Buning natijasida o‘z salohiyatini bilmay turib tarbiyalanuvchi ilk muvaffaqiyatsizlikdan so‘ng boshlagan ishini tashlab qo‘yadi, oqimda suza boshlaydi;
Loyihalash mexanizmining mohiyatini o‘z kamchiliklarini boshqalarga tegishli deb hisoblash tashkil qiladi. O‘ziga, boshqalarga qarshi qaratilgan salbiy hissiyotlar bilan inson o‘ziga bo‘lgan hurmatni saqlab qoladi. Shubhali inson hammadan gumonsiraydi, xudbin hammani xudbin hisoblaydi;
Identifikatsiyalash ijtimoiylashuvning yana bir asosiy mexanizmidir. Identifikatsiya jarayonida tarbiyalanuvchi hayolan o‘zini o‘rtoqlari bilan qiyoslaydi. Identifikatsiya ob’ekti nafaqat real insonlar, balki tasavvurlardagi insonlar ham bo‘lishi mumkin. Identifikatsiyaning to‘liq, qisman, ongli, ongsiz turlari mavjud.
Identifikatsiya mexanizimi introeksiya mexanizimi bilan juda bog‘liq. Bunda boshqalarning xislatlari o‘zgarmagan holda o‘zlashtirib olinadi. Garchi bu mexanizm xayolan amalga oshirilsa ham uning natijalarini anglab olish qiyin emas;
Empatiya mexanizmi, ya’ni boshqa odamning hissiy holatiga hamdard bo‘lish. Shaxsning muammo, qiyinchiliklarini yengishga yordam berish hisiyotga boy shaxslarning ijtimoiylashuvida muhim ahamiyatga ega;
Intellektuallashuv mexanizmida katta yoshdagi tarbiyalanuvchi abstrakt fikrlay boshlaydi va vaziyatdan chiqib ketish yo‘lini o‘zi uchun emas, go‘yoki boshqa odam uchun qidiriyotgandek tuyuladi. Bu mexanizm tarbiyalanuvchi hayotiy muhim muammolarga (kasallik, boshqa maktabga o‘tish, institutga kirish) duchor bo‘lganda namoyon bo‘ladi.

Yüklə 129,05 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə