4-Mavzu: Ijtimoiylashuv omillari va vositalari. Ijtimoiyilashuv mexanizmlari


Harakatlarni bekor qilish mexanizmi



Yüklə 129,05 Kb.
səhifə3/14
tarix17.12.2023
ölçüsü129,05 Kb.
#150076
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
4-mavzu

Harakatlarni bekor qilish mexanizmi fikr, xissiyot, harakatlarni susaytirish uchun qo‘llaniladi. Tarbiyalanuvchi kechirim so‘raganida, uning harakatlari kechirilishi va sof vijdon bilan harakat qila boshlashiga ishonadi. Ko‘p shaxslar shu tarzda komillikka erishishadi.
2. I.V.Mudrikning fikricha psixologik va ijtimoiy psixologik mexanizmlarga quyidagilarni kiritsa bo‘ladi:
Imprinting (xotirada saqlab qolish)-insonga ta’sir qiladigan hayotiy muhim ob’ektlarni eslab qolishi. Bu mexanizm odatda go‘daklik davrida ko‘p qo‘llaniladi. Biroq keyingi yosh davrlarida ham imprintingni kuzatishimiz mumkin.
Eksiztensial bosim mexanizmi-tilni o‘zlashtirish va o‘zaro munosabatga kirishganda kerak bo‘ladigan ijtimoiy xulq-atvor normalariga anglamagan holda ega bo‘lish.
Taqlid - biror-bir “namuna”ga o‘xshash uchun harakat qilish. Bu holat insonning ijtimoiy tajriba to‘plashining ixtiyoriy va asosan ixtiyorsiz yo‘llaridan biridir.
Refleksiya mexanizmi - ichki suhbat. Unda inson jamiyatning turli institutlari, oila, tengdoshlar jamoasi, obro‘-e’tiborli shaxslarga xos xususiyatlarga baho beradi, ularni ko‘rib chiqadi yoki inkor etadi. Refleksiya insonning turli “men” obrazlari orasidagi real va xayoliy shaxslarning ichki suhbatidir. Bu mexanizm yordamida insonning shakllanishi ro‘y beradi.
Bundan tashqari ijtimoiylashuvning ijtimoiy pedagogik mexanizmlariga quyidagilarni ham kiritsa bo‘ladi:
1.An’anaviy mexanizmi inson tomonidan oila, atrof-muhit, qo‘shnilar, o‘rtoqlariga xos norma, qarash steriotiplarini o‘zlashtirishni ko‘zda tutadi. Bu o‘zlashtirish ongsiz holatda amalga oshib, taassurotlar yordamida sodir bo‘ladi.
2. Institutsional mexanizm insonning jamiyat institutlari va turli tashkilotlari bilan o‘zaro munosabati jarayonida kuzatiladi. Bu jarayonda inson turli bilim va tajribalarni to‘plashi mumkin.
Ijtimoiylashuv omillari
Ijtimoiylashuv bolalar, o‘smirlar, yoshlarning rivojlanishiga ta’sir qiluvchi ko‘p sonli shart-sharoitlar bilan o‘zaro munosabatida yuzaga keladi. Insonga ta’sir qiluvchi bu sharoitlar omil deyiladi. Aslida ularning hammasi ham aniqlanmagan. O‘rganilgan omillar haqida bilimlar yetarli emas.

Yüklə 129,05 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə