4-Mavzu: Ijtimoiylashuv omillari va vositalari. Ijtimoiyilashuv mexanizmlari


Ijtimoiylashuvning omillari ikki guruhga bo‘linadi: tashqi va ichki



Yüklə 129,05 Kb.
səhifə4/14
tarix17.12.2023
ölçüsü129,05 Kb.
#150076
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
4-mavzu

Ijtimoiylashuvning omillari ikki guruhga bo‘linadi: tashqi va ichki.
Tashqi omillarga quyidagilar kiradi.
1. Megaomillar (mega-eng katta)-kosmos, yer shari, planetar jarayonlarni kiritsa bo‘ladi.
2.Makroomillar (makro-katta)-davlat, xalq, jamiyat, shuningdek bularga demografik, ijtimoiy, siyosiy, ekologik, ya’ni yerning barcha aholisining ijtimoiylashuviga ta’sir ko‘rsatadigan omillarni kiritiladi.
3. Mezoomillar (mezo-o‘rta)-hudud va yashash joyi ommaviy aloqa tarmoqlari, u yoki bu submadaniyatga tegishliligiga ko‘ra ajratilgan guruhlarning ijtimoiylashuvi shart-sharoitlari. Mezoomillar etnik qurilmalarni shakllantirish jarayoniga, mintaqaviy sharoitlarga, shu hududning OAVlariga ta’sir qiladi.
4. Mikroomillar, ya’ni muayyan shaxslarga ta’sir qiluvchi omillarga -oila, qo‘shnilar, tengdoshlar guruhlari, tarbiya muassasalari, turli ijtimoiy, diniy, davlat, xususiy tashkilotlar kiradi.
Shaxs tug‘ilganidan boshlab rivojlanadigan muhit sotsium yoki mikrosotsium deyiladi.
Ichki biologik omillar ham mavjud. Ularni bir-biridan mustaqil o‘rganishning iloji yo‘q. Zamonaviy ilmiy nazariyalarda shaxs rivojlanishining asosiy omillari sifatida biologik va ijtimoiy omillar ajratib ko‘rsatiladi.
Biologik omillar. Biologik irsiyat insonni inson qiluvchi umumiy jihatlarini aniqlaydi. Irsiyat deganda ota-onalardan bolalarga turli belgi, o‘xshashlik, xususiyatlarning o‘tishi tushuniladi. Irsiyatga ko‘ra bolaga ota-onasidan inson organizmi, asab tizimi, miya va his-tuyg‘u organlari, shuningdek, qomat tuzilishi, soch, teri rangi o‘tadi. Bular insonni boshqa insonlardan ajratib turuvchi tashqi omillar hisoblanadi. Shuningdek irsiyat bo‘yicha nerv faoliyatini rivojlantiradigan nerv xususiyatlari ham o‘tishi mumkin. Irsiyat bolaning tabiiy xususiyatlari asosida biror-bir faoliyat sohasida muayyan qobiliyatlarining shakllanishini ko‘zda tutadi. Psixologik ma’lumotlarga ko‘ra, qobiliyat insonning tabiiy xususiyati bo‘la olmaydi. Bola qobiliyatlarining namoyon bo‘lishi uning hayot, ta’lim-tarbiya jarayonlariga bog‘liq.
Ota-onadan bolaga o‘tuvchi bir qator kasalliklar mavjud. Masalan: qon kasalliklari, shizofreniya, epilepsiya, daun kasalligi va boshqalar. Bu kasalliklarni ginetika fani o‘rganadi.
Hozirgi paytda bola rivojlanishiga ekologik muhit, atmosferaning buzilishi kabi tashqi omillar ham salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Buning natijasida jismoniy nuqsonli bo‘lib tug‘ilayotgan bolalar soni ko‘paymoqda. Bunday bolalarning muomalaga kirishishi va faoliyat yuritishi nihoyatda og‘ir kechadi. Shuning uchun ularga o‘qitishning yangi metodlari joriy qilinmoqda va bu metodlar ularning aqliy rivojlanishga erishishlariga yordam beradi. Jismoniy nuqsonli bolalar bilan maxsus pedagoglar shug‘ullanishadi. Bu bolalar o‘z tengqurlari bilan muomalaga kirishganlarida jiddiy muammolarga duch kelishadi. Bu esa ularning jamiyatga integratsiyalashuvlarini qiyinlashtiradi. Shuning uchun bunday bolalar bilan ijtimoiy pedagogik ish olib borishning asosiy maqsadi bolaga tashqi olam bilan aloqa qilish kanallarini ochishdir.
Ijtimoiy omillar. Insonning biologik mavjudotdan ijtimoiy sub’ektga aylanishi uning ijtimoiylashuvi, jamiyatga integratsiyasi natijasida sodir bo‘ladi. Bu jarayon shaxsning ijtimoiy ahamiyatga ega xislatlari asosida shakllanadigan qadriyat, ijtimoiy norma, xulq-atvor namunasi orqali amalga oshadi.
Ijtimoiylashuv insonning butun hayoti davomida kechadigan ko‘p qirrali jarayondir. U ayniqsa bolalik va yoshlik davrida nihoyatda jadallik bilan kechadi. Chunki aynan bolalikda asosiy ijtimoiy me’yorlar o‘zlashtiriladi.
Bola ijtimoiylashuvida sotsium muhim ahamiyatga ega. Bu ijtimoiy muhitni bola asta-sekinlik bilan o‘zlashtiradi. Agar bola tug‘ilgandan keyin asosan oilada rivojlansa, uning keyingi rivojlanishi turli muhitlar - maktabgacha ta’lim muassasalari, maktab, maktabdan tashqari tarbiya muassasalari, turli ko‘ngilochar maskanlarda kechadi. Yosh o‘sib borgan sari ijtimoiy muhit “hududi” kengayib boradi. Bola qanchalik ko‘p muhitlarni o‘zlashtirsa, u shunchalik keng doira hududini egallashga harakat qiladi. Bola doimo o‘zi uchun qulay bo‘lgan uni yaxshi tushunadigan, unga hurmat bilan munosabatda bo‘ladigan muhitni izlashga urinadi. Shuning uchun u bir muhitdan boshqa muhitga ko‘chib yuradi. Muhit bolaning shakllanishida, uning ijtimoiy tajriba to‘plashida ijtimoiylashuv jarayoni uchun muhim ahamiyatga ega.
Muhit tushunchasi turli fan vakillari-sotsiologlar, psixologlar, pedagoglarning o‘rganish ob’ekti hisoblanadi. Ular muhitning bunyodkorlik salohiyati va bola shakllanishi, rivojlanishidagi ta’sirini o‘rgandilar.

Yüklə 129,05 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə