4-Mavzu: Islom va Markaziy Osiyo sivilizatsiyalari (2 soat) Reja


(arab. sunna— odat, an’ana, xatti-harakat tarzi)



Yüklə 88,66 Kb.
səhifə2/2
tarix26.02.2023
ölçüsü88,66 Kb.
#101532
1   2
4 Мавзу

(arab. sunna— odat, an’ana, xatti-harakat tarzi) islom dinidagi 2 asosiy yo‘nalishdan biri va eng keng tarqalgani. Jahondagi barcha musulmonlarning taxminan 90 % i sunniylikka mansub. Sunniylikda to‘rtta diniy-huquqiy mazhab (hanafiylik, molikiylik, shofi’iylik, hanbaliylik) mavjud. Sunniylik islomda an’anaviy e’tiqod yo‘li deb e’tirof etilib kelgan.
SHialik (arab.-guruh, tarafdorlar) – o‘zining tarqalishi va ijtimoiy-siyosiy mohiyati bilan sunniylikdan keyin ikkinchi o‘rinda turadi. Hozir jahonda musulmonlarning 8 % shialikka mansub hisoblanadi. SHialik VII asr o‘rtalarida xalifa Ali hokimiyati tarafdorlaridan iborat siyosiy guruh sifatida vujudga kelgan. VII asr oxirlariga kelib Iroq va Eronda keng tarqalgan va islomdagi mustaqil diniy yo‘nalishga aylangan.
Xorijiylar (arab. - ajralib chiqqan, isyonchi) - islomdagi ilk oqim tarafdorlari. Xalifa Ali bilan umaviylar o‘rtasidagi kurash davomida VII asrning 2-yarmi boshlarida vujudga kelgan. Keyinchalik xorijiylar bir necha mayda guruhlarga bo‘linib ketgan. Umaviy va abbosiy xalifalar VII-IX acrlarda xorijiylarga qarshi keskin kurash olib borgan.
2) Islomdagi sektalar (firqalar), mohiyatan aqidaviy ta’limot va marosimchilik masalalarida bir-biridan farqlanadigan diniy guruhlar. Islom sektalarining eng ko‘pi shialikdan ajralib chiqqan, bulardan qarmatlar, ismoiliylar, zaydiylar, nusayriylar, aliilohiylar, druzlar va boshqalar, hamda ular ichidan ajralib chiqqan ko‘p kichik sektalarni, bobiylik, bahoiylik kabilarni tilga olish mumkin. Sunniylikdan ham o‘rta asr oxirlari va yangi davrda turli sekta va oqimlar ajralib chiqqan: ravshaniylar, ahmadiya, voisovchilar sektalarini, vahhobiylar, mahdiylar, panislomizm kabi diniy-siyosiy oqimlarni ko‘rsatish mumkin. Masalan, zamona oxir bo‘lishi va Imom Mahdiyning kelishi haqidagi diniy ta’limot. Zamona oxir bo‘lganda “yashiringan imom” erga qaytib kelib, adolatli tuzum o‘rnatadi, degan e’tiqod dastlab shialar o‘rtasida kelib chiqqan. Keyinchalik bu ta’limot sunniylarga ham o‘tgan. Islom mamlakatlarida mahdiylik g‘oyalaridan ayrim davlatga qarshi harakatlarning rahnamolari ham foydalangan (Erondagi bobiylik harakati).
Ismoiliylar – shialik ichida vujudga kelgan firqalardan birining tarafdorlari. Ushbu haakat VIII asr o‘rtalarida boshlangan, X-XI asrlarda YAqin va O‘rta SHarqda keng tarqalgan imom Ja’far as-Sodiq vorisi masalasi yuzasidan shialar o‘rtasida kelib chiqqan ixtilof bilan bog‘liq. Ismoiliylar turli davrlarda turli nomlar bilan atalgan: botiniylar, sa’biylar, ta’limiylar, mulhidlar va h.k. IX asrning ikkinchi yarmidan ismoiliylik ta’limoti tarafdorlarini qarmatlar deb atay boshlaganlar. Qarmtlar harakati Janubiy Iroqda vujudga kelgan, Suriya va YAmanda tarqalgan. Harakat o‘z nomini uning rahbari va tashkilotchisi Hamdon ibn al-Ash’asning laqabi Qarmatdan olgan. Qarmatiylar erga jamoa egaligini, umumiy (qullardan tashqari) tenglik g‘oyalarini targ‘ib etishgan. Ular islom marosimlarini bajarishmagan, shariat qoidalarini tan olmagan, ularda masjidlar bo‘lmagan.
3) Mazhablar, shariat mazhablari ham islomdagi ajralishning alohida shaklidan iborat.
4) Ilohiyot oqimlari bo‘lib, ular islom ilohiyotining shakllanish bosqichida ilohiyotga oid ayrim masalalar bo‘yicha ixtiloflar tufayli vujudga kelgan. Bulardan ash’ariylar, jabariylar, qadariylar, sifatiylar, mu’taziliylar va boshqalarni ko‘rsatish mumkin. Masalan, ash’ariylar kalomning asosiy yo‘nalishlaridan biri-Ash’ariy maktabi tarafdorlaridir. Ash’ariylarning dunyoqarashida aql diniy an’ana-naqldan ustun qo‘yiladi. Ash’ariylarning qarashlarini eng avval Eronda (X asr) keng tarqalgan shofi’iylik mazhabi tarafdorlari qabul qilganlar. Bu ta’limot Boqiloniy, G‘azzoliy va boshqalarning asarlari tufayli musulmon olamida katta ta’sirga ega bo‘lib, kalomning eng keng tarqalgan oqimiga aylangan.
5) Sufiylik yoki tasavvuf tariqatlari. Sufiylik g‘oyalari keng tarqalgach, musulmon mamlakatalarida har biri o‘z yo‘li (suluk) ni olib borgan sufiylik pirlari nomi bilan bog‘liq ravishda juda ko‘p uyushmalar paydo bo‘lgan. Umuman olganda o‘ttizdan ortiq turli tariqatlar mavjud, ulardan O‘rta Osiyoda vujudga kelgan naqshbandiylik, yassaviylik, kubraviylik, Kavkazda vujudga kelgan muridchilik va h.k. lar mashhur. Masalan, muridchilik sfiylikning shimoliy Kavkazda keng yoyilgan shakli bo‘lib, sufiylik ta’limotining zohidlik, murshidlik va imomat g‘oyalariga asoslanadi. Muridchilik XIX asrda o‘ziga xos diniy-siyosiy va harbiy uyushma sifatida tarqalib, G‘ozi Muhammad, Hamzat, SHomil kabi imomlar rahbarligida tog‘liklarning Rossiyaga qarshi urushida namoyon bo‘lgan.
5.3. Arab xalifaligi madaniyati antik madaniyat bilan o‘rta asr G‘arb madaniyatini bog‘lovchi xalqa vazifasini bajardi. Ushbu madaniyatning o‘ziga xosligi shundaki, uning taraqqiyotiga asos bo‘lgan islom nafaqat jahon dini, balki huquq va davlat, falsafa va san’at, din va fanni o‘z ichiga olgan yaxlit, betakror madaniyatdir. Arab xalifaligida arab tili davlat va hukmron sinf vakillari tili edi. Arablar bosib olgan mamlakatlarda arab tili majburan joriy etildi. Qadimgi yunon va sharq xalqlarining asarlari arab tiliga tarjima qilina boshladi. Arab tilida faqat arab olimlari emas, xalifalikka qaram bo‘lgan mamlakatlar olimlari, yozuvchilari va shoirlari ham o‘z asarlarini yozdilar. Arab xalifaligi qo‘l ostidagi mamlakatlarda ilm-fan sohasida juda katta o‘zgarishlar yuz berdi. Fanning turli sohalarida arab tilida jahon ahamiyatiga ega bo‘lgan buyuk asarlar yaratildi, qadimgi yunon fanining durdonalari arab tiliga tarjima qilindi.
Arab fani taraqqiyotidagi birinchi bosqich VII-VIII asrga to‘g‘ri keladi, markazi Iroqdagi Basra va Kufa shaharlari bo‘lgan. Islom tarqalgan turli mamlakatlardan juda ko‘p istedodli olimlar shu shaharlarga kelib, fanning turli sohalaridan ta’lim olganlar. Arab tili davlat va hukmron din tili, muqaddas (ya’ni Qur’on tushgan) til sifatida ham nazariy ham amaliy jihatdan o‘rganilgan. Mashhur arab-fors tilshunosi Sibavayh (796 yil atrofida o‘lgan) birinchi bo‘lib arab tili grammatikasini tuzdi.
Arab fani taraqqiyotida ikkinchi davr VIII asrdan, xalifalik markazi Bag‘dodga ko‘chirilgandan so‘ng boshlanadi. Bu davrda qadimgi yunon va SHarq xalqlari yaratgan asarlarni yig‘ish va ularni arab tiliga tarjima qilishga kirishildi. IX-X asrlarda Bag‘dod va boshqa fan markazlarida arab xalifaligi tarixi va umumiy tarixga oid ko‘plab asarlar yaratildi. Bu asarlarning ko‘pchiligi forsiy tilida yozilgan manbalar asosida arab bo‘lmagan tarixnavislar tomonidan yozildi. Abu Ja’far Muhammad Tabariyning (923 yil vafot etgan) «Tarixi umam va muluk» nomli tarixiy asari va Qur’on tafsiriga bag‘ishlangan «Jome’ al-bayon fi ta’vil al-Qur’on» kitobi, Ali ibn Husayn Mas’udiyning (vafoti 956) «Muruj az-zahab va maodin al-javhar» asarida arab xalifaligi sulolasi tarixi bilan bir qatorda boshqa SHarq xalqlari hayoti haqida ham qimmatli ma’lumotlar berilgan. Bu davrda geografiya sohasida ham ko‘plab asarlar yaratildi. Ularning eng mashhur xalifalikda aloqa ishlari boshlig‘i Ibn Xurdodbeh va Ibn Havqalning «al-Masolik va al-mamolik» asari, Mas’udiy va Maqdisiylarning geografik asarlaridir. Tibbiyot fanlari sohasida bu davr yangi ixtirolar davri hisoblanadi. Matematik va astronom al-Battoniy (858-929) trigonometrik funksiyalar (sinus, tangens va kotangens) ni ishlata boshlaydi. Kimyo sohasida bir qancha ixtirolar arab alximigi Jobir ibn Hayyonga (VIII asr) taalluqlidir. Bu davrda qurilgan rasadxonalarda arablar bilan bir qatorda Markaziy Osiyolik iste’dodli olim va astronomlar ham fan bilan shug‘ullandilar. Arab ilm-fani taraqqiyotining uchinchi davri XI-XV asrlarni qamrab oladi. Bag‘dod bilan bir qatorda arab madaniyatining yangi markazlari Qurdoba (Kordova), so‘ng Sevilya va Damashq kabi ilm-fan markazlari paydo bo‘ldi. Tarixshunoslik, tabiiy fanlar, tabobat, astronomiya va boshqa qator fanlar taraqqiy etdi.
Arab yozma adabiyotining birinchi yirik obidasi Qur’ondir. Quron musulmonlarning asosiy muqaddas kitobi, yirik diniy-falsafiy va huquqiy asar, arab-musulmon va jahon madaniyatining o‘ziga xos nodir va muhim yodgorligidir. Jahon xalqlari ma’naviy va ijtimoiy taraqqiyotiga ko‘rsatgan ta’sirining ko‘lami nuqtai nazaridan Qur’on butun insoniyatning madaniy merosi bo‘lib hisoblanadi.
Muhammad (s.a.v.) va uning tarafdorlari Islomning boshlang‘ich davrlarida she’riyatga qarshi chiqdilar. Ular she’riyat o‘sha zamonga xos ko‘pxudolik goyalarini ifoda etuvchi vosita deb qaradilar. Keyinchalik arab adabiyoti yana rivojlana boshladi. Arab adabiyotining bu bosqichi Ummaviylar sulolasi saltanati bilan bog‘liq. Adabiyot yangi xalifalik markazlari Suriya va Irokda rivojlana boshladi. Arab mumtoz adabiyotining gullagan davri VIII-XII asrlar, ya’ni abbosiylar sulolasi davri hisoblanadi. Bu davr she’riyatida arablar bosib olgan mamlakatlardan chiqqan shoirlar adabiyot yo‘nalishini belgiladilar. Arab adabiyoti taraqqiyotida Eron, Ozarbayjon, Markaziy Osiyo xalqlari orasida etishib chiqqan va o‘z asarlarini arab tilida yozgan shoirlar ijodi samarali ta’sir ko‘rsatdi.
VIII-IX asrlar arab nasriy adabiyoti katta yutuqlarga erishdi. Qadimgi rivoyatlar yozma ravishda to‘plandi. Arab nasriy adabiyoti uchun pahlaviy tilidan qilingan tarjimalar ham alohida ahamiyatga ega. XII asr boshlarida arab adabiyotida yangi nasriy janr-qahramonlik rivoyatlari paydo bo‘ddi. Buning eng yirik yodgorliklaridan ko‘p jildli «Siyrat Antara» (Antara sarguzashtlari) va «Ming bir kecha» ertaklarini ko‘rsatish mumkin. Bu asarlar arab adabiyotiga xos bo‘lsa ham, ularning mundarijasini turli xalqlar og‘zaki ijodi tashkil etadi. Arab xalifaligi davlatlarining san’ati ham o‘ziga xos yo‘ldan rivojlanib bordi. O‘rta asr arab san’ati ravnaqiga islom dinining ta’siri juda kuchli bo‘ldi. Bu ayniqsa, me’morchilik, amaliy-dekorativ san’atda yaqqol ko‘rinadi. Xalifalik davrida fuqarolik va din bilan bog‘liq bo‘lgan binolar qurilishi avj oldi. SHu davrdagi shaharlar qator yangi tipdagi binolar bilan boyidi. Masjid va madrasalar, karvonsaroy va minoralar, tim va saroylar musulmon shaharining o‘ziga xos tomonini belgilovchi muhim va ajralmas elementiga aylandi.
VII asrda arab masjidi tipi yuzaga keldi. Quddusda Umaviylar davrida 688 yilda barpo etilgan Umar masjidi, Damashqdagi Umaviylar masjidi (705-715) arab me’morchiligining dastlabki namunasi hisoblanadi. Ilk arab me’morchiligining o‘ziga xos tomoni, ayniqsa, Qohiradagi Ibn Tulun (87-879) masjidida namoyon bo‘ladi. Qurilgan inshootlar g‘ishtlarni naqshsimon terish, ganch o‘ymakorligi, naqshlar lentasi va yozuvlar bilan bezatilgan. Arab xalifaligi me’morchiligi turli xalqlar me’morchiligi ta’siri ostida rivojlandi: Eron, Vizantiya, Old Osiyo va boshqalar.
Arab realistik san’ati, rassomlik va haykalchiligi din ta’sirida bo‘ldi. Din ularning keng rivojlanishiga yo‘l qo‘ymadi. Realistik san’atning monumental shakllari deyarli yaratilmadi. Qo‘lyozmalar uchun ishlangan miniatyuralarda, dekorativ releflarda hamda amaliy san’atda real voqelik, uning “jonli obrazlari” keng uchraydi. Bunga sabab, albatta hukmdor sinf orasida diniy qarashlar bir xil emasligidir. Voqelik shartli, ba’zan ramziy shakllarda ifodalanadi. Arab san’atida kalligrafiya va naqsh (ornament, arabeska) alohida o‘rin egallaydi. Real borliq shu sirli, chigal bo‘lib ko‘ringan naqsh tasviri bilan aralashib ketgandek tuyuladi. Uning mazmunini oshiradi. Bu san’atda xalqning hayot mazmuni va mohiyati haqidagi dunyoqarashi va tushunchalari o‘z ifodasini topdi.
Ispaniyasi me’morchiligining nodir yodgorliklari qatorida Qurdoba (Kordova) dagi juma masjidi (785 –X asr), Al Granadadagi Al-Gambra saroyini ko‘rsatish mumkin. Arab xalifaligining so‘nggi davrlari uchun qurilishlarning keng ko‘lamliligi, butun bir me’moriy majmualarning yaratilishi xosdir. SHaharlarning markazida registon – shaharning asosiy maydoni joylashar edi. Madrasa va masjidlarning peshtoqi registonga qaratib qurilgan.
Xalifalik davrida yurtimizda barpo etilgan memoriy obidalar sirasiga Buxorodagi Ismoil Somoniy maqbarasi (X asr), Samarqand yaqinidagi Tim qishlog‘idagi qurilgan Arab ota maqbarasi (977-978 yy), Uzun (Surxondaryo) tumanidagi Xo‘ja Naxshron maqbarasi (IX-X asr), Namozgoh, Marvdagi Sulton Sanjar (XI asr), Buxorodagi Minorai Kalon (1127), Vobkent minorasi (1192), Jarqo‘rg‘on minoralari va boshqa ko‘rkam me’morchilik inshootlarini nisbat berish mumkin.
4.4 Markaziy Osiyo Hamdo‘stligi mamalakatlari jahonning boshqa ittifokdosh va mintaqaviy hamkorlik mamlakatlaridan farkli o‘larok ma’naviy va madaniy hamkorlikka ko‘prok asoslanadi. CHunki bu xududda asrlar maboynida ma’naviyat, axlok, ta’lim-tarbiya va madaniyat uyg‘un xolda turmush tarziga aylangan. Axloq har qanday sharoitda ham insoniylik va insoniy barkamollikning bosh prinsipi sifatida tan olingan. Qolgan barcha harakatlar va mezonlar, jumladan, iqtisodiy hamkorlik, o‘zaro yordam, bozor munosabatlari, savdo-sotiq, mol ayriboshlash ham qadimdan yuksak axloq va odobga tayangan madaniy munosabatlarning bir qismi xisoblangan. Bu ming yillar maboynida shakllanib, jahon sivilizatsiyasiga katta ta’sir ko‘rsatgan ulug‘ allomalar xayoti va ijodida, ularning insoniyat tarixida burilish yasagan asarlarida ham o‘z ifodasini topgan.
Ma’lumki, sivilizatsiya dunyoning turli mintaqalarida turlicha yuz berib, muayyan xududlar aholisi dunyoqarashi va turmush tarziga chuqur o‘rnashgan. Sivilizatsiya jumladan, YUnonistonda kasofat, Xindistonda din, Ovrupada moddiy texnika taraqqiyoti, Turkistonda esa axloq shaklida vujudga kelgan. Markaziy Osiyoda axloqqa katta e’tibor bilan qarashgan. yuksak insoniy fazilat, insonni millatidan qat’iy nazar barcha mavjudotlarning sarvari sifatida qadrlash, ma’naviy kamolat va etuklik, adolat, diyonat va imon kabi xususiyatlar tiriklikning bosh mazmuni sifatida tushunilgan.

Xalqlarimiz dunyoqarashi, maqsad va intilishlarini ifoda etgan xalq ogzaki ijodi namunalari ana shu zamin axlining butun ruxiyatini qamrab olgan. Jumladan, o‘zbek, qozoq va qoraqalpoq xalqlarida "Alpomish", Turkmaniston, Ozarbayjon va O‘zbekistonda "Guro‘g‘li" dostonlarining, qirg‘izlarda "Manas" xalq eposining vujudga kelishi, ularda qariyb bir xil-ezgulik bilan yovuzlik yaxshilik bilan yomonlik kurashida to‘g‘rilik va adolatning tantanasi, donishmandlik, aql idrok, xushxulq va xushfe’llik asosiy g‘oya qilib olinganligi ana shu xalqlar qarashlarining uyg‘unligidan dalolat beradi. YOzma adabiyotda esa YUsuf Xos Xojibning "Qutadg‘u bilig" asaridagi singari falsafiy axloqiy g‘oyalar, forsiylarda Umar Xayyom, Firdavsiy, Sa’diy SHeroziy, o‘zbeklarda Beruniy, Abu Ali Ibn Sino, Xorazmiy, Alisher Navoiy, qozoqlar Abay, turkmanlarda Maxtumquli asarlari vujudga keldi va dunyo madaniyati taraqqiyotiga katta ta’sir ko‘rsatdi.


Dehqonchlik xo‘jaligi uchun iqlimi juda qulay, yovvoyi boshoqli o‘simliklarga boy bo‘lgan O‘rta Osiyoning janubi- G‘arbiy rayonlari iqtisodiy rayonlar edi. Bu zonaning iqlimi issiq. Tog‘ etaklaridagi katta va kichik soylarning quyi havzalarida tog‘ jinslariga boy serunum loyqa tuproqli jilg‘alar hosil bo‘lgan. Ana shunday qulayliklarga boy joylardan biri Ashxaboddan 40 km lar chamasi shimoli G‘arbda joylashgan, maxalliy aholi turkmanlar CHaqmoqli deb yuritgan joy bo‘lib chiqdi. Bu joyning "CHaqmoqli" deb atalishining boisi shundaki, bu erdan turkman cho‘ponlari chaqmoqtosh terishar ekan. 1952 yilda arxeologlar CHaqmoqlida qidiruv ishlarini olib borib, bu tepalik neolit davri dehqon jamoalariningqarorgohi ekanligini aniqladilar. CHaqmoqtosh teriladigan joy keng taqirlik bo‘lib, bu joyda baxorgi yomg‘irdan so‘ng ko‘lmak suv xosil bo‘larkan. Baxorning oydin kechalarida ko‘lmak qop-qora bo‘lib ko‘ringani uchun turkman cho‘ponlari bu joyni "Joyi Tun" ya’ni qorongi joy deb atashgan. SHunday qilib, O‘rta Osiyoliklarning ilk dexqon-bobokalonlarining qarorgoxi fan olamiga "Joy Tun madaniyati" nomi bilan kirdi. Joytun qishlog‘ini ko‘plab mexnat qurollari-qistirma o‘roq, pichoq, suyakdan ishlangan igna, bigiz va boshqa anjomlar topilgan.
Joytun madaniyati yodgororliklari asosan Turkmanistonning janubiy va G‘arbiy rayonlarida uchraydi. Joytun madaniyati olimlarning xisobiga kura bundan 7-8 ming yil burun shakllangan.
Mintaqamizda Atrek hamda Gurgan daryolari yuqori havzasida joylashgan (Janubiy Turkmaniston, SHimoli- SHarqiy Eronning bir qismi). tarixiy makonlardan biri qadim Parfiya nomi bilan yuritilgan. Osurriyaliklar miloddan avvalgi 1-ming yillikning VIII asr boshlarida Midiyaga qarshi yurishlarida Parfiyaga ham bostirib kirganlar. SHu vaqtda Parfiya Midiyaga bo‘ysundirilgan. Milloddan avvalgi VI asrning ikkinchi yarmida Parfiya Axomoniylar qo‘l ostiga tushadi va saltanatning XVI okrugi tarkibiga kiritiladi. SHunga qaramay Parfiyaliklar tajovuzkorliklarga qarshi kurashni to‘xtamaydilar. Quruvchilik, me’morchilik borasida ham parfiyaliklarning tajribasi diqqatga sazavordir. Ular shaxarlar, qal’alar, muhtasham binolar barpo etishadi, o‘z zamonlarida mashxur bo‘lganlar.
Xitoylik mualliflarning ko‘rsatib o‘tishlaricha, Parfiyada yuzlab katta kichik shaxarlar mavjud bo‘lgan. Parfiyalik savdogarlar faoliyati diqqatga sazavordir. Manbalarda yozilishiga, ular quriqlik hamda dengiz orqali turli o‘lkalar bilan savdo aloqalarini olib borganlar. Parfiyaliklar haykaltaroshlik, zargarlik sohalarida mohir hisoblanganlar. Qadimgi Niso shaxri o‘rnidan topilgan ashyolar-marmardan ishlangan haykallar fikrimiz dalili bo‘la oladi. Ular yuksak san’at asari hamda ma’lum ma’noda saltanat boyligi, ko‘rki sifatida oliy hukmdor qarorgoxida aloxida joyda saqlangan. Parfiya madaniy xayotida yunonliklarning ta’siri sezilarli bo‘lgan.
Baqtriya bu geografik viloyat nomi. Poytaxti Baqtr shahri bo‘lgan. Janubda Xindikush, shimolida So‘g‘diyona, G‘arbda esa Marg‘iyonagacha belgilash mumkin. Tez-tez bo‘lib turadigan jangu jadallar, qaramlik ahvoliga qaramay Baqtriyaning taraqqiyoti bir zum ham to‘xtamagan. YUnon tarixchilari Baqtriyani "ming shaxar o‘lkasi" deb bekorga ta’riflamaganlar. Haqiqatan, bu vaqtda Baqtr Termiz kabi shaxarlarda hunarmandchilik, savdo sotiq rivoj topgan. CHunonchi, xunarmandlar oltin, kumush, qo‘rg‘oshin, qalayi, mis, bronzadan turli buyumlar, zebu-ziynatlar tayyorlaganlar. To‘quvchilik, kunchilik, qurolsozlik kabi kasblar ham ravnaqda bo‘lgan.
Baqtriyada pul munosabatlari puxta yo‘lga qo‘yilgan. Masalan: Baqtriya hukmdorlari zarb etgan oltin, kumush, mis, nikel tanga namunalarining Xorazm, So‘g‘diyona, Farg‘onadan topilish ham savdo sotik munosabatlari darajasidan, ham pulning qadr qimmatidan dalolat beradi.
YUnonlar hukmronlik qilgan davrda Baqtriyada yunon tili rasmiy til hisoblangan. Panjobda yuzaga kelgan karashti yozuvlari ham muomalada bo‘lgani ma’lum. Fan sohasidagi yutuqlar ham diqqatga sazavordir. Fizika, matematika, astronomiya, falsafa kabi ilmlar rivojda bo‘lgan. Baqtriyaliklar madaniy hayotida musiqaning o‘rni alohida ahamiyat kasb etgan. SHuning uchun ham bo‘lsa kerak, musiqa asboblarining turi xilma-xil bo‘lgan. So‘g‘diyonaning Baqtriyaga nisbatan cho‘l zonasi ko‘proq bo‘lsada, ammo u erda axoli zich joylashgan, unumdor ekinzorlar bog‘u -rog‘lar ko‘p bo‘lgan, u Zarafshondan suv ichgan. O‘sha vaqtda Sug‘diyona erlari Zarafshondan olingan kanallar orkali sug‘orilgan. Marg‘iyonada sug‘orma dexkonchilik keng rivojlanganligini, mamlakatning xosildor bog‘larga va unumdor boshoqli ekinzorlarga burkanganligini olimlarimiz ta’kidlab o‘tganlar.
Marg‘iyona uzumlarining zanglari juda yo‘g‘on, shoxlari esa juda uzun bo‘lgan. So‘g‘diyona va Marg‘iyona davlatlari iqtisodiy jihatdan o‘ziga to‘q shaxarlarga serob, tabiiy boyliklari mo‘l va ekologik qulayliklarga ega o‘lkalar edi. SHuning uchun ham bu viloyatlarda dehqonchilik madaniyati sun’iy sug‘orishga asoslangan, boshoqli ekinlardan sholi, bug‘doy tariq, arpa kabilar ko‘p ekilgan. Marg‘iyona va So‘g‘diyona kulollari yuksak san’at darajasiga ko‘tarilgan sopol idishlar yasay boshlaganlar. Uy joylar, shohona saroylar, ibodatxonlar hamda mudofaa inshootlari qurishda bu o‘lkalar xalqi antik davr olamida yuksalishning yuqori nuqtasiga ko‘tarilgan.
Grek-Baqtriya SHarqning yirik davlati sifatida 129 yildan ortiq vaqt yashadi. SHu davr ichida uning iqtisodiyoti va madaniyati keng rivojlandi. Buning uchun bu o‘lkada hamma shart-sharoit mavjud edi.
Grek-Baqtriya davrida moddiy va ma’naviy madaniyat o‘zining yuksak darajasiga ko‘tarilgan. Bu yuksaklik xayotning barcha jabxalarida namoyish etildi. Maxalliy axolining an’anaviy madaniyati va san’ati o‘ziga xos rivojlanishda davom etib, shu bilan birga yunon dunyosida ko‘zga tashlangan yuksak me’morchilik san’atining ibratli tomonlarini o‘ziga singdirdi. Bu yuksalish Kushonlar saltanati zamonasiga kelib yuksak rivojlanishda davom etdi. Kushon davlatiga Kudzula Kadfiz tomonidan asos solingan. U avval Kushon bekligi sifatida xozirgi Surxondaryo viloyatining SHo‘rchi tumanida joylashgan Dalvorzintepani Kushon bekligining poytaxti qilib olgan.
Kushonlar davrida mintaqa madaniy xayotida quruvchilik, xaykaltaroshlik, rassomlik, naqqoshlik kabi soxalarda ham ulkan yutuqlarga erishildi. Kushonlar davri madaniy xayotidagi o‘ziga xos tomonlardan yana biri bu ko‘hna Xind madaniyatining o‘lkamizga yanada jonliroq kirib kelishi va o‘rnida mintaqamizga xos ko‘rinishlarning Hindiston zaminida o‘rnashib borishi bilan belgilanadi.
4.5. Ko‘rilayotgan davrda ilm ma’rifat soxasi ham rivojlanib, astronomiya, matematiqa, musiqashunoslik, grammatika, metrologiya, ximiya, falsafa, tibbiyot, dorishunoslik kabi fanlar yoshlar orasida katta qiziqish uyg‘otgan, ular uchun tegishli sharoitlar yaratib berilgan. Mintaqaning Kushonlar davri tashqi aloqalarida savdo sotiq alohida ahamiyat kasb etgan. Rimlik savdogar o‘lkamizga kelishda asosan oltin va kumush tangani g‘amlash hisobiga mahalliy mollarni sotib olganlar. Kushonlar davri siyosiy, iqtisodiy, madaniy va tashqi aloqalar sohasida katta yutuqlarga erishilgan asrlar bo‘lgan.
Eftalitlar Kaspiy dengizdan Qashqargacha va Orol dengizidan Xindistongacha cho‘zilib ketgan ulkan imperiyani barpo etganlar. Kushonlar davrida savdo sotiq gurkurab rivoj topgan. Bir tomondan ulkan mintaqaning siyosiy jihatidan yaxlitligi, ikkinchi tomondan, SHarq va G‘arb mamlakatlari oralig‘ida bo‘lib kelish ichki va tashqi savdo munosabatlari yanada tarakqiy etib borishga qulay sharoit yaratib bergan. Iqtisodiy taraqqiyot o‘z-o‘zidan madaniy hayotda ijobiy o‘zgarishlarga olib kelishi tushunarli hol. Me’morchilik soxasida turar joylarni bir necha kavat qilib qurish uy devorlarini naqqoshlik va sur’atkashlik san’ati namunalari bilan bezash bu davr uchun xarakterlidir. Diniy inshootlar qurilishiga ham aloxida e’tibor berilib, ichki bezash ishlarida qimmatbaxo toshlar, xususan oltindan keng foydalanilgani ma’lum. Kishilik jamiyati paydo bo‘libdiki, uning taraqqiyot jarayoni xech qachon aloqalarsiz bo‘lmagan. Odamlar, urug‘ jamoalari, qabilalari, elatlar, xalqlar va nihoyat ularni hududiy, iqtisodiy va siyosiy birlashtirgan mamlakatlar o‘rtasida doimo aloqalar bo‘lgan va bu aloqalar tufayli pullar paydo bo‘lgan. Biz qadimgi davr tariximizga nazar tashlar ekanmiz, kishilik jamiyatining bronza davridan e’tiboran, ba’zi joylarda undan ham ancha avval ma’lum ixtisoslashgan yo‘llar paydo bo‘lganligini bilamiz. Ularning paydo bo‘lishida qabilalar xalqlar va davlatlararo aloqalardan kelib chiqqan iqtisodiy, etnik, siyosiy va madaniy extiyojlar sabab buldi. Xitoy imperatorlari ipak yo‘li orqali G‘arbda joylashgan mamlakatlar bilan savdo va diplomatik aloqalar qilganlar. Ular o‘z elchilarini katta sovga salomlar bilan O‘rta Osiyo, Eron, Messopotamiya va Kichik Osiyo davlatlariga yuborgan. O‘rta Osiyo orqali Xitoydan G‘arbga o‘tadigan savdo karvon yo‘llari doimo so‘g‘dlar nazoratida bo‘lgan. Sug‘d savdogarlari o‘zlarining bu yo‘ldagi xukmronligini saqlab qolish uchun SHarqiy Turkistonda, Ettisuvda, Oltoydan to Enisey soxillariga qadar bo‘lgan xududlarda SHimoliy Xitoyning SHansi viloyatida, Dunxuan kabi shaxarlarda o‘z karvonsaroylarini va kishloqlarini barpo etganlar. Buyuk ipak yuli birgina iqtisodiy ahamiyat kasb etmay, balki u diniy, madaniy meros yutuqlarini tarqatuvchi mamlakatlararo diplomatik aloqalarni ta’minlovchi yo‘l ham edi.
Samarqand shahar ahli-qadimgi so‘g‘dlar xalqaro savdoda ustasi farang edi. Savdogarlar xalq orasida eng nufuzli, obro‘li, mo‘‘tabar inson xisoblangan. Buyuk ipak yo‘li O‘rta Osiyo xalqlari iqtisodi, madaniy va siyosiy xayotida juda katta rol o‘ynadi. U tufayli O‘rta Osiyo xalqlari G‘arb va SHarq dunyosi va ularning xo‘jalik ixtirolaridan barhamand bo‘ldi.
Buyuk ipak yo‘li savdosida So‘g‘dlardan tashqari Parfiyaliklar, Eron Sosoniylari, Turklar, Kushonlar, Xotanlar, Baqtriyaliklar ham katta rol o‘ynaganlar.

Markaziy Osiyo tarixida siyosiy aql idrok bilan ma’naviy jasoratni diniy dunyoqarash bilan qomusiy bilimdonlikda o‘zida mujassam etgan arboblar ko‘p bo‘lgan deb ta’kidlashadi. Ularning jahon sivilizatsiyasiga tarakqiyotga qo‘shgan xissalarini o‘sha davrlardan buyon butun dunyo tan olmoqda.


SHulardan biri Amir Temur 1370 yilda Movoraunnahr hokimiyat tepasi-ga keldi. Amir Temur davlat qurilishi, xarbiy san’ati ko‘p asrlar davo-mida SHarqu G‘arb davlatlariga o‘rnak va andoza bo‘ldi. Uning zamonida ma-daniyat, ilmu fan, me’morchilik, tasviriy san’at, musiqa, she’riyat beqiyos rivoj topdi, xalqimizning an’analari takomilga etdi.
Amir Temur madaniyat va din ahllariga ko‘rgazgan cheksiz mehru muruvvat ayniqsa ibratlidir. Insof iymon tuyg‘usi, diyonat mezoni Amir Temur hayotining mazmunini tashkil etadi. Ilm va madaniyatga bunday munosabatni soxibqiron umrining oxirigacha saqlab qoldi. Bu yo‘ldan uning avlodlari ham yuradilar. Natijada Temuriylar zamonida ko‘plab madrasalar, kutubxonalar, maktablar barpo etildi. YUrtimiz madaniy taraqqiyotiga katta zarba bo‘lgan xolatlardan biri shunda ediki, turli mavkedagi sulolalar, boy-badavlat oila va shaxslar mo‘g‘ullar dastidan vatanni tark etarkanlar, o‘zlari bilan saroy ahllari, jumladan olimlar, shoirlar, san’atkorlar, hunarmandlarni ham olib ketganlar. Ilm va madaniyat namoyandalari o‘z xomiylari imkoniyatlaridan foydalanib jon saqlaganlar. Turkiston faqatgina Amir Temur va Temuriylar davrida ilmu-madaniyat soxasida tanilgan yurt bo‘lmay, balki to o‘sha zamonlarga qadar ham dunyoga ziyo nurlarini tarqatib kelayotgan ko‘hna va mo‘‘tabar mamlakat hisoblanganligini biz yaxshi bilamiz. Fan va madaniyatning gullab yashnashi temuriylar namoyandalarining barchalari, xox taxtga chiqqani bo‘lsin xox yo‘q keng bilim egalari bo‘lganliklari orqasidan hamdir. Ular o‘z ona tillaridan tashqari fors, arab tillarini mukammal bilar, tarix, astronomiya, matematika, me’morchilik, diniy ilmlar borasida katta ahamiyat soxibi edilar. Bunyodkorlik va me’morchilik jihatidan eng gullab yashnagan shaxar Temuriylar davrida Samarqand bo‘ldi. Amir Temur taxtga chiqishi bilan shaxar ichki va tashqi qal’asini bunyod etdi. Bozorlarni tartibga solib me’moriy jihatdan benazir timlar, dukonlar qatorini qurdirdi. SHaxarning ichkari va tashqarisida bog‘lar bilan o‘ralgan saroylar, madrasalar, maqbaralar, davlat idoralari, hammomlar binolari me’morchilik nuqtai nazardan yuksak darajada bajarilgan. Sohibqironning obodonchilik va me’morchilik faoliyati boshqalarga ham o‘rnak bo‘lgani ma’lum. Bu borada uning avlodlari - SHoxruxning Hirot va Marv qal’alarini tiklagani, Hirotda madrasa xonakox yangi bozor binolarini qurdirgani. YAna Ulug‘bek Samarqandda bino ettirgan madrasa, hammomlar, G‘ijduvon, Buxorodagi madrasalar, SHahrisabzdagi masjid, Samarqanddagi Muhammad Sulton, Qosim Sulton Saroy mulk xonim, Xoja Axror, Mirzo Abdulloni madrasalari, Abulqosim Bobur Mirzaning Anuvdagi masjidi bino etilishi haqida so‘z yuritishimiz mumkin. Amalga oshirilgan ishlar, eng avvalo jamiyat manfaatini ko‘zlab qilingan. Ko‘priklar, hammomlar, bozorlardan kimlar foydalanaganligini biz yaxshi bilamiz. Me’morchilik, quruvchilik orqali shaxarlar, qishloqlar, butun bir mamlakat obod bo‘lib borgan.
Xulosa qilib aytganda Markaziy Osiyo jahon sivilizatsiyasi tarixida o‘zining salmoqli o‘rniga egadir. Bizning qadimiy tariximiz boy ma’naviyatimiz, olamshumul madaniy merosimiz bugun qo‘lga kiritgan yutuqlarimizning, ertaga erishajak g‘alabalarmizning hayotbaxsh asosidir. Biz ulkan tarix, ulkan sivilizatsiya yaratgan ulug‘ ajdodlarning qonuniy vorisimiz. Bobolarimiz, ma’nolarimiz. umumjahon taraqqiyotiga beqiyos xissa qo‘shgani jahondagi madaniyatli va ma’rifatli xalqlar tomonidan mudom minnatdorchilik bilan e’tirof etiladi. Ana shunday ajdodlarni eslamaslik, ularning faoliyatiga munosib baxo bermaslik, ular ishini davom ettirmaslik, dono o‘gitlariga amal qilmaslik o‘zligimizni unutish ma’naviy gumroxligimizdir. O‘tmish tariximizning nurli saxifalaridan ibratli saboq chiqarish, o‘tganlarning ruhini shod etish chinakam oriflik belgisidir. Ayni paytda ruxiy madad, ma’naviy taskin ertangi kunga ishonch va rag‘bat manbaidir. Tarixdan ayonki ijtimoiy taraqqiyot doimo bir yo‘sinda ravon bo‘lmagan. Odamzod umumiy rivojlanish bilan birga qanchadan-qancha to‘siqlarni, tanazzul va tangliklarni boshidan kechirgan va so‘ng ularni bartaraf etib, o‘z moddiy va madaniy darajasini qayta tiklagan va yangi taraqqiyot sari ostoydil intilgan. Fanda bunday yirik, salmoqli yuksalishni tiklash, uyg‘onish, reneseans ham deb ataydilar. Xususan, G‘arbiy Evropada bunday reneseans 15-17 asrlarda deyarlik 700 yillik xurofot(zulmat)dan so‘ng yuz bergan. Markaziy Osiyoda ilk uyg‘onish davri 9-12 asrlarga to‘g‘ri keladi va u o‘zgacha shart-sharoitlarda kechdi. Uning ko‘lami oqibatlari, jaxon sivilizatsiyasiga ta’siri ham bo‘lakcha bo‘lgan.
O‘lkamiz hududida miloddan avvalgi davrlarda erishilgan moddiy va ma’naviy madaniyat yangi asrlarda-Kushon podsholigi, eftaliylar davlati va Turk hoqonligi davrlarida o‘sib bordi. Me’morchilikda yangi qurilish g‘oyalari vujudga keldi, va ular murakkab muhandislik echimi asosida amalga oshdi. Hunarmandchilik rivojlanda va ularning yangi turlari vujudga keldi. Savdo-sotiq, qo‘shni yurt, elatlar bilan munosabatlar rivoj topdi. Su-g‘orma dexqonchilik maydonlari kengaydi. YAngi suv inshootlari barpo etil-di. Axoli o‘rtasida savodxonlikka intilish kuchaydi. Mavjud turli din va aqidalar o‘zaro sabrdoshlikda bo‘ldi. Madaniy hayot san’atning turli janr-lari bilan boyidi. Tabiy fanlarga atrofdagi muxitni anglash, mavjudodni kengrok bilishga intilish kuchaydi. Lekin VIII asr boshlarida Markaziy Osiyo aholisi arablar bosqini natijasida og‘ir qiyinchiliklarga duchor bo‘ldi va istiloga qarshi ko‘p yillik kurash olib bordi. Abu Rayxon Beruniy asosli ravishda arablar zarbasi oqibatida Sug‘d va Xorazmning boy madaniyati barbod bo‘ldi, deb afsuslangan edi. SHu bilan birga arab xalifaligida ham katta o‘zgarishlar yuz berdi. Ummaviylar sulolasidan xokimiyat abbosiylarga o‘tganligi muxim voqea bo‘ldi. YAngi sulola benixoya katta saltanatni idora qilishda, uning taraqqiyotini ta’minlashda ilmu-fanning ahamiyatini chukurrok angladi. Xalifa Xorun Ar-Rashid (786-809) so‘ng uning o‘g‘li Ma’mun o‘z tasarrufidagi o‘lkalardan olimlarni xalifalikning yangi poytaxti Bag‘dodga taklif etdilar, ularning samarali ishlashlari uchun sharoit yaratdilar.

O‘lkamizda islom dinining tarqalishi, uning mahalliy odat udumlar bilan tez orada uyg‘unlashuvi ahamiyatlidir. Islomda ilm olmok farz, degan xikmat mavjud. Madaniy soxada xususan, islomning axlokiy tariqatlari, shuningdek IX-X asrdagi dunyoviy ilmlarning rivoji arab dunyosidagi ijtimoiy-ma’naviy vaziyatni anchagina o‘zgartiradi. SHu bilan birga, arab (islom) sivilizatsiyaning shakllanishida Hindiston, Eron, YUnoniston, Markaziy Osiyo va Kavkaz xalklarining madaniyati ta’siri katta bo‘lgan. Mintakamizda qadimdan sivilizatsiya asoslari, moddiy va ma’naviy madaniyatning chukur ildizlari mavjud edi.


VIII asr oxirlari-IX asr boshlarida Markaziy Osiyoda ijtimoiy va siyosiy vaziyat anchagina barkarorlashdi. Bunday sharoitda mintaqada ilm-fan, umuman madaniyatning keng ko‘lamda rivojlanishini taqazo qilardi. Xususan, Buxoro, Samarqand, Marv, Xiva, Termiz, Farg‘ona, Xo‘jand, Qo‘kon madaniyat o‘choqlariga aylanadi. Xorazmda esa Ma’mun akademiyasi tashkil topdi. Bu ilk uyg‘onish, birinchi renessans davri edi.
Markaziy Osiyodagi olimlar o‘sha paytda ma’lum bo‘lgan barcha ilm soxalari bilan qiziqdilar, dunyoviy va diniy fanlar rivojga o‘zlarining salmoqli hissalarini qo‘shdilar. Bu xakda M. Xayrullaevning "O‘rta Osiyoda ilk uyg‘onish davri madaniyati" (Fan 1994). F. Sulaymonovaning " SHarq va G‘arb" ( O‘zbekiston 1997) shuningdek "Buyuk siymolar, allomalar" (Meros 1995, 96). asar va to‘plamlarida sermazmun va boy ma’lumotlar, ishonarli misol va dalillar keltirilgan. Bu nashrlarda nafaqat Al-Xorazmiy, Al-Farg‘oniy, Farobiy, Beruniy va Ibn Sinolarning ko‘p qirrali faoliyati xususida, balki ularning yuzlab izdoshlari va shogirdlari haqida ham qimmatli ma’lumotlar bor. Ular lotin, arab boshqa ko‘plab tillarni bilishgan. Jahon sivilizatsiyasi yaratgan aniq va gumanitar fanlar bo‘yicha o‘z mustaqil mulohazalariga ega bo‘lganlar, qisqasi bu siymolar chinakkam qomusiy donishmand bo‘lganlar.
Markaziy Osiyo madaniyatining rivojlanishida M. Qoshg‘ariy, YUsuf Xos Xojib, A. YUgnakiy, A. Firdavsiy, Rudakiy, Narshaxiy kabi arboblarning hissasi kattadir. Imom Buxoriy, Imom Termiziy kabi buyuk muhaddislarni butun islom dunyosi bugun ham extirom bilan tilga olinmokda. O‘lkamizda yuz bergan ilm fan, madaniyat va san’at sohalaridagi o‘zgarishlar, yangiliklarning asosiy hislatlaridan biri insonparvarlik g‘oyasining doimo ustun bo‘lganligidadir. Markaziy Osiyodagi uyg‘onishning muhim belgisi-bu dunyoviy ilmlarga intilish, hamda din va diniy bilimlarni jamiyat, inson manfatidan kelib chikib talkin etish bo‘lgan, odamzod ma’naviyatini boyitish esa asosiy mezon bo‘lgan.
G‘arb olimlarining e’tiroficha, antik sivilizatsiya bilan Evropa to uyg‘onish davriga kadar, ya’ni XVI asrgacha arab tilida bitilgan asrlar bi-lan tanishgan. G. Gegel o‘zining "tarix falsafasida", "Fan va bilimlar ayniksa falsafa G‘arbga arablardan o‘tgan"-dedi. YUrtdosh donishmandlari-mizning ko‘pchiligi zamon taqozasiga ko‘ra o‘z asarlarining ko‘pchiligini o‘sha paytlarda xalkaro tilga aylangan arab tilida yozganlar. Bu boisdan aksariyat G‘arb olimlari ko‘pchilik SHarq olimlarini arab deb faraz qilganlar.
Al-Xorazmiyning arifmetikaga bag‘ishlangan kitobi XII asrda yoki Ispaniyada lotinchaga tarjima qilingan. O‘sha paytlarda ko‘chirilgan lotincha nusxasi hozir ham Kembriyada saqlanmoqda. Bu asar bir necha asrlar davomida Evropa Universitetida "Algortim kitobi" nom bilan mashhur bo‘lgan. Rim papasi Silvesto rim raqamlari o‘rniga Xorazmiy ishlab chiqqan arab raqamlarini Evropada iste’molga kiritish to‘g‘risida farmon berdi. "Algebra", "Algoritm" atamalarining dunyo miqyosida tarqalishiga ham vatandoshimizning nomi sababchi bo‘lgan. Al-Xorazmiyning geografiya xususidagi asari 1037 yilda ko‘chirilgan nusxasi Strasburg kutubxonasida mavjud. Al- Farg‘oniyning astranomik asari Evropada XII asrda lotin tiligi 2 marta va XIII asrda boshqa Evropa tillariga tarjima etilgandan so‘ng, uning nomi "Alfragonus" shaklda G‘arbda bir necha asr davomida keng tarqaldi. Farg‘onalik donishmand nomini Dante (XV asr) SHeller (XVIII asr) ehtirom bilan tilgan olganlar. Farg‘oniy yaratgan asarlardan birining qo‘lyozmasi Prinston (AKSH) Universitetida saqlanmoqda.
Abu Nasr Farobiy asarlari XII-XIII asrlardayoq lotin, qadimiy yahudiy, fors, fransuz, rus, ingliz tillarida chop etilgan. Ibn Sino asarlari o‘sha paytlardan boshlab ko‘p tillarga ag‘darilgan. Faqat "Tib qonunlari"ning o‘zi lotinchada 30 martadan ortiq nashr kilingan. Abu Rayxon Beruniy yaratgan durdonalar turli asrlarda lotin, arab, sanskrit, fransuz, italyan, nemis, ingliz, yaxudiy, rus, fors, turk va boshqa ko‘p tillarda chop etilgan. Amerikalik professor J. Sartoen Beruniy merosiga yuksak baho berish bilan birga, uni "O‘z davridagi jahonning birinchi donishmandi" deb ataydi.
XIII asr boshlaridagi mo‘g‘illar bosqini natijasida o‘lkamizda madani-yat o‘chog‘lari barbod bo‘ldi, san’at obidalari vayron etildi, mamlakat og‘ir tushgunlikka uchradi.
4.6. XV asr o‘rtalaridan boshlab Movarounnahrda moddiy va madaniy tiklanish boshlandi. Bu jarayon Amir Temur hokimiyat tepasiga kelib markazlashgan davlat tashkil topgan davrda kuchaydi. Sivilizatsiya yangi bosqichga ko‘tarildi. Avvalo davlatchilik qonuni qonun-qoidalari puxta shakllandi. Sohibqiron fan, madaniyat, san’at, me’morchilikning ibratli homiysi bo‘lgan.
Temuriylar sulolasi madaniy yuksalishga katta hissa qo‘shib kelgan. Samarkandda katta rasadxona bunyod etildi, ko‘plab madrasalar, maktablar ochildi, san’at, adabiyot sohasida ham katta o‘sish yuz berdi. Bu davrlarda Mirzo Ulug‘bek, Jamshid al-Koshiy, Rumiy, Ali Qushchi kabi olimlar astronomiya, matematika va boshqa aniq fanlar sohasida muhim kashfiyotlar qildilar. Xususan Ulug‘bekning yulduzlar jadvali jahon astronomlari tomonidan extirom bilan tan olindi, u ko‘p madaniy markazlarida xususan Londonda keyin Parij va Dansigda 1917 yili Vashingtonda va boshqa shaxarlarda chop etildi va qanchadan-qancha ilmiy izohlar bitildi.
Alisher Navoiy, A. Jomiy, Sakkokiy, Lutfiy, X. Koshifiy, K. Behzod kabi nodir va nozik iste’dod egalari yuksak gumanistik asarlar yaratdilar.
N. Jomiy, SH. Ali-YAzdiy, X. Abru, Mirxond, Xondamir kabi tarix nafislar ijod etdilar.
Amir-Temur va Temuriylar davridagi moddiy va ma’naviy yuksalishning ahamiyatini inobatga olib ko‘pchilik tarixchi olimlar bu jarayonni 2 reneseans (uyg‘onish) davri deb talqin etmoqdalar.

1 Stenli Len-Pul`. Musul`manskie dinastii. M., 2004



Yüklə 88,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə