Fq = V/F bu yerda,
V - mahsulot hajmi, so’m;
F -korxonaning asosiy ishlab chiqarish fondining o’rta yillik qiymati.
Misol. Korxona 150 mln so’mlik asosiy vositaga ega, yil davomida 800 mln so’mlik
mahsulot ishlab chiqargan bo’lsa.
Fq=800/150=5,3 Fond qaytimi (fondaotdacha)ni oshirish muhim halq xo’jaligi vazifasi, bu ayniqsa bozorga
o’tish davrida dolzarb.
Fan-texnika
taraqqiyoti
sharoitida
fond
qaytimi
(fondaotdacha)ning
o’sishi
murakkablashadi, chunki mehnat sharoitini yaxshilash, tabiatni asrash va hokazolarga
yo’naltirilgan xarajatlar ko’payishi, joriy etishga ehtiyojman jihozlarni almashtirishi bu
ko’rsatkichni pasaytiradi.
Mahsulotning fond sig’imi – fond qaytimi (fondaotdacha)ning teskari qiymati bo’lib, har
bir so’m chiqarilgan mahsulotga asosiy fondlar qiymatining ulushini ko’rsatadi. Agar fond
qaytimi (fondaotdacha) oshishga mayl etilishi lozim bo’lsa, mahsulotning fondga talabchanligi
esa pasayishga mayl bo’lishi kerak, ya’ni
Fs = F/Q Bu yerda;
Fs –fond sig’imi
Q -mahsulot hajmi, so’m;
F -korxonaning asosiy ishlab chiqarish fondining o’rta yillik qiymati.
Bizning misol bo’yicha Fs=150+800=0,18
Mehnatning fond bilan ta’minlanganligi har bir ishlovchi hisobiga qanchadan asosiy
vositalar to’g’ri kelishini bildiradi va u quyidagi formula bilan ifodalanadi:
F bt = F + X ym , Bu yerda, X
ym
– xodimlarning yillik o’rtacha miqdori
Korxona ishining samaradorligi ko’p miqdorda mehnatni fond bilan qurollanganligi
darajasi bilan bog’liqdir. Bu ko’rsatkich korxona asosiy ishlab chiqarish fondi qiymatining
ishchilar soniga nisbati sifatida aniqlanadi. Bu miqdor uzluksiz o’smog’i kerak, chunki texnik-
qurollanish bunga bog’liq, demak mehnat unumdorligiga ham bog’liq.
Korxona asosiy ishlab chiqarish fondlaridan foydalanishni yaxshilashning asosiy
yo’nalishlari sifatida quyidagilarni ko’rsatish mumkin:
smena davomida uskunalar bekor turib qolishini qisqartirish va uning oldini olish;
uskunalarning smenalik koeffitsientini oshirish;
bekor turuvchi uskunalarni qisqartirish va tugatish;
ta’mirlash va profilaktika tadbirlarini o’z vaqtida va sifatli ravishda amalga oshirish;
uskunalarni ekspluatatsiya qiluvchi xodimlarning malakasini oshirish;
ishlab chiqarishni tashkil etishni va resurslar bilan ta’minlashni yaxshilash.