|
4-mavzu. Korxonaning asosiy fondlari va ishlab chiqarish quvvatlari Reja Asosiy fondlarning amortizatsiya va emirilishi4-мавзу
4.2. Asosiy fondlarning amortizatsiya va emirilishi.
Korxona tasarrufidagi barcha asosiy fondlar ma’lum vaqt o’tishi, ishlab chiqarish
jarayonida o’zining dastlabki holatini(sifatini) yo’qotib boradi. Ushbu holatni, ya’ni dastlabki
holatni(sifatni) yo’qotib borishini iloji boricha uzoq muddat saqlanib qolishini ta’minlash zarur.
Bu esa ishlab chiqarish jarayonida, ya’ni espluatatsiya jarayonida ma’lum xarajat(ajratma)larni
talab qiladi. Bunda shuni alohida tahkidlash joizki, asosiy fondlar ma’lum vaqt o’tishi bilan
ishlab chiqarish yoki xizmat ko’rsatish jarayonida bevosita ishtirok etmasa ham, ular ma’naviy
eskirishi mumkin. Asosiy fondlarni ma’naviy eskirishi ham o’z navbatida, ya’ni uni utilizatsiya
qilish uchun ma’lum xarajatlarni talab qiladi.
Asosiy fondlarning jismoniy eskirishi deganda asosiy fondlarning ishlab chiqarish
jarayonida foydalanishi natijasida butunlay yoki qisman to’zishi, yemirilishi tushuniladi. Ma’lum
vaqt o’tgandan keyin ishlab chiqarishda ishlab turgan mehnat qurollari ishga butunlay va qisman
jismoniy yaroqsiz bo’lib qoladi, bunday hollarda ular yangisi bilan almashtiriladi yoki ayrim
qismlari kapital remont yoki modernizatsiya qilinadi. Jismoniy eskirish natijasida asosiy
fondlarning qiymati yo’q bo’lib ketmaydi, balki tayyorlangan mahsulot qiymatiga ko’chiriladi.
Jismoniy eskirish boshqacha fizik eskirish deb ham ataladi. Fizik eskirish asosiy fondlarni
foydalanish jarayonida yemirilishi va yaroqsiz holatga kelib qolishidir.
Odatda yemirilish intensiv ravishda foydalanishi va tabiat kuchlari ta’siri ostida yuzaga
keladi.
Ma’naviy eskirish
bu asosiy fond hali ishlab chiqarishga yaroqli bo’lsada, undan
foydalanish iqtisodiy jixatdan samarasiz bo’lib qolishidir. Ma’naviy eskirishning bosh omili
ilmiy texnika taraqqiyoti va asosiy fondlar ishlab chiqaruvchi soxada mehnat unumdorligini
o’sishi hisoblanadi.
Birinchidan
. Asosiy fondlar ishlab chiqaruvchi tarmoklardagi mehnat unumdorligi ortishi,
shu turdagi kurilmalar baxosini pasayishiga olib keladi.
Korxonalarda faqatgina amalda ishlayotgan mashina va asbob-uskunalargina to’zimay,
balki bekor turganlari ham to’ziydi (emiriladi). Mashina va asbob-uskunalarning jismoniy
eskirish miqdori ularning xizmat qilish muddati va to’zish (emirilish) darajasiga nisbatan
aniqlanadi.
Fan – texnika taraqqiyoti va mehnat unumdorligining o’sishi tufayli ishlab turgan mashina
va asbob – uskunalar qiymatining kamaytirilishi hamda eskilariga nisbatan unumli va tejamli
yangi mashinalar kashf etilishi, ularning ishlab chiqarishga joriy qilinishi natijasida
ishlatilayotgan mashinalarning jismoniy yeyilish muddati tugamasdan turib qadrsizlanishi –
asosiy fondlarning ma’naviy eskirishi deb ataladi. Ma’naviy eskirish fondlarning bahosini vaqti
– vaqti bilan qayta ko’rib chiqishni ko’p jihatdan zarur qilib qo’yadi. Eskirgan asosiy fondlarni
yangilari bilan almashtirish rejali ravishda eng kam mehnat va mablag’ sarf qilish yo’li bilan
amalga oshiriladi.
Asosiy fondlar ishlab chiqarish jarayonida asta-sekin eskirib, o’z qiymatining ma’lum
qismini amortizatsiya sifatida ishlab chiqarilayotgan tayyor mahsulot qiymatiga oz-ozdan
ko’chirib boradi.
Amortizatsiya
Dostları ilə paylaş: |
|
|