hamda iqtisodiy jihatdan mukammal bo’lgan yangi mehnat vositalarining yaratilishi va joriy
qilinishi bilan bog’liq. Amortizatsiya me’yori asosiy fondlar turiga, xizmat qilish muddatiga
ko’ra tabaqalashtiriladi. Amortizatsiya qiymati ishlab chiqarilgan mahsulotning tannarxiga kiritib
boriladi.
Mahsulot sotilgach, bu qiymat amortizatsiya ajratmalari ko’rinishida eskirgan jihozlar
o’rniga yangisini sotib olish uchun zarur bo’lgan mablag’lar summasi tarzida jamg’ariladi.
Amortizatsiya ajratmalari – mahsulot tannarxiga kiritiladigan asosiy fondlar
amortizatsiyasi summasi asosiy fondlarni qisman tiklash (kapital ta’mir va yangilash) va to’liq
tiklash (renovatsiya) fondlarini yaratishga xizmat qiladi. Amortizatsiya ajratmalari me’yorlari
asosiy fondlar qiymatiga proportsional ravishda hisoblanishi, ya’ni taxminiy foydalanish
muddatiga tekis taqsimlanishi yoki kamayib boruvchi balans usulida – jadallashtirilgan tartibda
hisoblanishi mumkin. Jadallashtirilgan tartibda foydalanishning birinchi
yilida amortizatsiya
me’yori 2 marta oshiriladi, ikkinchi yili qoldiq qiymatining 20% va shu tarzda ajratmalar
nazarda tutiladi. Natijada asosiy fondlar qiymatining 2
3 qismi ular xizmat muddatining
yarmidayoq amortizatsiyalanadi. Amortizatsiya me’yorlarining pasaytirilishi
asosiy fondlarning
yangilanishini sekinlashtiradi, oshirilgan me’yorlar mahsulot tannarxini qimmatlashtiradi. SHu
sababli amortizatsiya ajratmalari davlat tomonidan tartibga solinadi. Amortizatsiya ajratmalari
ta’minlanishi kerak bo’lgan asosiy shart asosiy fondlar eskirishini to’liq qoplashi va ularni takror
yaratishni ta’minlashidir. Bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda davlat amortizatsiya
ajratmalari
normativlarini belgilab, jadallashtirilgan amortizatsiya orqali tadbirkorlarga soliqqa
tortiladigan foyda summasini kamaytirishga imkoniyat yaratib beradi. Ayni paytda asosiy
fondlar qiymatini hisobdan chiqarishni tezlatish tadbirkorni asosiy fondlarning ma’naviy
eskirishi bilan bog’liq ehtimoli bo’lgan zarar ko’rishdan saqlaydi, yangi texnika va texnologiyani
tezroq joriy etishga rag’batlantiradi.
Amortizatsiya ajratmalari asosiy fondlarning o’zini yoki uning bahzi qismlarini yangilash
vaqti kelguncha shu shaklda ma’lum fondda jamg’arilib turiladi va bu fondni amortizatsiya fondi
deb ataydilar. Demak, amortizatsiya fondi – amortizatsiya ajratmalari hisobiga shakllanadigan
maxsus fonddir.
Asosiy vositalar va ishlab chiqarish ahamiyatiga ega bo’lgan
moddiy aktivlar
amortizatsiyasi degan tushuncha ham mavjud.
Asosiy vositalar va ishlab chiqarish ahamiyatiga ega bo’lgan nomoddiy aktivlar
amortizatsiyasi bo’yicha xarajatlar tarkibiga quyidagilar kiradi:
-
asosiy ishlab chiqarish fondlarining dastlabki qiymatidan kelib chiqib hisoblangan
amortizatsiya ajratmalarining summasi (hisoblangan eskirish);
-
lizing bo’yicha va belgilangan tartibda tasdiqlangan normalar qonun hujjatlariga
muvofiq
amalga oshiriladigan, jadallashtiriladigan amortizatsiya summasi.
Ishlab chiqarish ahamiyatiga ega bo’lgan nomoddiy aktivlar eskirish, har oyda xo’jalik
yurituvchi sub’ekt tomonidan dastlabki qiymati va ulardan natijali foydalanish muddatidan (biror
xo’jalik faoliyati yurituvchi sub’ekt muddatidan ortiq emas) kelib chiqib hisoblanadigan
mahsulot (ishlar, xizmatlar) tannarxiga tegishli bo’ladi. Natijali foydalanish muhlatini aniqlash
imkoni bo’lmagan nomoddiy aktivlar bo’yicha eskirgan normasi besh yilga hisoblanadi.
Ma’lumki, amortizatsiya ajratmalari belgilangan normalar bo’yicha
tayyor mahsulotning
tannarxiga kiritiladi va u quyidagi formula yordamida aniqlanadi:
Dostları ilə paylaş: