A
a
N
a
F,
(2)
Bu yerda:
N
a
– amortizatsiya normasi;
F – asosiy fondlarning o’rtacha yillik qiymati.
Asosiy fondning eskirishi to’la va qisman bo’ladi. To’la eskirish vaqtida ishlayotgan
fondlar barham berilib, yangisini (kapital qurilish yoki eskirgan asosiy fondni joriy almashtirish)
o’rnatish. qisman eskirish ta’mirlash yo’li bilan to’ldiriladi.
Ma’naviy eskirish – mashina va jihozlarni takror ishlab chiqarish uchun ijtimoiy xarajatlar
qisqarishi ta’siri otsida narxining pasayishi (bu birinchi shakl ma’naviy eskirish); yangi,
progressiv va iqtisodiy samarasi baland mashina va jihozlarni qo’llash natijasida ularning
qiymatining pasayishi (bu ikkinchi shakl ma’naviy eskirish). Bu ma’naviy
eskirish shakllari
ta’siri ostida asosiy fondlar o’z texnik tavsifi va iqtisodiy samaradorligi jihatidan qoloq bo’lib
qoladilar. Asosiy fondlar ishlab chiqaruvchi tarmoqlardagi mehnat unumdorligi ortishi, shu
turdagi qurilmalar bahosini pasayishiga olib keladi.
Bundan tashqari amaliyotda shunday holatlar yuzaga keladiki, ma’lum bir miqdorda asosiy
fond ishlab chiqarishga joriy etilsa, ma’lum bir miqdori chiqarib tashlanadi.
SHuning uchun
amaliyotda ular quyidagicha hisobga olinadi:
Yil boshiga asosiy fondlar qiymati;
Yil oxiriga asosiy fondlar qiymati;
o’rtacha yillik asosiy fondlar qiymati.
Bozor
munosabatlari, korxonalarning o’zini-o’zi moliyalashtirish sharoitida asosiy
fondlarni yangilash bilan bog’liq xarajatlarni qoplashning asosiy manbai korxonaning o’z
xususiy vositalari (mablag’i) dir. Bu mablag’, asosiy fondlarning butun xizmati davrida
amortizatsion ajratma ko’rinishida yig’iladi.
Amortizatsiya – bu,
asosiy fondlar eskirishini, ular qiymatining bir qismini ishlab
chiqargan mahsulot xarajatlariga qo’shish yo’li bilan pulni qoplash hisoblanadi. Demak,
amortizatsiya asosiy fondlarni jismoniy va ma’naviy eskirishining pulda ifodalanganligidir.
Amortizatsiya asosiy fondlarning umuman ishdan chiqqanida to’la almashtirish maqsadida
qilinadi. Amortizatsion ajratmalar summasi
asosiy fondlar qiymatiga, ulardan foydalanish
vaqtiga, modernizatsiya xarajatlariga bog’liq. Amortizatsiya yillik summasining asosiy
fondlarning qiymatiga bo’lgan nisbatining foizda ifodalanganligi
amortizatsiya normasi
(me’yori) deyiladi. Bu ko’rsatkich mehnat vositalari har yili o’zining balans qiymati qanaqa
qancha qismini yaratiladigan mahsulotga o’tkazishini ko’rsatadi.
O’rnatilgan amortizatsion ajratmalar normalari bo’yicha mahsulot tannarxiga qo’shiladi.
Asosiy vositalarni boshlang’ich qiymatini aniqlashda sotib olish xarajatlari,
keltirish va
o’rnatish xarajatlari hisobga olinadi. Bu hisob buxgalteriya balansi yuritishda amalga oshiriladi
va balans qiymati moddasida qayd etiladi. U quyidagi formula orqali hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: