kamayadi, davlat tomonidan amortizatsiya
siyosatiga imtiyozlar beriladi, xususiy sarmoya jalb
etish holati kamayadi. Jadallashtirilgan amortizatsiya imtiyozi, teng
darajada davlat byudjetiga
mablag’ tushumini qisqaritadi.
Natijada davlat tartibga solish vositalari sifatida xo’jalik maqsadlarida byudjet
xarajatlaridan foydalanishi qo’llaniladi. Bular birinchi navbatda davlat kreditlari, subsidiyalari va
kafolatlar shu jumladan xususiy sektorni tovarlar va ko’rsatilgan xizmatlar,
harid sarflarini
qoplash ham kiradi.
Asosiy fondlarni kengaytirilgan takror ishlab chiqarishning bir shakli jihozlarni
modernizatsiya qilishdir. Bunda ikkinchi shakl ma’naviy eskirishni to’la yoki qisman bartaraf
etish va texnik-iqtisodiy ko’rsatkichlarni
takomillashgan, o’xshash jihozning darajasigacha
ko’tarish maqsadida asosiy fondlarni yangilash tushuniladi.
Jihozlarning modernizatsiyasi bir necha yo’nalishda olib borilishi mumkin:
1.
ishlab turgan mashinalarning konstruktsiyasini,
ularning tavsiflovchi
(ko’rsatkichlarini) texnik imkoniyatini oshirish maqsadida takomillashtirish;
2.
jihozlar unumdorligini oshirish imkonini beradigan dastgox (stanok) va
mexanizmlarni mexanizatsiyalash va avtomatizatsiyalash;
3.
jihozlarni dasturli boshqaruvga o’tkazish.
Agar, jihozlar modernizatsiya qilinish natijasida yillik
ishlab chiqarish hajmi oshsa, mehnat
unumdorligi ko’tarilsa va mahsulot tannarxi tushsa, qilingan tadbir
iqtisodiy jihatdan samarali
hisoblanadi. Bunda ishlab chiqarish rentabelligi oshirishi shart. Unga erishish uchun foydaning
nisbiy o’sishi, modernizatsiya uchun qilingan xarajatlar natijasida ishlab chiqarish fondlari
qiymati oshganligidan katta bo’lishi kerak.
Misol. Asosiy apparatlarni modernizatsiyasi natijasida yillik
mahsulot ishlab chiqarish
48000 tonnadan 52000 tonnagacha o’sdi. Mahsulot tannarxi 400 ming so’mdan, har bir tonnasi
uchun, 390 ming so’mgacha tushdi. Modernizatsiya xarajatlari 1000 mln. so’m. Ishlab chiqarish
fondlari modernizatsiyagacha – 5,0 mlrd. so’m edi. Modernizatsiyagacha yillik foyda 2000 mln.
so’m edi. Tannarxi tushishidan yillik tejam summasi: (400000-390000) x 52000=520 mln. so’m.
Modernizatsiya xarajatlari tannarx tushishi hisobida ikki yilda qoplanadi (1000:520=2).
Faqat tannarx tushishi hisobida foydaning yillik summasi 26 %ga oshadi(520,0/2000,0x100=26).
Dostları ilə paylaş: